Reja: 1. Aqli zaiflik darajalari
2. Aqli zaif bolalarda tasavvuri
3. Aqli zaiflikning tug‘ruq holatidagi patologiyasi
Aqli zaiflikning asosiy sababi – markaziy nerv tizimining organik jarohatlanishidir. Shuning uchun maktabgacha oligofrenopedagogika fani bolalarni klinik tomondan o‘rganadigan ma’lumotlardan foydalanishi lozim. Nuqsonli bolalarni klinik jihatdan o‘rganish haqidagi ma’lumotlarni esa fiziologiya, genetika, psixiatriya, nevropotologiya kabi fanlar o‘z ishiga qamrab oladi.
Aqli zaiflik darajalaridan Yengil darajadagi aqli zaiflikning namoyon bo‘lishi. Engil darajadagi aqli zaif bolalar maxsus dastur bo‘yicha ta’lim olishlari mumkin. Bu dastur bolalarga matematika, yozuv, o‘qish va boshqa predmetlarni ancha oson o‘zlashtirishga yordam beradi. Keyinchalik ular kasbiy ko‘nikmaga ega bo‘lib, ishlab chiqarishda mustaqil mehnat qila oladi.
Engil darajadagi aqli zaif bolalar nutqiy ko‘nikmalarini insonlar bilan muloqotlarga sarflaydilar, lekin ularning nutqida fonematik buzilishlar, duduqlanish, so‘z boyligining kamligi, so‘zlarni yaxshi tushunib etmaslik, ishlatayotgan so‘zlarni aniq bilmaslik kabi kamchiliklar yaqqol ko‘zga tashlanadi. So‘z muloqot sifatida qo‘llanilmaydi. Faol so‘z boyligi takrorlanadigan so‘zlarga to‘la. So‘z birikmalari grammatik me’yorlardan yiroq, sifat, bog‘lovchilar ishlatilmaydi. So‘zlari bir bo‘g‘inli, uzuqyuluq holda fikrni ifoda etishda qiynaladilar. Bir xil hollarda umumiy nutqiy etishmovchiliklar uchraydi.Ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish, sezgi organlarining zaiflashuvi, atrof-muhitga bo‘lgan moslashishga xalaqit beradi. Qabul qilishning yaxshi rivojlanmaganligi aqli zaif bolaning atrof-muhit va o‘zi haqidagi aniq fikrga kela olmasligini bildiradi.
Ranglarning o‘xshashligi, predmetlarning o‘zaro farqlanishi, hajmlar noaniq tasavvurga olinadi va analiz, sintez jarayonida xalaqit beradi. Diqqat-e’tibor noaniq, qattiq talab qilingan holda jalb qilish, tez toliqish, chalg‘ishga olib keladi. Bu aqli zaif bolaga katta qiyinchiliklar tug‘dirib, nafaqat maktab dasturi, hattoki o‘zini boshqarishda ham murakkabliklarni tug‘diradi.
Xotira zaifligi, eslash qobiliyatining sustligi, tez yoddan chiqarishi, qaytarishning noaniqligiga olib keladi. Shu bilan birga, mexanik xotira yaxshi saqlanadi. Hislari to‘la diffrensiyalanmagan. Ular atrof-muhitdagi o‘zgarishlarga moyil emas. Ular sekingina kulib qo‘yish lozim bo‘lganda, xoholab kuladilar. O‘zlarining qahr-g‘azablarini esa, berkita olmaydilar.
Qiyinchilik bilan qadriyatlar, estetik hissiyotlar shakllanadi. Olgisi kelgan narsadan mahrum bo‘lgan paytda, o‘zini tiyolmaslik hissi paydo bo‘ladi. Kayfiyati odatda muntazam ravishda bir xil emas.
Aqli zaif bolalarda intilish, ehtiroslarni jilovlash, qaysarlik, shaxsiy motivlar rivojlanmagan bo‘ladi. Harakatlari passiv, tez xulosa chiqara olmaydilar, noo‘rin xatti-harakatlari bilan hayotga moslashishlari qiyinlashadi. Ko‘p hollarda bunday bolalar o‘z-o‘ziga xizmat qila oladilar, o‘zlari ovqatlanadilar, yuvinibkiyinadilar, hojatxonaga bora oladilar. Hatto uy-ro‘zg‘or ishlarida ham qatnashadilar, (garshi juda sekin harakat qilsalar ham).
Ularning hayotga moslashuvi qiyin bo‘lgani uchun jamoatchilikdan ajralib turadilar. Psixomotor etishmovchiligi harakatlarning sustligiga olib keladi. Ko‘pincha maktab dasturini bajarishda bu yaqqol ko‘zga ko‘rinib, o‘qish, yozishda qiyinchiliklarga uchraydi. Ko‘p hollarda engil aqli zaif insonlar mehnatga jalb qilinadilar, ularga ko‘p qiyin bo‘lmagan vazifalar yuklatiladi.