Dars-1 Mavzu: Maxsus pedagogika va psixologiya fanining maqsadi va predmeti Reja


Faoliyat orqali yondashuv tamoyili



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə29/36
tarix28.10.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#118750
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36
Dars-1 Mavzu Maxsus pedagogika va psixologiya fanining maqsadi

Faoliyat orqali yondashuv tamoyili. Tekshiruv bolaning yetakchi faoliyati hisobga olingan holda amalga oshirilishi lozim. Agar bu maktabgacha yoshdagi bola bo'Isa, o'yin faoliyati kontekstida, maktab bolasi bo'Isa, o'quv faoliyatida. Ayrim hollarda, agar rivojlanishda, shu jumladan nutq rivojlanishida orqada qolish kuzatilsa, o'yin metodikalari maktab yoshida ham o'z ahamiyatini saqlab qoladi. Bundan tashqari bola va o'sm ir uchun shaxsan tanish bo'lgan faoliyat turlarini tanlash tavsiya etiladi.
Bolani dinamikada o'rganish tamoyili. U bolalarning mavjud imkoniyatlarinigina emas, balki ularning kelgusida bilimlari va ko'nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlarini o'rganishga yo'naltirilgan. L.S. Vigotskiyning ta ’lim va rivojlanish nisbatlari haqidagi konsepsiyasi shu tamoyilga asoslanadi. Unga ko'ra bola o'zi mustaqil hal qiladigan masalalar bilan belgilanadigan aktual rivojlanish zonasi va bola kattalar yordamida hal qiladigan masalalar belgilab beradigan eng yaqin rivojlanish zonasi farqlanadi.
Individual va kollegial tekshirish shakllarini birga qo'shib olib borish tamoyili kam kuch sarflab, eng yuqori natijalarga erishish imkonini beradi. Tekshirishning kollegial shaklida bir mutaxassis ikkinchisining yordamchisi sifatida ish olib borishi va o'z o'rnida sinovdan o'tuvchining xatti-harakatlarini tashkil qilishi, ijobiy emotsional fon yaratishi va, ayniqsa, olingan diagnostika natijalarini tahlil qilishda faol qatnashishi mumkin. Bunda bir xil faktlarga har xil nuqtayi nazar bilan qarash va optimal xulosaga kelish imkoni bo'ladi.
Rivojlanish tamoyili. Ushbu tamoyilga ko'ra, nuqsonning yuzaga kelish jarayonini (sababini) tahlil qilish bilan birga, aynan shu nuqsonni bolaning rivojlanishiga qanday ta’sir etishini o'rganish nazarda tutiladi. Ruhiy holatlaming to'g'ri tavsifnomasi nuqsonning kelib chiqish sabablari, aynan hozirgi vaqtdagi holati va kelajakda ro'y berishi mumkin bo'lgan o'zgarishlarni inobatga olgan holda tuziladi. Masalan, noaniq artikulatsiya so'zni, tovushni tahlil — sintez qilish malakasini egallashda qiyinchiliklar, yozma nutqda agramatizmlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek, noaniq talaffuz nutqiy faollikning susayishiga, muloqotga kirishishda ehtiyojning kamayishiga olib keladi. Bola atrofdagilarning masxaralashlaridan uyalib muloqotga kirishmaydi, natijada esa, bolaning faol va passiv lug'ati kamayadi. Rivojlanish tamoyiliga ko'ra, nuqsonni statistik jihatdan ta ’riflashga emas, balki uning rivojlanish dinamikasini aniqlashga alohida urg'u beriladi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin