u miloddan avvalgi IV-III asrlarda Xitoyda paydo bo‘lgan. Uning asosida miloddan avvalgi II asrda daosizm dini shakllandi.
Daosizmning falsafiy prinsiplari «Dao-Deszin» kitobida bayon etilgan. Bu asar o‘tmishdagi Xitoy donishmandi Lao-Szi qalamiga mansubdir. Lao-Szining tarixiyligi xususidagi masalaga sinologlar shubha bilan qaraydilar.
Asarning asosiy tushunchasi «dao»
Asarning asosiy tushunchasi «dao» (yo‘l) bo‘lib, u olamning mohiyati va bosh sababi, dunyoning turli-tumanligi manbai, barcha narsalarning onasi deb tushunilgan. Bu, go‘yo qandaydir yo‘l bo‘lib, atrofni o‘rab olgan olam va barcha kishilar shu yo‘l bilan borishi lozim. «Dao» diniy mazmun kasb etgan yo‘lgina bo‘lib qolmay, ayni paytda u hayot tarzi, usuli, prinsiplari ham edi.
Dao bo‘lib, u osmon xudosi ramziga yaqin edi. Unga ko‘ra, har bir baxtiyor bo‘lishni istagan odam Daoni taniy olishi va u bilan birlashib ketishi zarur. Chunki, odam mikrokosm (kichik dunyo) bo‘lib, u ham mikrokosmdek abadiydir. Insonning vafoti bilan ruh tanadan ajralib chiqib, mikrokosm bilan birlashib ketadi. Insonning vazifasi u o‘lmay turib, ruhi Daoga qo‘shilib ketishiga intilishdir. Bu narsaga qanday erishish mumkin degan savolga Dao ta’limotida javob berilgan.
Lao-Szining ta’limotiga ko‘ra
Dao yo‘li «De» kuchiga mosdir. Faqatgina shu kuchda Dao shaxsi namoyon bo‘ladi. «De»ning ma’nosi faoliyatsizlik bo‘lib, to‘laqonli faoliyatni inkor etishdir.
Demak
ilohiy mukofotga Daoning maqomiga yaxshi ishlar bilan erishishga tirishgan odam emas, balki meditasiya va o‘zining ichki dunyosiga g‘arq bo‘lish jarayonida o‘zini tinglashga harakat qilgan va o‘zi orqali dunyo tuzilishi maromini tinglash va unga erishishga harakat qilgan odam etishadi.