Dars-1 Mavzu: Maxsus pedagogika va psixologiya fanining maqsadi va predmeti Reja



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə32/36
tarix28.10.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#118750
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Dars-1 Mavzu Maxsus pedagogika va psixologiya fanining maqsadi

Logopedik ta’sir nutqiy faoliyat buzilishini tuzatish, nutqi buzilgan bolani tarbiyalash va rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonni o‘z ichiga oladi.
Nutq buzilishini tuzatish - nutq buzilishi alomatini to‘g‘rilash yoki engillashtirishdir («nutq buzilishlarining oldini olish», «tuzatish» – bu borada qo‘llaniladigan atamalardir).
Kompensasiya (muzdlash) – organizmning qandaydir harakatlarining yo‘qolishi yoki buzilishi hollaridagi psixologik funksiyalarni qayta qurishning ko‘p qirrali, murakkab jarayonini o‘zida namoyon qiladi. Tenglik, shakllanmagan va buzilgan nutqli hamda nutqsiz harakatlarning rivojlanishi va tiklanishi logopedik ta’sir etishning maxsus tizimidan qo‘llanish asosida amalga oshadi. Bu jarayonda kompensasiya shakllanadi.
O‘qitish – ikki tomonlama boshqariladigan jarayondir. U bolalarning bilim, malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish borasidagi faol bilish faoliyatini, bu faoliyat ustidan pedagogik rahbarlikni amalga oshirishni o‘z ichiga oladi. O‘qitish jarayoni uzviy birlikdagi ta’lim berish, tarbiyalash va rivojlantirish vazifalarini bajaradi.
Tarbiyalash jamiyat ehtiyojlariga muvofiq ravishda shaxsning yoki uning alohida sifatlarining shakllanish jarayonini maqsadga yo‘naltirilgan holda uzluksiz, tashkiliy tarzda boshqarish demakdir.
Qayta tarbiyalash jarayonida nutqiy faoliyati buzilgan kishilarning o‘ziga xos muhim xususiyatlarini tuzatish ishlari amalga oshiriladi. Bosh miya ma’lum qismining xastalanishi hollaridagi logopedik ishlarda buzilgan nutqiy va nutqsiz vazifalarni tiklashga qaratilgan tiklovchi ta’limda foydalaniladi. Bunday ta’lim asosida harakatning saqlanib qolgan qismiga tayanish va barcha funksional tizimni qayta qurish yotadi.
«Nutqni tiklash» atamasi afaziya davridagi nutq buzilishining, aksincha, rivojlanishini belgilash uchun qo‘llaniladi.
1. Dislaliyabolaning normal eshitishi, ko‘rishi va nutq apparatining tuzilishi va faoliyati saqlangan holda tovush talaffuzining buzilishi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin