D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

 
MILLATNING OYNASI 
Xalqimiz tilimizni, Vatanimizni uyqash tarzda – “ona tili”, “Ona 
Vatan” deb e’zozlaydi. Bunday mehr-muhabbatda katta ma’no bor. Shu 
bois ham taqdir taqozosi bilan boshqa mamlakatlarga borib, yashab 
qolishga majbur bo‘lgan vatandoshlarimiz o‘zbek tilimizni o‘zlari uchun 
Vatan o‘rnida ko‘radilar, unga suyanadilar,undan madad, kuch-qudrat 
oladilar. Ana shu go‘zal va qudratli ona tilimiz istiqlol tufayli o‘zining 
qonuniy o‘rnini topish imkoniga ega bo‘ldi. Bugungi kunda o‘zbek tilining 
gullab-yashnashi uchun barcha yo‘llar ochiq: son-sanoqsiz nashriyotlar, 
gazeta-jurnallar, radiostudiyalar, telestudiyalar, Til va adabiyot instituti, 
maxsus atamaqo‘m…  
Tilimiz taraqqiyotida ancha-muncha ijobiy o‘zgarishlar yaqqol ko‘zga 
tashlanib turibdi. Bir misol: mustaqillikkacha televideniye yoki radiodan 
o‘zbek tilida burro-burro gapirayotgan ingliz, nemis yoki fransuzni onda-
sondagina ko‘rgan bo‘lsangiz, hozir qariyb har kuni ko‘rasiz, eshitasiz. Bu 
– faxr emasmi! Albatta, odam quvonadigan hol. Chiroyli o‘zbek tilida 
gapirayotgan xorijlikning kalomini eshitganingizda, beixtiyor ustod 
Abdulla Qahhorning ichki bir mehr bilan aytgan: ”Juda boy, chiroyli 
tilimiz bor. Bu tilda ifoda etib bo‘lmaydigan fikr, tuyg‘u, holat yo‘q!” 
degan haqqoniy so‘zlarini eslaysiz. 
Ha, shunday ajoyib ona tilimiz bor! Biroq, biz o‘z tilimiz – o‘zbek 
tilimizga unga munosib tarzda sadoqat ko‘rsatayotirmizmi, munosib tarzda 
hurmatini 
joyiga 
qo‘yayotirmizmi? 
Rostini 
aytaylik: 
ayrim 
zamondoshlarimiz tilimizga beparvolarcha, mas’uliyatsizlik bilan, ba’zi 
hollarda esa bepisand munosabatda bo‘ladilar. Bunga ishonch hosil qilish 
uchun hech bo‘lmasa gazeta-jurnallar, radio-televideniye tiliga bir e’tibor 
bering!... Noto‘g‘ri so‘z qo‘llashlar, siyqa gaplar talaffuzdagi no‘noqlik, 
beo‘xshov tarjimalar, shevaga xos so‘z, qoshimchalar! 
Shundagina biz ONA – TIL oldidagi burchimizni bajargan bo‘lamiz. 
Zotan, ona tili – millatning aslida kim ekanini ko‘rsatuvchi haqqoniy 
oynadir. (Gazetadan, 230 ta so‘z)


87 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin