Dars-1 Mavzu Maxsus pedagogika va psixologiya fanining maqsadi
Dars – 27
Mavzu: Maktabgacha logopediya fanining asosiy maqsad va vazifalari
Reja: 1. Logopediya fanining maqsadi
2. Logopediya fanining vazifalari
3. Logopediya va boshqa fanlar bilan aloqasi
Logopediya nutq faoliyati buzilishining sabablari, mexanizmlari, alomatlari, oqimlari tarkibini o‘rganadi. Shuning uchun uni maxsus pedagogika sirasiga qo‘shadilar. «Logopediya» yunon tilida «logos» (so‘z, nutq), «peydeo» (tarbiyalayman, o‘qitaman) so‘zlaridan tashkil topgan bo‘lib, «to‘g‘ri nutqni tarbiyalash» ma’nosini bildiradi. Logopediyada nutq normalari va uning buzilishi tushunchasini farqlash muhimdir.
«Nutq normasi» deganda, nutq faoliyati jarayonidagi qabul qilingan variantlari tushuniladi. Nutqning normal faoliyati holatida uning psixofiziologik mexanizmlari saqlangan bo‘ladi. Nutq kamchiliklari gapiruvchi shaxsning ma’lum til muhitida qabul qilingan, nutq faoliyati zaiflashuviga bog‘liq holda til me’yorlaridan chetlashuvi bilan belgilanadi. Kommunikativ nazariya nuqtai nazaridan qaraganda, nutq buzilishlari bu aloqa vositasining buzilishidir.
Logopediya fanining vazifalari:
Logopediya fanining maqsadi: nutq kamchiligini o‘rganish, bartaraf etish va oldini olish. Logopediya fanining ob’ekti: nutq kamchiligiga ega bo‘lgan shaxs.
5. Nutq kamchiliklarini tartibga solish
4. Nutq kamchiliklarini bartaraf etish metodlari va vositalarini ishlab chiqish
3. Nutq kamchiliklarini logopedik ko‘rikdan o‘tkazish metodlarini ishlab chiqish va qo‘llash
2. Nutq kamchiliklarining kelib chiqish sabablarini aniqlash
Nutq kamchiliklarini aniqlash, saralash, logopedik ko‘rikdan o‘tkazish
8. Yangi pedagogik texnologiyalarni amaliy logopediyaga kiritish.
7. Logopedik yordamni tashkil etish masalalarini ishlab chiqish
6.Nutq kamchiliklarining oldini olish metodlarini takomillashtirish
Qo‘yilgan vazifalarni hal etish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:
● Fanlararo aloqalardan foydalanish va nutq hamda undagi nuqsonlarni o‘rganuvchi ko‘plab mutaxassislar (psixologlar, neyropsixologlar, neyrofiziologlar, tilshunoslar, pedagoglar, turli ixtisosdagi shifokorlar va boshqa kishilar) ni hamkorlikda ish olib borishga jalb etish.
● Nazariya sohasidagi yangiliklarni amaliyotga tezroq tatbiq etish uchun fan va amaliyot o‘rtasidagi aloqalarni, nazariy muassasalar orasidagi hamkorlikni ta’minlash.
● Nutqning buzilishini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish tamoyillarini amalga oshirish. Nutq buzilishining oldini olish uchun aholi o‘rtasida logopedik bilimlar targ‘ibotini olib borish.
Logopediya umumiy anatomiya va fiziologiya, nutq mexanizmlari, nutq jarayonining bosh miyada tashkil etilishi haqidagi, nutq faoliyatida ishtirok etadigan analizatorlarning qurilishi hamda harakatga kelishi haqidagi bilimlardan foydalanadi.
Logopediya – otolaringologiya, nevropatologiya, psixopatologiya, oligofreniya klinikasi, pediatriya bilan uzviy bog‘langan. Jumladan, nutq va eshitish a’zolarining patologi yasi nafaqat buzilishlari etimologiyasini aniqlashga, balki tibbiy ta’sir ko‘rsatish bilan bo‘ladigan logopedik ishlarni to‘g‘ri qo‘shib olib borish uchun ham imkon beradi. Logopediya – tilshunoslik va psixolingvistika fanlari bilan uzviy bog‘langan. Nutq tillar birligining turli darajasi va ularning amal qilish qoidalaridan foydalanishni ham nazarda tutadi. Logopediya umumiy, maxsus psixologiya va psixodiagnostika bilan chambarchas bog‘langandir. Logoped uchun bolaning ruhiy rivojlanish qonuniyatlarini bilish, turli yoshdagi bolalarni psixologik-pedagogik xususiyatlarini aniqlash metodlarini bilish zarurdir. Tizimlar ichidagi va tizimlararo aloqalar bor. Tizimlar ichidagi aloqalarga pedagogika hamda maxsus pedagogikaning turli sohalari: surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika metodikasi, umumiy va maxsus psixologiya bilan bo‘ladigan aloqalar kiradi. Tizimlararo aloqalarga esa tibbiy-biologik va tilshunoslik fanlari o‘rtasidagi aloqalar kiradi.Har qanday fanning ajralib chiqishi va mavjudligining majburiy sharti undagi o‘z tushunchalari, o‘ziga xos atamalarning mavjudligidir. Nutq buzilishlarini belgilash uchun, shuningdek, «nutqning nuqsonlari», «nutq kamchiliklari» «nutq buzilishlari» kabi nutq atamalari ishlatiladi. «Nutqning to‘liq rivojlanmaganligi» va «nutq buzilishi» tushunchalari bir-biridan farq qiladi, «nutqning to‘liq rivojlanmay qolishi» atamasi nutq faoliyati buzilishining faqat alomatli darajasinigina xarakterlaydi.