D. O‘rinbayeva m. Rahimova


G‘OYAT SO‘LIM, AMMO G‘AMGIN BIR OQSHOM



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

G‘OYAT SO‘LIM, AMMO G‘AMGIN BIR OQSHOM 
Quyosh botmoqda. Atrofni so‘lim oqshom qopladi. Osmon ko‘m-
ko‘k, bulutsiz. Berjlu qishlog‘i ham, o‘rmon ham chuqur sukutga 
cho‘mgan: oldinda va orqada, o‘ngda va so‘lda, yaqin va uzoqda jimjitlik 
hukmron. O‘rmon ham nihoyat darajada g‘amgin ko‘rinadi bu oqshom: uni 
buzib, yo‘q qilib tashlamoqchilar-da, axir! 
Soat yigirma. Kechki ovqat vaqti bo‘ldi. Ota-ona ham, ularning 
farzandlari ham ochiqishgan. Bolalar stolni hozirlay boshladilar. 
– Ovqat tayyor, - dedi madam Parga, - marhamat qilinglar. 
Butun oila sukut og‘ushida. Stolga o‘tirdilar. Hamma jim: o‘rmonga 
quloq solmoqda. Ular kattakon stol atrofida jim o‘tirib ovqatlanishmoqda. 
Hech kim churq etmaydi. Hammaning qulog‘i o‘rmonda. Oshxonaning 
ochiq turgan derazalaridan bog‘ni, tomorqani, o‘rmonni ko‘rish mumkin. 
Mushuk va it ham oshxonada. Ular ko‘zlarini lo‘q qilib, Antuan va 
Martinga qaraydi: birga o‘ynamoqchi edilar-da! Biroq Antuanning ham, 
Martinning ham ko‘ngliga qil sig‘maydi: ular g‘oyat g‘amgin bir holatda 
o‘y surmoqdalar, mash’um xabar ustida bosh qotirmoqdalar. 
– Shu ham gapmi? O‘rmonni yo‘q qilib bo‘ladimi? O‘rmonni-ya?! 
– Hech kim o‘rmonni buzolmaydi, - gapida davom etdi u. 
–O‘rmonimizni buzishga men hech qachon yo‘l qo‘ymayman. 
Qishlog‘imni, mana shu o‘rmonni … yo‘q, yo‘l bermayman, yo‘q, Hech 
kim o‘rmonni buzolmaydi, hech kim!- dedi madam Parga rangi-quti 
o‘chib. (A.Dotel. O’rmon yog‘dusi) (185 ta so‘z).


112 
ADABIYOTLAR 
1. Abdullayeva Q. Nutq o‘stirish. Toshkent: O‘qituvchi, 1980. 
2. Oripov Q., Obidova M. Ifodali o‘qish. Toshkent: O‘qituvchi, 1882. 
3. Usmonova O‘. Talaffuz madaniyati. Toshkent: Fan, 1976. 
4. Qo‘ng‘urov R., Begmatov E., Tojiyev Yo. Nutq madaniyati va 
uslubiyat asoslari. Toshkent: O‘qituvchi, 1992. 
5. G‘ulomov A., Qobilova B. Nutq o‘stirish mashg‘ulotlari. Toshkent: 
O‘qituvchi, 1995. 
6. Umarova F. Diktant va bayonlar to‘plami.- Toshkent, 2003. 
7. Yusupova M. Diktantlar to‘plami. – Toshkent: O‘qituvchi, 2001. 


113 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin