92
kishilardan edi. Yigirma-yigirma bir yoshlardagi novcha bo‘yli, uzunchoq
yuzli, qora ko‘zlariga iliq tabassum yashiringan bu yigit meni o‘zining
mehnatga bo‘lgan muhabbati, kamtarligi va oliyjanobligi
bilan birinchi
uchrashganimizdayoq maftun qilib qo‘ydi. O‘zi ham Zarbdor mehnat
brigadasining eng yaxshi a’zolaridan bo‘lib, do‘stlari orasidagina emas,
butun sex ishchilari orasida ham katta hurmati bor ekan.
Ikkimiz do‘stlashib qoldik. Uchrashib, suhbatlashib turadigan bo‘ldik
(213 ta so‘z).
QALB IZHORI
Bu voqealarga bir qiz sabab bo‘ldi. Qizning ismi Muqaddas edi... Men
u bilan
birinchi marta institutda, kirish imtihonlari bo‘yicha himoyadan
o‘tkazilayotgan so‘nggi konsultatsiya paytida tanishdim, yo‘q,
tanishdim
desam noto‘g’ri bo‘lardi, shunchaki ikki og’izgina gaplashish baxtiga
muyassar bo‘ldim...
O‘sha voqeadan bir kun oldin men zavoddan ta’tilga chiqqandim.
Ta’til imtihon paytiga to‘g’ri kelishini bilgan oyim bilan o‘gay otam:
«Institutga imtihon topshirib ko‘r, kira olsang, yaxshi,
kira olmasang
sendan nima ketadi?» deb anchadan beri qistab yurishardi. Men imtihon
topshirib toleimni sinab ko‘rishga qarshi bo‘lmasam ham: «Bu gap
zavoddagi do‘stlarimning qulog’iga chalinsa: «Bir yil ishlamasdan
tuyog’ini shiqqillatib qoldi-ya!» deb kulishmasmikin?» degan andishalarga
borib, ikkilanib yurardim. O‘sha kuni nonushta
vaqtida bu gap yana
qo‘zg’aldi-yu, rozilik bermay ilojim qolmadi. Lekin qiziq: shu ishga o‘zim
rozilik bergan bo‘lsam ham, uydan chiqqanimdan keyin: «Ishdan qochdi,
degan gapga qolmasmikinman?» degan o‘ylar yana esimga tushib,
ko‘nglimni g’ash qildi, shuning uchun ham qabul komissiyasiga kirmasdan
avval, bu yog’ini ham bir ko‘rib qo‘yay, degan fikr bilan konsultatsiya
o‘tkazilayotgan auditoriyaga kirdim.
Men kirganda derazalari
hovliga qaragan uzun, yarim qorong’i
auditoriya qiz-yigitlarga liq to‘lgan edi. Qop-qora yaltiroq sochlarini silliq
qilib tarab olgan o‘rta bo‘yli yoshgina domla qo‘lidagi bo‘r bilan doskani
taq-taq urib, uni tushunish mushkul bo‘lgan murakkab formulalarga
to‘ldirmoqda edi
(197 ta so‘z).
Dostları ilə paylaş: