O’qituvchi o’quvchilar bilan salomlashadi, ularning darsga tayyorligi hamda davomatini aniqlaydi, tanishadi.
Suhbat.
Jurnali, doska, ruchka.
II
Uyga vazifani takrorlash
10 daqiqa
O’quvchilarning bilimlarini tekshirish maqsadida nazorat olinadi, ularga test topshiriqlari beriladi. (1-ilova).
Baholash mezoni bilan tanishtiriladi.
Test savollari
bilan ishlash.
Tarqatma materiallar, testlar.
III
Yangi mavzuning bayoni
15 daqiqa
Yangi mavzuning nomi va rejasi dos-kaga yoziladi (2-ilova).
O’quvchilar diqqatini jamlash maqsadida aqliy hujum uyushtiriladi Tayanch iboralar izohlanadi (3-ilova). Reja asosida mavzu yoritiladi
Maruza Aqliy hujum.
Bahs-munozara.
Mavzuga doir xarita, doska, bo’r va plakatlar.
IV
Mustah-kamlash
10 daqiqa
Yangi mavzu xulosalanadi, asosiy tushunchalar bo`yicha bahs-munozara uyushtiriladi. Eng zarur ma’lumot-lar o’quvchilar tomonidan daftarga qayd etishlari eslatib o’tiladi.
Bahs-munozara.
Doska, mavzuga doir xarita va bo’r.
V
O`quvchi-larni baholash
3 daqida
Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadi va e’lon qiladi, o’quv jurnaliga qayd etiladi.
Baholash.
Jurnal
VI
Uyga vazifa berish
2 daqida
Uyga vazifa beriladi.
Dars yakunlanadi.
Tushunti-rish.
Darslik
Darsning borishi: I.Tashkiliy qism; a) salomlashish, b)davomatni aniqlash, c)sinfni darsga
tayyorlash, d) dunyo voqealari to`g`risida suhbat.
II. O`tilgan mavzuni takrorlash. ( javobi yoziladigan test olish)
1. A. Temur saltanatiga xavf solib turuvchi ikki tomonlama kuch mavjud edi. Ular qaysilar?
2. A. Temur va To`xtamishxon o`rtasidagi so`ngi jang qachon, qayerda sodir bo`lgan?
3. A. Temurning uch, besh, etti yillik yurishlari qaysi yillarda sodir bo`lgan?
4. A. Temur qanday madsadda Eron, Ozarbayjon, Iroq, Shom ustiga uch marta askar tortadi?
5. Uch yillik urushdan so`ng Eronga yana yurish qilinishiga nima sabab bo`lgan?
6. Boyazid kimlarning A. Temurga qarshi harakatlarini qo`llabquvvat-laganligi tufayli ikki davlat – Usmonli turklar va Temur davlati o`rtasida urish chiqishi muqarrar edi?
7. A. Temurni Sulton Boyazid qo`shinlari yengib, Yevropa xalaskoriga
aylantirgan jang qachon, qayerda bo`lib o`tgan?
8. Boyazid ustidan qozonilgan buyuk g`alaba bilan A. Temurni qaysi davlatlarning qirollari muboraknomalar yuborgan?
9. A. Temur tuzgan ulkan saltanat qayerdan, qayergacha bo`lgan hududlarni qamrab olgan edi?
10. Qaysi Xalqaro tashkilot tashabbusi bilan qachon A. Temurning 660 yillik yubileyi nishonlandi?
O`quvshilar ushbu savollarga javoblarni konspekt daftarlarining orqa tomoniga yozadilar va bu javoblar yig`ib olinib, ehg faol o`quvchilar yordamida tekshirib chiqiladi. Har bitta to`g`ri javob 0,5 ball bilan baho-lahadi. Shunda sinfdagi barcha o`quvchilar bilimlariga yarasha ryal bahoga ega bo`ladilar.