D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

 
O‘RMONNING HAM TILI BOR 
Ertasi dahshatli shamol turdi. Keyin u bo‘ronga aylandi. Osmonni 
qalin bulut qoplagan. Bulutlar telba bir tezlikda o‘tib turibdi. Erta tongdan 
boshlangan yomg‘ir shiddat bilan yog‘moqda. Shu bois Antuan va Martin 
ko‘chaga chiqolmay, omborxona tagida jon saqladilar. Ular otalari aytgan 
gap ustida bosh qotirdilar. Otalari rost gapirdimikan o‘zi? Bunga ishonish 
qiyin. Modomiki, o‘rmon odam gapini eshitar ekan, u gapirishi ham 
mumkin. Haqiqatan ham o‘rmon o‘sha kuni, bo‘ron paytida gapirdi. 
Barcha daraxt gapirdi. Ular nimalardir dedi. 
Hech narsaga tushunib bo‘lmaydi. Faqat daraxtlarning, yaproqlarning, 
o‘tlarning tovushi quloqqa chalinadi, xolos. Ba’zan o‘rmon qa’ridan 
kishini o‘yga toldiradigan, mehr-muruvvatga chorlaydigan ashulaning
juda mayin, ohangrabodek taralayotgan ovozi eshitiladi. 
Antuan va Martin Doroteni ko‘rishmoqchi, u bilan yaqindan 
tanishishmoqchi. Ular botinkalarini kiyib, yelkalariga suv o‘tkazmaydigan 
xalatlarini yopinib oldilar va uydan chiqdilar. Ular yomg‘ir tagida 


91 
ketmoqdalar. Ular qishloqni kesib o‘tib, o‘rmonga kirdilar. Doroteni ko‘rib 
qoldilar. 
Aka-singil Doroteni kuzatish uchun to‘xtadilar. U juda orasta 
kiyingan, sohibjamol qiz edi. 
Boshida oq kapyushonli chiroyli yoping‘ichi bor. Botinkalari ham 
oppoq, yuzi ham ishvagar, ko‘zlar chaqnaydi. U baxtli va mag‘rur edi. 
Dorote bir daraxtning tagiga kelib to‘xtab, ummondek yastanib turgan 
o‘rmonga qaradi. 
Kelishlaringizni bilardim, - qat’i ishonch bilan gapirdi Dorote. 
Dorote yangi do‘stlari - Antuan va Martinni o‘rmonga boshlab, juda 
tez yura boshladi. U qayerga bormoqchi? 
Keyin ma’lum bo‘lishicha, Dorote ularga bir ariqchani ko‘rsatmoqchi 
edi. 
Ular tezda daraxtlarni oralab, ariqchaga yetib keldilar. Dorote undan 
o‘tdi-da, to‘xtadi. U do‘stlariga qarab, dedi: 
Men Ro-la-Minga dam olgani kelganman. Allaqachon bugun 
Granlyoni aylanib chiqdim. Endi ko‘lning narigi tomonidagi kattakon 
o‘rmon bilan tainshmoqchiman. (A.Dotel. O’rmon yog‘dusi) (245 ta so‘z).  

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin