Dars-1 Mavzu: Maxsus pedagogika va psixologiya fanining maqsadi va predmeti Reja


Dars - 10 Mavzu: Maktabgacha yoshdagi eshitishda nuqsoni bo’lgan bollarni tarbiyalash



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə11/36
tarix28.10.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#118750
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36
Dars-1 Mavzu Maxsus pedagogika va psixologiya fanining maqsadi

Dars - 10

Mavzu: Maktabgacha yoshdagi eshitishda nuqsoni bo’lgan bollarni tarbiyalash


Reja: 1. Maxsus ta’lim tizimi
2. Nogironlikning oldini olish va nogironlarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish
3. Maxsus ta’lim-tarbiya muassasalari
Maxsus ta’lim tizimi deganda jismoniy va ruhiy kamchiliklarga ega bolgan bolalarga (ko‘zi ojiz, kar-soqov, aqli zaif, tayanch harakati apparatida nuqsoni bolgan, nutq nuqsoni bolgan bolalar) aniq maqsadni ko‘zlab «korreksiya», «kompensatsiya», «reabillitatsiya» ishlarini amalga oshiradigan maxsus ta’lim muassasalari: ko‘zi ojiz bolalar uchun, eshitishida nuqsoni boigan bolalar uchun, aqli zaif bolalar uchun maktab-internatlar tushuniladi. Har bir mamlakat xalq ta’limi tizimining taraqqiyoti shu mamlakatda ishlab chiqarish kuchlarining, ishlab chiqarish munosabatlarining rivojiga va jamiyat taraqqiyotiga bogliq boladi. Mamlakatimiz istiqlolga erishgandan keyin xalq maorifini rivojlantirish masalalariga, yetuk defektolog mutaxassis kadrlar tayyorlashga katta e’tibor berilmoqda. O‘zbekiston Konstitutsiyasiga asoslangan holda fuqarolarining millatidan, dinidan, jinsidan, ijtimoiy ahvolidan qat’i nazar, ta’lim olishga huquqliligi tamoyili qaror topgan. Nogironlarni ijtimoiy-huquqiy himoya qilishni davlat o’z burchi deb biladi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan boshlab nogiron bolalarga maxsus ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, yangi milliylik va o‘z-o’zini anglash ruhida tarbiyalash, o‘qitish, yangi darsliklar, o‘quv qo’llanmalari tayyorlashga katta e’tibor bermoqda, bundan tashqari nogironlarni himoya qilish bo‘yicha bir qancha buyruqlar va qarorlar tayyorlangan. Xalqimizning, shu jumladan, nogironlar va nogiron bolalar, ularning jismoniy, aqliy, psixik rivojlanishini yaxshi lash, hayotga moslashtirish yollarini ishlab chiqish kokrsatilgan. Nogironlikning oldini olish va nogironlarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish yuzasidan Vazirlar mahkamasining 1995-yil 11-noyabrda qabul qilingan 433-sonli «O’zbekiston Respublikasining nogironlarni reabilitatsiya qilish bo‘yicha 1996—2000- yillaiga mo’ljallangan davlat dasturi», 2000—2005-yilga mo’ljallangan davlat dasturi qabul qilingan va qator tadbirlar ishlab chiqilgan. Eng awalo, nogironlikning oldini olish, nogironlarni tibbiy va ijtimoiy reabilitatsiya qilish, ularning ruhiyatini yaxshilash va sog1omlashtirish,nogironlikni ilk bor aniqlash, saralash, maxsus ta’lim-tarbiya berish va korneksion-pedagogiк ishlar orqali koncksiyalash, kasbga yo‘naltirish, hayotga moslashtirish, jismoniy tarbiyalash, nogironlar bilan ishlash uchun kadrlar tayyorlash masalalariga oid qonun va buymqlar mavjuddir. Ko‘rinib turibdiki, nogiron, alohida yordamga muhtoj bolalar ham zamon talabigajavob beradigan ilmiy bilimlaming elementar asoslarini egallashi, hayotda o‘z o‘mini topa olishlari haqida davlatimiz mustaqillikning dastlabki yillaridayoq g‘amxo‘rlik qila boshlagan. O‘zbekiston Respublikasida barcha maxsus ta’lim-tarbiya muassasalari davlat ixtiyorida ekanligi, bu tashkilotlami davlat mablag bilan ta’minlashi nazarda tutiladi. Maxsus ta’lim-tarbiya muassasalarining faoliyati davlat tomonidan boshqarilib boriladi. Shu kabi tadbirlar maxsus ta’lim ustidan davlatning siyosatini amalga oshirish, o‘quv reja va dasturlarining yagona bolishini ta’minlash imkoniyatini bemdi. Nogiron bolalarning barcha turlari uchun maxsus maktab, maktab-internatlar, soglomlashtirish sanatoriyalarida ta’limning bepul ekanligini ta’kidlash mumkin. Shuni aytish zarurki, maxsus ta’lim tizimining o‘ziga xos bolgan tomoni — uch vazirlik: Xalq ta’limi vazirligi, Sogliqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy ta’minot vazirligi tasarrufida,ekanligidir. Yordamchi maktabda o‘quvchilar nazoratsiz qolmasligi uchun moddiy imkoni bolgan maktablarda kuni uzaytirilgan guruhlar tuzilgan, yetim bolalar uchun bolalar uylari, maxsus maktab-intematlar tashkil etilgan: — maktabgacha tarbiya — aqli zaif bolaning ilk yoshidan 7—8 yoshigacha; — boshlanglang’ich ta’lim — 1—4-sinflar; — o‘rta maxsus ta’lim — 5—9-sinflar; — kollej — aqli zaif o ‘quvchilarning qobiliyatli va kasb-hunarga qiziqqan hamda o‘qishni davom ettirishga layoqatli bolgan bolalarni maxsus guruhlarda (kollejlarda integratsiya usulda) o’qitishi kasb-hunar ta’limi bandlarigina taalluqlidir. Chunki aqli zaif o’quvchilar boshqa yuqori darajada ta’lim olishlariga ularning aqliy nuqsonlari imkon bermaydi. Lekin kasb-hunar kollejlarida aqli zaif o‘quvchilarning nuqson darajalari inobatga olingan holda ta’lim olishlari mumkin.



Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin