D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

 
8-SINF UCHUN MATNLAR 
NOCHORLIK NIMADAN? 
Tog‘ qishloqlaridan birini kuchli sel bosibdi. Sel bir xonadonning 
Hasan va Husan ismli egizaklarini ham oqizib ketibdi. Bu qishloqdan 
ancha quyidagi bir joyda Hasanni bir cho‘pon, boshqa yerda Husanni bir 
hunarmand qutqaribdi va o‘zlariga asrandi o‘g‘il, aniqrog‘i, xizmatkor 
qilib olibdi. Bolalar qiyinchilik bilan ulg‘ayibdilar.
Bo‘sh, kamharakat va qo‘rqoq Hasan tushkunlikka tushibdi va 
taqdirim shu ekan deb, cho‘ponga xizmatkor bo‘lib qolaveribdi. 
Husan esa tabiatan tirishqoq va dadil ekan.U qunt bilan ishlabdi, 
hayotni diqqat bilan o‘rganibdi, oqilona harakat qilibdi. U tezda 
hunarmandlik sirlarini o‘zlashtiribdi, halol ishlab, asta-sekin o‘z ishini 
tashkil etibdi. Yosh hunarmand o‘z kasbiga, uyiga, bola-chaqasiga
do‘koniga ega bo‘libdi, zavqli mehnat bilan tinch yashay boshlabdi. 
Kunlardan bir kuni aka-ukalar bir-biri bilan topishibdi. Shunda Hasan 
taqdiridan, nochorlikdan nolibdi. Ukasi Husan esa qanday qilib baxtli 
bo‘lgani, o‘z harakatlari, tadbirkorligi haqida so‘zlab beribdi. 
Shuning uchun ham xalqimiz: “Nochorlik – harakatsizlikdan”, deydi. 
(143 ta so‘z). 
 


71 
TENGSIZ SHOIR 
Bobur katta davlat arbobi, taniqli sarkarda bo‘lishi bilan birga
iste’dodli olim, tengsiz shoir ham edi. Bobur o‘z atrofiga zamonasining 
eng mashhur shoirlari, olimlarini jamlab, ularga homiylik qildi. O‘zi ham 
ilmiy, ijodiy ishlar bilan mashg‘ul bo‘ldi. U o‘zbek adabiyotida Alisher 
Navoiy an’analarini davom ettirib, ko‘plab ilmiy, g‘oyat go‘zal badiiy 
asarlar yozib qoldirdi. Bobur garchand vatandan yiroqda umr kechirgan 
bo‘lsa-da, o‘zbek adabiy tilining, o‘zbek adabiyoti va she’riyatining 
rivojiga katta hissa qo‘shdi. Uning g‘azal va ruboiylari takrorlanmasligi, 
mazmundorligi, jarangdorligi hamda tilining soddaligi bilan ajralib turadi. 
Uning dilrabo g‘azallari san’atkorlar tomonidan kuylab kelinadi. 
Boburning huquqshunoslikka oid “Mubayyin”, aruz vazni va qofiya 
haqida “Mufassal”, musiqaga doir “Musiqiy”, harbiy yurishlar haqida 
“Harb ishi” kabi asarlari bizgacha yetib kelgan. Uning asarlari orasida 
“Boburnoma” nomli memuar asari dunyoga mashhur. Bu asar 
zamonasining eng mukammal nasriy asari hisoblanib, jahon adabiyotiga 
qo‘shilgan bebaho durdonadir. Unda xalqimiz tarixiga doir, Sharq xalqlari 
tarixi, geografiyasi, urf-odatlari va boshqa ma’lumotlar o‘z ifodasini 
topgan. Bu asar dunyoning ko‘p tillariga tarjima qilinib, katta nusxalarda 
nashr etilgan (160 ta so‘z). 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin