Ong va faoliyat birligi tamoyili. Bu tamoyilga ko'ra, ong inson xulq-atvori va xatti-harakatining boshqaruvchisidir. Ma’lumki, biologik nasldan naslga o'tuvchi xususiyatlar psixik funksiyalar shakllanishining shartlaridan birinigina tashkil etadi. Insonga insoniyat tomonidan yaratilgan predmetlar dunyosi va hodisalarni egallashga bo'lgan intilishlar xos. Faoliyat esa inson ongining shakllanish omilini yuzaga keltiruvchi shartlaridan biri sanaladi, Faoliyat doimo organizm bilan muhitning ifodasidir. Inson o'zining faoliyatini ilk yoshidanoq butun insoniyat tajribasi va jamiyat talablariga yo'naltirib boradi. Inson faoliyatiga xos bo'lgan xususiyatlardan yana biri shundaki, uning bilish jarayonlari iroda bilan bog'liq bo'ladi, ularga tayanadi, ya’ni faoliyat bilish va iroda jarayonlarisiz yuz berishi mumkin emas. Nuqsonli bolalarni o'rganishda ushbu tamoyil nuqsonli bolalar faoliyati ana shu bolalarning rivojlanish darajasini aniqlovchi asosiy parametr ekanligini nazarda tutadi.
Psixik rivojlanishning nutq bilan bog‘liqligi tamoyili. Nutqiy faoliyat bola psixikasi, turli ruhiy jarayonlar (sensor, intellektual, hissiy iroda sohasi) bilan bog'liq holda shakllanadi. Bolada kechayotgan ruhiy jarayonlarning o'ziga xos xususiyatlarini individual o'rganish natijasida bola nutqining nuqsonli rivojlanishini aniqlash mumkin.
Olingan ma’lumotlarning tahlilida sifat-son jihatdan yondashish tamoyili, bir tomondan, son ko'rsatkichlari asosida sifat birliklari yotishi lozimligiga asoslansa, ikkinchi tomondan, tekshirish natijalari mana shu rasmiy ko'rsatkichlardan iborat bo'lmay, vazifalarning bajarilish jarayoni (operatsiyalarning mantiqiy ketma-ketligi, maqsadga erishishda sobitlik va h.k.) ham tahlil qilinishini talab etadi.
Dars - 29
Mavzu: Logopsixologiya fanining maqsadi va vazifalari
Reja: 1. Logopsixologiya faning maqsadi 2. Logopsixologiya faning vazifalari «Logopsixologiya» kursi defektolog tayyorlash tizimida asosiy o'rinlardan birini egallaydi, chunki talabalar o'zlarining keyingi ish faoliyatlari davomida maxsus ta ’lim-tarbiya tizimida rivojlanishida kamchiligi bo'lgan bolalar nutqidagi kamchiliklarni aniqlash, nutq kamchiliklarini bartaraf etish, ularning oldini olish bilan shug'ullanadilar.
Ma’lumki, nutq nuqsonlariga ega bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlarning samaradorligini oshirishda defektolog maxsus psixologik bilimlar tizimini egallagan bo'lishi, nutqida kamchiligi bor bolalarning psixologik rivojlanish qonuniyatlari, ularning shaxsini shakllantirish omillari haqida bilimlarga ega bo'lishi va ana shu bilimlarga tayangan holda faol psixokorreksion (tuzatish) ishlarini olib borishi zarur. Shuningdek, mazkur kurs davomida talabalar nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llash ko'nikmalarini egallab boradilar, har bir nutq kamchiligida bola hissiy-irodaviy doirada, psixik jarayonda o'ziga xos, alohida xususiyatlarga ega ekanligi haqida to'liq m a’lumotlarga ega bo'ladilar.
Kursning asosiy vazifasi talabalarga logopsixologiya fanining barcha bo'limlarini, logopsixologiya fani bilan uzviy bog'liq bo'lgan (maxsus pedagogika, logopediya, psixologiya, maxsus psixologiya, psixolingvistika va h.k.) fanlarning yangi ilmiy yutuqlarini hisobga olgan holda umumiy va maxsus bilimlarni berishdan iborat.
Logopsixologiya fanining o'rganish obyekti tug'ma yoki orttirilgan nutq nuqsoniga ega bo'lgan bolalardir. Logopsixologiya fanining predmeti doirasiga nutq nuqsoniga ega bo'lgan bolalarning psixik xususiyatlarini o'rganish va psixokorreksion ishlarni tashkil etish jarayoni kiradi.
Logopsixologiya fanining vazifalari: - turli nutq nuqsoniga ega bo'lgan shaxslarning psixik rivojlanish xususiyatlarini o'rganish; - nutq nuqsonlarining differensial diagnostika metodlarini ishlab chiqish; - nutq nuqsoniga ega bo'lgan bolalarning bilish faoliyatidagi kamchiliklarini o'rganish va bartaraf etish; - nutq nuqsoniga ega bo'lgan bolalarda hissiy-irodaviy sohani va shaxslararo munosabatlardagi kamchiliklarni bartaraf etish metodlarini ishlab chiqish; - nutq nuqsoniga ega bolalarning bilish faoliyatidagi va hissiyirodaviy sohasidagi kamchiliklarning oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish.