D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

 


107 
SHARAFLI KASB 
Ibtidoiy jamiyat davridayoq odamlar ovchilik, keyinroq esa 
chorvachilik, dehqonchilik, kosibchilik bilan shug‘ullanganlar. Jamiyat 
rivojlangan sari ortib borayotgan ehtiyoj va talabni qondirish uchun 
kasblar ham ko‘payib borgan. Bugungi kunda jamiyatimizni novvoy, 
uchuvchi, huquqshunos, konstruktor, shaxtyor, payvandchi, aktyor, 
bo‘yoqchi, xonanda, rassom, shifokor, musiqachi, sotuvchi, bastakor, 
duradgor, temirchi, hisobchi, naqqosh, chilangar, broker, yozuvchi, 
menenjer va hokazo kabi yuzlab kasblarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. 
Ko‘pchiligimiz hali maktabga bormasimizdanoq, ayrimlarimiz esa 
maktabda o‘qiy boshlagach, o‘zimizga kasb tanlaymiz. Kimdir mashhur 
sportchi, kimdir taniqli jurnalist, yana kimdir mohir tikuvchi, tergovchi, 
quruvchi, kosmonavt, harbiy mutaxassis bo‘lishni orzu qiladi. Har birimiz 
shu ezgu orzuyimizga erishish, tanlagan kasbimizni egallash uchun tinmay 
o‘qiymiz, izlanamiz, intilamiz. 
Dunyoda shunday bir sharafli kasb egalari borki, ular ming yillardan 
beri barcha xalqlar orasida el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lib keladi. Bu 
kasb ko‘pchiligimiz sevadigan o‘qituvchilikdir. Bu kasbning naqadar 
sharafli ekanligini miloddan oldin o‘tgan buyuk yunon faylasufi 
Arestotelni ”birinchi muallim”, X asrning ulug‘ qomusiy olimi Abu Nasr 
Forobiyni ”ikkinchi muallim” deb ataganliklaridan ham bilsa bo‘ladi. 
O‘qituvchi endigina atrof-olamni ko‘rib, uning ajoyibotlaridan 
hayratlanayotgan 7-8 yoshdagi bolalarga mo‘jizalar yaratishni: yozish, 
o‘qish, hisoblash, go‘zallikni his qilish va o‘z taassurotlarini hikoya qilish, 
tasvirlash, kuylash orqali boshqalarga yetkazishni o‘rgatadi. 
Kishining jamiyatda o‘z o‘rnini topib olishida ota-ona va bilimdon 
o‘qituvchilarning xizmatlari beqiyosdir. Shuning uchun ham xalqimiz 
otani ulug‘lab ”ota rozi – xudo rozi” desa, ustozlarni ulug‘lab ”ustoz 
otangdan ulug‘” deydi. (200 ta so’z).
 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin