Darslikdagi rasmlar va ko’rgazmalar orqali o’quvchilarga mavzuni tushuntiriladi. 8 raqami bilan o’quvchilarni tanishtirib, uni sonlar qatoriga qo’shamiz. 8 sonini hosil qilish o’rgatiladi. 8 raqami ko’rgazma orqali ko’rsatiladi va aytiladi:
1,2,3,4,5,6,7, 8 7 + 1 = 8
8 soni bilan bog’liq bo’lgan narsalar misol qilib aytiladi.
1-misolda berilgan rasm asosida 8 sonini hosil qilishni o’rganamiz va misollarni bajaramiz
2-misolda berilgan rasm asosida sodda masalalar tuzamiz va bajaramiz. 8 sonini hosil qilishni o’rganamiz va misollarni bajaramiz Rasm asosida suhbat o’tkaziladi?
- Rasmda nimalarni ko’ryapsiz? – Bolalar olma teryapti
- Kuzda nima ishlar qilinadi? – Kuzda yig’im-terim ishlari boshlanib ketadi
- Juda to’g’ri, saxovatli kuzda hamma mevalar g’arq pishib yetiladi. Bog’larda olma, anor, behi, uzumlarni yig’ib olish uchun bolalar kattalarga yordam beradilar. Kuzda qanchalik ko’p g’ayrat bilan ishlasak, albatta, qishda uni huzurini ko’ramiz.
- Ilhom bilan Sardor bir yashikda 4 chelak olma terib solishdi. Maftuna bilan Aziza ham shuncha olma terishdi. Jami terilgan olmalar necha chelak bo’ldi?