D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

FOZIL YO‘LDOSH O‘G‘LI 
Xalq og‘zaki ijodi - folklor qadim zamonlarda yuzaga kelgan. 
Qo‘shiq, ertak, maqol, topishmoq kabi janrlar hali odamlar yozish va 
o‘qishni bilmagan paytlardanoq avloddan-avlodga o‘tib, bugungi 
kunlarimizgacha 
yetib 
kelgan. 
Ularda 
mehnatkash 
xalqning 
donishmandligini ko‘ramiz. 
O‘zbek xalq og‘zaki ijodida dostonchilik alohida o‘rin tutadi. 
Tarixda xalq orasidan ko‘plab baxshilar chiqqan. Ular xalqning boy 
merosini asrab-avaylab, yosh avlodga o‘rgatib kelgan. Shunday 
baxshilardan biri Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li 1872-yilda Samarqand viloyati, 
Bulung‘ur tumani Loyqa qishlog‘ida dunyoga kelgan. U 9 yoshidan 
cho‘ponlik qildi. Shu orada o‘z do‘stlaridan do‘mbira chalish va termalar 
kuylashni o‘rganib oldi. 20 yoshlarida Loyqa qishlog‘ilik Yo‘ldosh degan 


66 
shoirdan o‘ndan ziyod dostonni o‘rganib oldi. 24-25 yoshlarida mustaqil 
dostonchi sifatida tanildi. 
Shoirdan “Alpomish”, “Yodgor”, “Yusuf va Ahmad”, “Murodxon”, 
“Rustamxon”, “Shirin bilan Shakar” kabi o‘ttizga yaqin doston yozib 
olingan. 
Istiqlol yillarida shoir ijodini o‘rganish, baxshichilik san’atini 
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda (134 ta so’z).
EZGULIKKA ESH HADISLAR 
Payg‘ambarimiz 
Muhammaddan: 
«Mo‘minlarning 
qaysinisi 
afzalroq?»- deb so‘raganlarida, ul zot: «Xulqlari go‘zalroqlaridir»,- deb 
javob bergan ekanlar. ha, go‘zal xulqli kishilar har doim, har qayerda 
qadrlanib kelingan, boshqalarga o‘rnak qilib ko‘rsatilgan.
Yosh avlodni ana shunday insonlar qilib tarbiyalashda hadisi 
shariflarning o‘rni beqiyosdir. Fikrimcha, hadislar o‘qib, unga amal 
qilayotgan yoshlardan faqat ezgu ishlarni kutish mumkin. Zero, hadislar 
dillarimizni imon nurlari bilan charog‘on etib, bizni solih amallar qilishga 
undaydi. 
Bir kursdoshim keyingi paytlar ancha «o‘zgardi». Endi u har 
daqiqasidan unumli foydalanishga harakat qilayapti. Buni uning shunchaki 
ko‘ngil yozish uchun qilinadigan kursdoshlar suhbatidan o‘zini olib 
qochishga urinayotganlaridan ham bilib olsa bo‘ladi. Tengdoshlar 
davrasida ilm-ma’rifat, insoniy fazilatlar to‘g‘risida gap ketganda esa 
«davraning guli»ga aylanadi. So‘zlariga e’tibor bilan quloq solaman. 
Gaplari mazmunga boy, fikrlari teranlashgan. Buning sababi bilan qiziqib 
ko‘rdim. Bilsam, kursdoshim hadis o‘qib, iloji boricha unga amal qilishni 
niyat qilibdi. Qaysidir ma’noda bunga erishibdi ham. («Hurriyat» gazetasi, 
2002 yil, 29 dekabr) (139 ta so’z). 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin