110
tanildi. Nodira otinoyi qo‘lida ta’lim olgan. O‘z bilimi va dunyoqarashini
mustaqil mutolaa bilan boyitib borgan.
O‘zbek, fors-tojik adabiyotining eng mashhur vakillari merosidan
bahramand bo‘lgan Nodira yoshligidanoq she’rlar yoza boshlagan. Shoira
o‘z
asarlarida muhabbat, adovat, saxovat, insof, muruvvat, firoq
mavzularini katta mahorat bilan yoritadi. Nodira asarlari o‘zbek she’riyati
xazinasining g‘oyat go‘zal namunalaridan hisolanadi. U o‘z asarlarida
Nodira, Komila, Maknuna kabi taxalluslarni qo‘llagan. Shoira o‘zbek va
tojik tillarida yozgan g‘azal, muxammas, musaddas, tarje’band,
tarkibband, firoqnoma kabi janrlardagi asarlarini to‘plab, devon tuzgan. U
o‘z she’rlarida
ayollarning ichki kechinmalari, iztiroblari, oliyjanobligi,
vafodorligi, insoniy muhabbatini kuylaydi.
O‘zbek va tojik tillarida 10 ming misradan ko‘proq nazmiy asarlar
yaratgan iste’dodli shoira Nodira hayotida katta fojia yuz berdi.
Buxoro
amiri Nasrullo 1842-yili Qo‘qonni bosib olgach, Nodira va uning
yaqinlarini shariatni buzganlikda ayblab,
yuzlab begunoh kishilarni, shu
jumladan, Nodirani, uning o‘g‘illarini va hatto 12 yashar nevarasi
Muhammad Aminni ham vahshiylarcha qatl ettiradi.
O‘zbek adabiyotida o‘chmas iz qoldirgan shoira Nodira haqida
ko‘plab
ilmiy ishlar, badiiy asarlar, drama va kinofilmlar yaratilgan
(187 ta
so‘z).
HUVILLAB QOLGAN QISHLOQ
Berjlu qishlog‘i o‘rmonning qoq o‘rtasida joylashgan. Uylar bilan
o‘rmon o‘rtasida bir necha bog‘ bor, xolos.
Berjlu qishlog‘i yarim tashlandiq ahvolga kelib qolgan. Daraxtlar
uning, hatto, devorlarini ham bosib ketgan.
Ana shuning uchun bu yerda
tovush ham boshqa joylardagiga qaraganda, yanada tiniq va aniq eshitiladi.
Berjlu aholisi qishloqdan yuz metrlar chamasi narida joylashgan
kattakongina sun’iy ko‘l bo‘yida o‘tirib, mazza qilib baliq ovlashadi.
Berjluda bor-yo‘g‘i o‘ttizta uy bor. Ular ham allaqachon harobaga
aylangan. Qishloqda ilgari kichik bir maktab ham bo‘lgan, biroq u hozir
ishlamaydi: unda na eshik va na deraza bor. Berjluda odam juda kam.
Unda
qolgan odamlar ota, ona va ikki farzanddan iborat Pargalar
xonadoni.
Pargalarning bir kichik kulbasi bo‘lib, u ham bog‘ va tomarqa bilan
o‘ralashib ketgan. Uy bekasi tomarqada sabzovot yetishtiradi va uni
begona o‘tlardan tozalaydi.
111
Pargalarning ikkita farzandi bor: o‘g‘lining
ismi Antuan, qiziniki –
Martin. Ular maktabda o‘qishadi, maktab Berjlu qishlog‘idan to‘rt
kilometr chamasi uzoqlikdagi Ro-la-Min deb ataluvchi kichik bir shaharda
joylashgan. Bizning hikoyamiz boshlangan paytda Antuan o‘n uch yoshda,
singlisi esa o‘n bir yoshda edi.
Pargalar qishloqni tashlab ketisholmaydi: ular shu o‘rmonni, atrofni
o‘rab turgan mana shu bahaybat daraxtlarni hech kimga ishonmaydilar;
tomarqalarini ham, barcha jihozlarini ham,
hatto idish-tovoqlarini ham,
sevishadi (o, sevganda qandoq), ularning birortasini tashlab ketgilari yo‘q
(A.Dotel. O’rmon yog‘dusi)
(200 ta so‘z).
Dostları ilə paylaş: