Dars-1 Mavzu: Maxsus pedagogika va psixologiya fanining maqsadi va predmeti Reja


Mavzu: Maktabgacha yoshdagi eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga saralash



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə14/36
tarix28.10.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#118750
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36
Dars-1 Mavzu Maxsus pedagogika va psixologiya fanining maqsadi

Dars - 13

Mavzu: Maktabgacha yoshdagi eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga saralash


Reja:1. Maxsus maktab-internatlarda ta’lim-tarbiya jarayonini
2. Zaif eshituvchi bolalarning darajalari
3. Zaif eshituvchi bolalarning nutqiy axborotni qabul qilishi
Maktabgacha yoshdagi bolalarni maxsus muassasalarga saralashga quyidagilarga e’tibor beriladi: maxsus bog‘chaga qabul qilinadigan bolalar maktabgacha tarbiya yoshidagi aqli zaif bo‘lishi: ijtimoiy va maishiy jihatdan bolalar jamoasiga oson kirishib ketadigan: tengdoshlar jamoasida xavfsiz zarur elementlar, bilimga ega bo‘lishlari, unga qaratilib so‘zlangan nutqni tushunishi va o‘zining nutqi bo‘lishi, shuningdek, somatik jihatdan sog‘lom bo‘lishlari kerak.
Ma’lumki, bolaning psixik rivojlanishida asosiy rolni yashash sharoiti o‘ynaydi. Unga bog‘liq bolaning rivojlanishida bolalar jamoasi katta ahamiyatga ega. Jamoada, tengdoshlari bilan munosabat orqali bolaning bilim doirasi kengayadi, uning xarakteri va xulqi shakllanadi.
Ammo, bolalar jamoasining ta’siri bola psixik jamoada bo‘lsagina ta’sir qiladi. Bizga ma’lumki, agar aqli zaif bola normal rivojlanayotgan tengdoshlari jamoasiga tuchib qolsa, unda o‘ziga ishonmaslik paydo bo‘ladi, atrofdagilarga befarq bo‘lib qoladi . Uning xarakteri va xulqida salbiy sifatlar paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, pedagogik tomondan maktabgacha tarbiya yoshidagi aqli zaif bola nuqsoniga befarq qarash bu nuqsonlarning chuqurlashishiga olib keladi.
Maxsus bog‘chaga qabul qilinadigan bolalar maktabgacha tarbiya yoshida, ya’ni 2 yoshdan kichik emas – 6 yoshdan katta bo‘lishlari kerak emas. Ma’lumki, aqli zaif bola rivojlanishida normal bola rivojlanishidagi bosqichlarni bosib o‘tadi. Bola o‘sa borishi bilan uning psixik funksiyalarida sifat o‘zgarishlari yuz beradi. Shuning uchun yasli yoshidagi aqli zaif bola – bog‘cha yoshidagi aqli zaif boladan, bog‘cha yoshidagi aqli zaif bola – maktab yoshidagi aqli zaif boladan farq qiladi. Shu sababli qabul qilingan yosh davrlari aqli zaif bolalar uchun ham tegishli hisoblanadi. Aqli zaif bolaning hayoti – go‘daklik, yasli, bog‘cha, maktabdavrlariga bo‘linadi. Maxsus bog‘chaga qabul qilinadigan bolalar ijtimoiy-maishiy adaptasiyaga ega bo‘lishlari kerak.
Maxsus muassasaga qabul qilingan bola aqli zaif katta bolalar jamoasining a’zosi bo‘lib qoladi. Jamoadagi hayot undan maishiy mustaqillikni, o‘z istak-xohishlarini, harakatlarini boshqalarga moslashtirishni talab qiladi.
Albatta, aqli zaif bola uchun bu talablar murakkab hisoblanadi. Chunki aqli zaiflik bola rivojlanishidagi barcha tomonlarga, uning shaxsiga ta’sir qiladi. Bularning hammasi o‘z navbatida maishiy malakalarning shakllanishiga to‘sqinlik qiladi
Maxsus bog‘chalarga aqli zaif bolalar ko‘pincha oilalardan kelishadi. Oilada bolani doimo «baxtsiz», «kasal» deb hisoblashardi, shuning uchun u ota-onasining alohida g‘amxo‘rlik ob’ekti bo‘lib qoladi. Unga kattalar tomonidan talablar qo‘yilmasligi aqli zaif bolani xudbin qilib qo‘yishi mumkin. Maxsus bog‘chaga qabul qilinadigan bolalarga qo‘yiladigan talablarni 2 guruhga – maishiy va sosial (ijtimoiy) guruhlarga bo‘lish mumkin.
Maishiy talablarga quyidagilar kiradi:
1. Maxsus bog‘chaga qabul qilinadigan aqli zaif bolada motorika saqlangan bo‘lishi lozim, ya’ni jismoniy rivojlanishida nuqsonlar bo‘lishiga qaramay, aqli zaif bola mustaqil ravishda predmetni olishi va ushlashi, u bilan sodda manipulyasiyalar qilishni bilishi, yaxshi yurishi, o‘tirishi, yozishi, turishi, chaynashi, yutishni bilishi kerak.
2. Maxsus bog‘chaga qabul qilinadigan bolalarda maishiy faoliyat shakllangan bo‘lishi lozim.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin