Dars-1 Mavzu: Maxsus pedagogika va psixologiya fanining maqsadi va predmeti Reja



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə18/36
tarix28.10.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#118750
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36
Dars-1 Mavzu Maxsus pedagogika va psixologiya fanining maqsadi

Ekspriment (tajriba ) tufayli sabab sharoitdan ajraladi, u yoki bu hodisaga ta’sir etuvchi sharoit tushunarli bo’lib qoladi. Oligofrenopedagogikada labaratoriya, tabiiy, psixologik-pedagogik eksperimentlar(tajribalar) qo‘llaniladi. Tadqiqot davomida qat’iy muayyan sharoitlarda pedagogik-psixik hodisalar kechishining aniqroq, ishonchliroq ko‘rsatkichlarini olish zarur bo‘lganda laboratoriya eksprimenti qoilaniladi. Metodlar bir-birini to‘ldirishi, tadqiqot mavzuini to‘laroq va chuqurroq ochishi lozim.
Dars - 17

Mavzu: Maktabgacha oligofrenopsixologiya faning predmeti,maqsadi va vazifalari

Reja: 1.2.3.

Maxsus psixologiya nuqsonli bolalarning ruhiy qonuniyatlarini o'rganuvchi fan bo‘lib, quyidagi qismlardan iborat:


1. Aqli zaif bolalar psixologiyasi (oligofrenopsixologiya).
2. Qulog‘i kar va zaif eshituvchi bolalar psixologiyasi.
3. Ko‘zi ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalar psixologiyasi.
4. Turli darajada nutqlari buzilgan bolalar psixologiyasi.
5. M urakkab nuqsonli bolalar psixologiyasi.
6. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar psixologiyasi.
7. Tayanch-harakat tizim i buzilgan bolalar psixologiyasi.
Nuqsonli bolalar ichida aqli zaif bolalar ruhiyati nisbatan mukam m al o'rganilgan tarm oqdir. A m m o bu tarm oq ham normal bolalar ruhiyatiga nisbatan birm uncha keng, atroflicha o‘rganilmagan. Aqli zaif bolalar psixologiyasi fanining m aqsad va vazifalari shu toifa bolalarning ruhiy xususiyatlari haqidagi bilim lar bilan defektologlarni, oligofrenopedagoglarni qurollantirishdan iborat. Aqli zaif bolalar ta ’lim -tarbiyasi korreksiyasini to‘g‘ri tashkil qilish uchun bu bolalarning xususiyatlari haqidagi bilim lar juda zarur. Aqli zaif bolalar psixologiyasi m a’lum otlari defektologlarda, oligofrenopedagoglarda obyektiv dunyoqarashning shakllanishida juda katta ahamiyatga ega. Ruhiy jarayonlarni ilmiy jihatdan to‘g‘ri tushunib yetish shaxsning barkam ol shakllanishida alohida ahamiyatga ega.
Ma’lumki, har bir fan o‘zining yuzaga kelish, rivojlanish, taraqqiy qilish tarixiga, qonuniyatlariga ega. Shu singari aqli zaif bolalar psixologiyasi fani ham m a’lum rivojlanish tarixiga ega. Aqli zaif bolalarning ruhiyatini o'rganishning mumkinligi va zarurligi, ularni o'qitish, tarbiyalash kerakligi, tibbiyot, xususan psixiatriyaning rivoji bilan uzviy bdg‘liq.
XVIII asr oxirlari XIX asr boshlarida aqli zaif bolalarni davolash, tarbiyalash, o‘qitishga oid ma’lum ijobiy qarashlar yuzaga keldi va shakllana boshladi. Shuni eslatib o‘tish joizki, aqli zaiflar ta’limtarbiyasi' masalalari dastlab, asosan aqliy nuqsoni og‘ir darajadagi bolalar ustida boshlangan. Nisbatan yengil darajadagi aqli zaif bolalarni o'rganish, davolash, tarbiyalash muammolari birmuncha keyinroq, XIX asrning ikkinchi yarmidan o‘rganila boshlangan. 1858-yilda rus pedagogi N. A. Dobrolyubov tomonidan aqli zaif bolaning o‘ziga xos xususiyatlari ochib berildi. Uning ko‘rsatishicha, «faollikning pastligi», «sekin idrok qilish», «quruq yodlashning ustunligi», «bir xildagi harakatlar», «yangi sharoitlarga yomon moslashish», «bilimlarini to‘g‘ri ishlata olmaslik» - aqli zaif bolalarga xos xususiyatlar ekan. XIX asr ikkinchi yarm i XX asr boshlarida Rossiyada aqli zaif bolalarni o‘rganuvchi, davolovchi, tarbiyalovchi, bilim beruvchi qator davolash, tarbiyalash m uassasalari ochila boshlandi (Riga, Peterburg, Moskva, Kiyev shaharlarida). 1910-yiIda M oskvada akasingil Postovskiylarboshlang‘ich bilim yurti qoshida aqli zaif bolalar uchun yordamchi sinflar ochdilar, ham da bolalarni o'rganish uchun eksperim ental psixologik kabinet tashkil qildilar. 1911-yilda shifokor-psixiatr, professor G.I. Rossolimo Moskvada bolalar psixologiyasi va nevropatologiyasi institutini ochdi va bu yerda aqli zaif bolalar ruhiyatining o'ziga xos tom onlari o‘rganila boshlandi. Aqli zaif bolalarni o‘rganishda 1915-yilda G.Y. Troshinning «Tarbiyaning antropologik negizi, norm al va anom al bolalar psixologiyasini qiyoslash» nomli asarining chop etilishi m uhim aham iyat kasb etdi. G.Y.Troshin rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarga yordam berishda faol qatnashdi. 1906-yilda G.Y.Troshin boshchiligida davolash maktabi tashkil etildi va bu yerda anom al bolalar uchun chuqur ilmiy bilim lar berish m asalalariga e ’tibor qaratildi. G.Y. Troshinning asosiy o‘rganish predm eti — aqli zaif bolalar edi. Defektologiyaning fan sifatida shakllanishida G.Y.Troshin tom onidan ilgari surilgan va asoslangan norm al va nuqsonli bola rivojlanish qonuniyatlarining umumiyligi to ‘g‘risidagi fikrlari katta aham iyat kasb etadi. «Mantiqiy norm al va nuqsonli bolalar o'rtasida farq yo‘q. Unisi ham , bunisi ham inson, unisi ham , bunisi ham bola, unisi ham , bunisi ham bir qonuniyat bo'yicha rivojlanadi». G.Y.Troshin normal rivojlanayotgan va nuqsonli bolaning psixologik rivojlanishini solishtirishga asoslangan bola rivojlanishining psixologik tahliliga yondashishning asosini yaratdi. Uning fikricha, nuqsonli bolani o ‘rganish inson tabiatini anglashga yordam beradi va psixologiyaning rivojlanishiga bebaho hissa qo'shadi.
1920-yillardan boshlab maxsus psixologiya, xususan aqli zaif bo ­ lalar psixologiyasi mustaqil fan sifatida o‘quv darajalariga kiritildi. Shu davrdan boshlab bu m uam m o davlat ahamiyatiga ega b olgan ishlar tizim iga kiritilib, alohida e’tibor berila boshlandi. 1925-yilda Moskvada eksperimental defektologiya instituti tashkil etildi. L.S. Vigotskiy (1896—1934) rahbarligida aqli zaif bolalarni o‘rganish ishlari boshlab yuborildi. Yetuk psixolog L.S. Vigotskiy maxsus psixologiya sohasida juda katta nazariy meros qoldirdi hamda haqli ravishda oligofrenopsixologiyaning asoschisi hisoblanadi. 1935-yildan aqli zaif bolalar ruhiyatini o‘rganuvchi laboratoriyani L.V. Zankov boshqara boshladi. Bir necha yillar mobaynida L.S. Vigotskiy bilan ham korlikda ishladi. L.V. Zankov aqli zaif bolalar xotirasini rivojlan tirish m uam m olarini ishlab chiqishga katta hissa qo‘shdi. 1943-yilda mavjud bo'lgan eksperim ental defektologiya instituti Defektologiya ilmiy tekshirish institutiga aylantirildi. Institutga T.A. Vlasova 1985- yilga qadar rahbarlik qildi.
Aqliy jihatdan zaif bolalar psixologiyasini rivojlantirishga J.I. Shif, G .M .D ulnev, B.I.Pinskiy, S.Y. Rubinshteyn kabi olim lar ham katta hissa qo'shdilar.
O’zbekistonda oligofrenopsixologiyaning nazariy va amaliy rivojlanishiga bir qancha pedagog, psixologlar katta hissa qo'shdilar. U rushdan keyingi davrda Respublika m aorif vazirligining «Nuqsonli bolalar um um iy majburiy ta ’lim ni ta ’m inlash choralari to‘g‘risida» qarori qabul qilindi. Shu bilan bir qatorda respublikaning turli viloyat va shaharlarida aqliy rivojlanishi orqada qolgan bolalar uchun m aktab, m aktab-internatlar tashkil etila boshlandi. Maxsus maktablar uchun oliy m a’lumotli mutaxassislar tayyorlash ishi markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib, 1967-yilda Toshkentdagi Nizomiy nomli pedagogika instituti Pedagogika va psixologiya fakulteti qoshida boshlandi. Shu institutni bitirgan o‘zbek olim laridan G ‘.B.Shoumarov, K.Q. M amedov va G. Berdiyevlar maxsus psixologiya fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shib kelmoqdalar. Ular tom onidan maxsus psixologiya faniga oid uslubiy tavsiyalar, o'quv-uslubiy qo'llanm alar, darsliklar, m onografiyalar yaratilgan. G ‘.B. Shoum arov «Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar maxsus m aktabini bitirgan yosh oilalarda ijtimoiy-psixologik m uam molar» mavzusi bo'yicha ilm iy-tadqiqot ishlarini olib borgan. K.Q. Mamedov «Maktabgacha yoshdagi bolalar va o'quvchilarning aqliy rivojlanish xususiyatlari (psixik rivojlanishi sustlashgan bolalar haqida)» mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan. G.Berdiyev o‘z ilm iy-tadqiqot ishida sog‘lom va aqli zaif bolalarning shaxslararo m unosabatlari m uam m osini o‘rganib chiqqan.
Mamlakatimiz va chet el defektologlariiaing nazariy tekshirishlari, tajribalarining ko‘rsatishicha, aqli zaif bolalar potensial rivojlanish im koniyatlariga ega bo‘lar ekan. Aqli zaif bolalarning ruhiy taraqqiyot xususiyatlari, rivojlanish bosqichlari haqida ularning bilim egallash xususiyatlarini bilm aslik defektologlar uchun kundalik ishlarida katta qiyinchilik, tushunmovchiliklarga olib keladi.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin