Dars-1 Mavzu: Maxsus pedagogika va psixologiya fanining maqsadi va predmeti Reja


Dars - 8 Mavzu: Kar bolalar tasnifi



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə8/36
tarix28.10.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#118750
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36
Dars-1 Mavzu Maxsus pedagogika va psixologiya fanining maqsadi

Dars - 8

Mavzu: Kar bolalar tasnifi


Reja: 1 Eshitish analizatori va uning ahamiyati
2. Eshitish nuqsonlari va uning kelib chiqish sabablari



Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar
Karlar

Zaif eshituvchilar
Kech kar bo‘lganlar.

Kar bolalar - eshitishning barqaror ikki yoqlama buzilishiga ega, u nasliy, tug‘ma, yoki go‘daklik davrida (nutqni egallamasdan oldin ) orttirilgan bo‘lishi mumkin. Kar bolalarni maxsus vositalar bilan nutqqa o‘rgatilmasa, ular soqov - kar-soqov (gung) bo‘lib qoladi. Ularni nafaqat jonli so‘zlashuvda, balki 1960- yillargacha bajarilgan ilmiy tadqiqotlarda ham shunday atab kelingan. Ko‘pchilik kar bolalarda qoldiqli eshitish mavjud bo‘ladi. Ular faqat juda baland tovushlarni (70-80 dB) 2000 Gs gacha diapazonda qabul qila oladi. Odatda, kar bolalar past tovushlarni (500Gs gacha) yaxshi eshitadi va juda baland tovushlarni (2000 Gs dan yuqori) umuman qabul qilmaydi. Agar kar bolalar 70-85 dB balandlikdagi tovushlarni sezsa, ularning eshitish holati uchinchi darajali zaif eshituvchanlik hisoblanadi. Agar kar bolalar juda baland – 85 – 100 dB kuchli tovushlarni eshitsa, to‘rtinchi darajali zaif eshituvchanlik deb baholanadi. Kar bolalarni maxsus vositalar yordamida nutqqa o‘rgatish juda kam hollarda normal nutqqa yaqin bo‘lgan nutqning shakllanishini ta’minlaydi. Shunday qilib, karlik bolaning psixik rivojlanishida ikkilamchi o‘zgarishlarni - nutqning nisbatan sekin va o‘ziga xosliklar bilan rivojlanishini keltirib chiqaradi. Eshitishning buzilganligi va nutqning yetarlicha rivojlanmaganligi bolaning barcha bilish qobiliyatlari rivojlanishidagi, uning irodaviy xulqi, emotsiyalari va hislari, xarakter iva shaxsining boshqa tomonlari shakllanishidagi o‘zgarishlarga olib keladi.
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan barcha bolalar kabi kar bolalarning psixik rivojlanishi uchun ilk bolaliuk davrida ularning tarbiya va ta’limi qanday tashkil qilingani, bu jarayonda ularning psixologik rivojlanish xususiyatlari qanchalik e’tiborga olingani, bolaning kompensator rivojlanishini ta’minlaydigan ijtimoiy-pedagogik vositalar qanchalik sistemali reaoizatsiyalangani favqulodda muhimdir.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin