Dars ishlanmasi (konspekt)



Yüklə 21,91 Kb.
tarix22.10.2017
ölçüsü21,91 Kb.
#9692


Fan nomi: Matematika

Dars mavzusi: 8 soni tarkibi

Dars maqsadi:

a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga mavzuni to’liq yetkazish, mavzu haqida bilim va ko’nikma hosil qilish

  1. tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga iqtisodiy tushuncha berish va metematik o`yinlar orqali milliy istiqlol g`oyalarini singdirish.

  2. rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning matematikani o’rganishga, bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish

Dars turi: yangi bilim berish

Dars uslubi: aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash

Darsda foydalaniladigan jihozlar: rasmlar, ko’rgazma, bukletlar

Matematika – fanlar ichra shoh,

Uning sirlaridan bo’lingiz ogoh! Ibn Sino

Dars jarayoni va texnologiyasi

Ishning nomi

Bajariladigan ishning mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich

Tashkiliy qism

Darsni tashkil etish. O’quvchilarning davomatini aniqlash. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi

Suhbat

2 minut

2-bosqich Ehtiyojlarni aniqlash

O’quvchilarning ehtiyojlarini aniqlab, mavzuga oid tushunchalar beriladi. Mavzuga oid misol va masalalar tushuntiriladi

Savol-javob

3 minut

3-bosqich Yangi mavzu bayoni

Matematikaga oid savol-javob o’tkazish.

8 soni tarkibi haqida tushuncha berish

Rasmlar asosida narlarning sanog’ini va ular ustida ayirish, qo’shish amallarini bajarish

Tushuntirish, izlanish

musobaqa

30 minut

4-bosqich Mustahkamlash

O’quvchilarning matematikaga bo’lgan qiziqishlarini aniqlash. Test bajarish

8 sonini yozishni mashq qilish

Muammoli izlanish

7 minut

5-bosqich rag’batlantirish

O’quvchilarning darsga ishtiroki hisobga olinib rag’batlantiriladi




3 minut

Darsning borishi:

1 Tashkiliy qism. O’quvchilarni darsga tayyorlash. Matematika daftarlarini tarqatish

2. O’tilgan mavzu yuzasidan aqliy hujum savollari beriladi. O’quvchilarni yangi mavzuga tayyorlash.


  1. Biz o’tgan darsda qaysi sonni o’rgandik? – 7 sonini o’rgandik

  2. 7 soni qaysi sondan keyin keladi? –6 sonidan keyin keladi

  3. 7 soni qanday hosil qilnadi?

  4. 7 sonigacha sanab bering.

  5. Hafta kunlari nechta?

  6. Ularning nomini kim aytib beradi?

  7. Bugun qaysi kun?

III. Yangi mavzuni tushuntirish

Darslikdagi rasmlar va ko’rgazmalar orqali o’quvchilarga mavzuni tushuntiriladi. 8 raqami bilan o’quvchilarni tanishtirib, uni sonlar qatoriga qo’shamiz. 8 sonini hosil qilish o’rgatiladi. 8 raqami ko’rgazma orqali ko’rsatiladi va aytiladi:

1,2,3,4,5,6,7, 8 7 + 1 = 8

8 soni bilan bog’liq bo’lgan narsalar misol qilib aytiladi.

1-misolda berilgan rasm asosida 8 sonini hosil qilishni o’rganamiz va misollarni bajaramiz



2-misolda berilgan rasm asosida sodda masalalar tuzamiz va bajaramiz. 8 sonini hosil qilishni o’rganamiz va misollarni bajaramiz Rasm asosida suhbat o’tkaziladi?

- Rasmda nimalarni ko’ryapsiz? – Bolalar olma teryapti

- Olmani yaxshi ko’rasizmi? – ha.

- Hozir qaysi fasl? – Kuz fasli

- Kuzda nima ishlar qilinadi? – Kuzda yig’im-terim ishlari boshlanib ketadi

- Juda to’g’ri, saxovatli kuzda hamma mevalar g’arq pishib yetiladi. Bog’larda olma, anor, behi, uzumlarni yig’ib olish uchun bolalar kattalarga yordam beradilar. Kuzda qanchalik ko’p g’ayrat bilan ishlasak, albatta, qishda uni huzurini ko’ramiz.

- Ilhom bilan Sardor bir yashikda 4 chelak olma terib solishdi. Maftuna bilan Aziza ham shuncha olma terishdi. Jami terilgan olmalar necha chelak bo’ldi?

- 8 chelak 4 + 4 = 8

3-misol. Mustaqil ish

7 + 1 = 8 5 + 3 = 8 4 + 4 = 8

8 – 1 = 7 8 – 3 = 5 8 – 4 = 4

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash

Savollar orqali mavzu mustahkamlanadi.



  1. 8 soni qanday hosil qilnadi?

  2. 8 sonigacha sanab bering.

  3. 8 sonidan boshlab teskari sanab bering.

  4. Darslikda berilgan soat sterlkasining kichigi qaysi raqamni ko’rsatyapti?

  5. Kattasi-chi?

  6. Soat necha bo’libdi? Siz ertalab soat 8 da qayerda bo’lasiz?

Matematika daftarining kataklariga 8 sonini yozish mashq qilinadi.

(Qiynalgan o’quvchilarga yordamlashaman.)



V. O’quvchilarni darsga ishtirokiga qarab rag’batlantiraman.
Yüklə 21,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin