82
un-nafois» tazkirasidagi ulug‘ shoir haqida aytilgan quyidagi iliq so‘zlar
ham isbotlaydi: «Mavlono Lutfiy o‘z zamonasining malik ul-kalomi erdi,
forsiy va turkiyda naziri yo‘q erdi va turkcha devoni mashhurdur».
Bundan shoir Hirotda tug‘ilib-o‘sgani, o‘zi yashagan Dehikanor degan
qishlog‘ida esa dafn etilganini bilib olamiz. Aniq bo‘ladiki, u milodiy
1366-yili tug‘ilib, 1465-yili vafot etgan. Lutfiy dunyodan o‘tganda Alisher
Navoiy 24 yoshda edi.
«Nasoyim ul-muhabbat...»dan keltirilgan ma’lumotda
Zahiriddin
Muhammad Bobur nomidagi xalqaro jamg‘arma uyushtirgan ilmiy-ijodiy
ekspeditsiya a’zolari aynan shu ko‘rsatma asosida Dehikanor qishlog‘ini, u
yerdagi qabristondan Lutfiyning qabrini izladi va topdi.
Qabr toshidagi
yozuv orqali bu aynan Lutfiyning mozori ekani isbotlandi. Jamg‘arma
2006-yilning may oyida bu muqaddas qadamjoga o‘zbek milliy an’analari
asosida maqbara o‘rnatib qaytdi (165
ta so’z).
Dostları ilə paylaş: