Dars-1 Mavzu: Maxsus pedagogika va psixologiya fanining maqsadi va predmeti Reja


Dars – 16 Mavzu: Maktabgacha oligofrenopedagogikasi fanining mazmuni va uning metodlari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə16/36
tarix28.10.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#118750
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36
Dars-1 Mavzu Maxsus pedagogika va psixologiya fanining maqsadi

Dars – 16

Mavzu: Maktabgacha oligofrenopedagogikasi fanining mazmuni va uning metodlari

Reja: 1. Oligofrenopedagogikasi fanining mazmuni
2. Oligofrenopedagogika metodlari
Ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarning insoniyat to‘plagan boyliklarni o‘zlashtirib olishi ularda qobiliyatlarning rivojlanishi, ong, his-tuyg‘ular, xarakterning irodaviy sifatlari, shaxs axloqining tarkib topishi uchun muhim va zarur bo‘lgan shartlaridan biridir. Bolalarning o‘sib-ulg‘ayishida ularning faoliyati (o‘yin, mehnat) katta ahamiyatga ega, o‘yin va mehnat jarayonida ular hayot tajribalarini egallaydilar.
Oligofrenopedagogika nuqsonli shaxs rivojida irsiy omillarga alohida e’tibor beradi. Ammo irsiy, nasliy belgilar shaxsning ijtimoiy mohiyatini belgilamaydi. Bilimlar, axloqiy moyillik, ko‘nikma va malakalar xromosomalar orqali nasliy yo‘l bilan avloddan-avlodga berilmaydi. Balki bular hayot jarayonida orttirilib boriladi. Inson tug‘ma tabiiy belgilar bilan unga ta’sir etuvchi holatlaming o‘zaro mahsulidir. Inson jamiyatda moddiy va ma’naviy hayot jarayonida shakllanib boradi.
Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan shaxsning rivojlanishi normal shaxs rivojlanishi singari irsiy va ijtimoiy dastur asosida yuz beradi. Ammo bu yerda aqli zaif bolaning ijtimoiy rivojlanishi nuqson asosida rivojlanishini unutmasligimiz kerak. Bu narsa aqli zaif bolaning bilish imkoniyatlarini toraytiradi. Bosh miya yarim sharlarida organik buzilishlar borligi oqibatida aqli zaif bolalar atrof-muhitni to‘g‘ri idrok qila olmaydilar.
Aqli zaiflikning asosiy sababi – markaziy nerv tizimining organik jarohatlanishidir. Shuning uchun maktabgacha oligofrenopedagogika fani bolalarni klinik tomondan o‘rganadigan ma’lumotlardan foydalanishi lozim. Nuqsonli bolalarni klinik jihatdan o‘rganish haqidagi ma’lumotlarni esa fiziologiya, genetika, psixiatriya, nevropotologiya kabi fanlar o‘z ishiga qamrab oladi.
Metod (uslub) grekcha (metodoc - «уо‘1» so‘zidan olingan) - bu obyektiv borliqni o‘rganish, o‘rganilayotgan hodisalarning qonuniyatlari, aloqalarni bilish, ularning paydo boMish sabablarini aniqiash yo‘Ii usuldir. 0 ‘qituvchi-difektoligning ixtiyorida tadqiqotlarning turlituman metodlari mavjud boMadi. Bu metodlar tadqiqotlarning barcha turlarini takomillashganini anamnestik va katemnestik ma’lumotlami, test metodi va boshqalami o ‘z ichiga oladi. Har bir metod o ‘z xususiyatiga ega hamda o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlam ing u yoki bu tomonini ochishga qodirdir.
Tarbiyaga oid barcha ish tajribalarini o ‘rganmay va umumlashtirmay, pedagogik jarayonni chuqur tadqiq qilmay turib pedagogika fanini rivojlantirib bo‘lmaydi. Ilmiy tadqiqot uslublari - bu qonuniy bog’lanishlamiz, munosabatlarni, aloqalarni o ‘rganish va ilmiy nazariyalarni tuzish maqsadida ilmiy ma’lumotlar olish yo’llaridir.
Kuzatish, eksperiment, maktab hujjatlarini o‘rganish, o’quvchilar ishlarini o‘rganish, suhbat va anketalar o‘tkazish ilmiy pedagogik tadqiqot uslublari jumlasiga kiradi. Aynan biz (grekcha ananm esis «xotiralar») - o‘qituvchi defektolog o ‘rganilayotgan obyekti, kasallikning kelib chiqishi sabablari, potogenezi va asab sistemasining faoliyati imkominiyatlari aniqlanadi. Onaning homiladorlik vaqtidagi sog‘lig‘ining ma’lumoti, irsiy ma’lumotlar, tug'riq qanday kechganligi aniqlanadi. Bolaning bir yoshgacha bo’lgan davrdagi rivojlanish ma’lumotlar, uning psixik faoliyatlarining paydo bolishiga oid ma’lumotlar juda muhimdir. Masalan: bola bo‘ynini qachon tutgan, qachon kula boshlagan, yorqin narsalami kuzata boshlagan vaqti, atrofidagilarga ko‘zi tushgan paytda reaksiya qachon paydo boigan, qachon o‘tirgan, yurishni o‘rgangan vaqti, qaysi yoshida tili chiqqan, dastlabki gaplari, ishlatgan iboralari. Bolaning bir yoshgacha qanday kasalliklar bilan og‘riganligiga e’tibor beriladi. Bu kasalliklaming qanday kechishi (o‘tkir yoki qaytaqaytalanishi) tomir tortish va hushidan ketish holatlari bolmaganmi, bolaning psixik taraqqiyoti qanday o‘zgarganligi aniqlanadi. Shundan so‘ng tadqiqotchi o‘z ishini bola bilan aloqa o‘matishga, uning bilish faoliyatini o‘rganishga yo‘naltiriladi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin