Dars mashg‘ulot ishlanmasini tuzilishi


Tasviriy san’at darslarida ko‘rgazmalilik va ularni tayyorlash



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə16/17
tarix09.02.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#114284
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Tasviriy san’at darslarida ko‘rgazmalilik va ularni tayyorlash

Mashg‘ulotning asosiy maqsadi o‘quvchilar tomonidan tuzilgan

dars konspektini mavzulariga ko‘rgazmali qurollar tayyorlashni metodik

jihatdan o‘rgatish. Har bir tayyorlangan ko‘rgazmali qurol darsning

maqsadini to‘liq yoritib berishi kerak. Bo‘lajak dars mavzuining

yoritilishi mobaynida baravar ko'rgazmali qurolning metodik g‘oyasini

eskizi chizib borilsa, maqsadga muvofiqdir. Dastlabki ko‘rgazmali qurol

eskizlari metodist o‘qituvchi bilan bir fikrga kelib tasdiqlangandan

so‘ng, belgilangan bir vatman qog‘ozi betiga did bilan rangda ishlanadi

(bajariladi). Ko‘rgazmali qurol eskizlarini bajarishda o‘quvchi quyidagi

talablarni e’tiborga olishi shart:

- maktab dasturidagi tasviriy san’at faniga muvofiqligi;

- didaktik prinsip va qoidalari asoslariga rioya qilgan holda

ishlash;


- shaxsning garmonik rivojlanish xususiyatlarini faol shakllantirishga

yordam berish.

Ko‘rgazmali qurolning badiiy bezagi o‘z funksional vazifasiga

loyiq bolishi kerak. Masalan, o‘quv jadvali ≪bosiq≫ ranglar bilan

bajarilishi lozim. Kompozitsion tuzilishning yechimini o‘ylab topish

ham muhimdir. Har xil ortiqcha boigan tasvirlar bilan toidirishning

ham hojati yo‘q. O'quv qurollarining bosh yozuvlari (sarlavhalari) qisqa

boiishi, uning asosiy g'oyasini aks ettirishi lozim. Ravon o'qiladigan

shrift tanlangan boiishi kerak. Ko‘rgazmali qurolning sarlavhasi undagi

tasvirlarga nisbatan joylashtiriladi.

Ko‘rgazmali qurol tayyorlashda tush, guash, ko‘mir tayoqchasi,

sangina, pastel, rangli bo‘r, akvarel kabilardan foydalaniladi. Plakatlarda

tasvirlaming bosqichlari, suv bo‘yoqda ishlash sirlari, perspektiv qisqarish siriari va qonunlari, amaliy ishlaming bosqichma-bosqich bajarilishyo'llari ko‘rsatiladi. Ko‘rgazmali qurollar tasviriy san’at darslarining barcha turlari

(naturaga qarab tasviriash, kompozitsiya, dizayn, san’atshunoslik

asoslari, haykaItaroshlik)da qoilaniladi. Tasviriy san’atdan ko'rgazmali qurollar qoilanish vazifalariga ko‘ra bir necha turlarga boMinadi. Darslarda ko‘pincha bosqichmabosqich ko‘rsatuvchi plakatlar qoMlaniladi. Bunday ko‘rgazmaIi qurollarni bo‘lg‘usi kichik mutaxassis naturaga qarab tasvirlash, kompozitsiya, dizayn kabi darslariga moijallab tayyoriashlari lozim. Mavzuli kompozitsiya ishlash darslarida qoilaniladigan ko‘rgazmali qurollari orqali tasvirlash ketma-ketligi bir necha bosqichlarda ko‘rsatiladi:

1. Ma’lum mavzu bo‘yicha tasvirianadigan rasmlaming variantlarining

tuzilishlari ko‘rsatiladi.

2. Kompozitsiyaning asosiy elementlarini tasviriash.

3. Katta va kichik oichamlardagi ko'rinishlaming aniq tuzilishini

tasvirlash.

4. Narsaiaming yorug* va soyalarini bo‘yoq bilan ishlash usullarini

ko'rsatish.

5. Toiiq tugallangan kompozitsiya.

Mavzuli kompozitsiya ishlash darslaridagi ko‘rgazmalilikning yana

bir turi - rangtasvir asoslarini tasvirlash orqali ko‘rsatilishidir. Jozibali

rang-barang bo‘yoqlar bilan rasm ishlashni o‘quvchilarga og‘zaki

tushuntirish mutlaqo mumkin emas. Shuning uchun professor-o‘qituvchi

alohida planshetga tortilgan qog‘oz chetida suvbo‘yoqlar bilan ishlash

usullarini ko‘rsatishlari maqsadga muvofiqdir. li

San’atshunoslik asoslari darslarida san’at asarlarini katta i

oichamdagi reproduksiyalaridan ko‘rgazmali qurol sifatida qoilaniladi. |

Oxirgi paytlarda asarlami katta oichamdagi reproduksiyalarining '

topilishi amri mahol. Bunday holda reproduksiyalarni skaner orqali

kompyuter xotirasiga kiritib videoko‘zgu orqali kattalashtirib ekranda

ko‘rsatiladi va asarlaming badiiylik xususiyatlarini tahlil qiladi.

Tasviriy san’at darslarida bunday ko‘rgazmali qurollardan

foydalanish dars samaradorligini oshiradi hamda o‘quvchilaming fanga

boigan qiziqishini, ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishda yordam beradi.



XULOSA

Xulosa qilib aytganimizda o'qituvchining kasbiy xususiyatlari borasida to‘xtalganda shuni ta'kidlash lozimki, u eng avvalo o‘z kasbining jonkuyari, uni dildan sevadigan, o‘z ishiga ijodiy va ilmiy yondoshadigan shaxs bo‘lmog‘i ta'lab etiladi. Bu shaxsda yangi bilimlar va ilg‘or tajribalariga chanqoqlik, muhimi unda tashkilotchilik, kuzatuvchanlik, qat'iylik va insoniylik xususiyatlari yaqqol sezilib tursin. O‘qituvchi tasviriy san'atdan maxsus bilim va malakalar bilan qurollanmasdan turib muallimlikni bajara olmaydi yoki o‘quvchi yoshlarga tabiat go‘zalligini, ona Vatanimizning tarixini, milliy merosimizning tarixini ta'riflab bera olmaydi, hamda o‘z kasbiga qiziqtira olmaydi.Talaba yoshlar ta'lim jarayonida O‘zbekiston xududidagi tasviriy san'atning shakllanishi taraqqiyot tarixiy bosqichlari bilan uzviy bog‘liqligi bosqichma - bosqich rivojlanib, mukammallashib kelayotgan metodika fanining, zamonaviy o‘qituvchi kadrlar tayyorlashda tarbiyaviy mohiyati yuksak ekanligi haqida bilishlari uchun avvalo o‘zimizda rivojlangan tasviriy san'at turlari va tarixi haqida chuqur bilimga ega bo‘lishi talab etiladi.Bugungi talaba, bo‘lajak pedagog, o‘zbek xalqining hamda o‘tmishi bor bo‘lgan Markaziy Osiyo xalqlarning amaliy va tasviriy san'at borasidagi noyob namunalarini o‘zlashtirgan bo‘lishi va to‘laligicha o‘quvchi yoshlarga ulashmog‘i ayni davr talabidir. Kasb-hunar kollejlarida tasviriy san’at sohasiga oid qator mutaxasisliklar bo’lib, ular: tasviriy san`at o`qituvchisi amaliy san’at, dizayn, rang tasvir, rassom, haykaltarosh, bezovchi rassom, kulol va keramika,o’ymakor, fotografika, ekobana, grafika kabi 60 dan ortiq mutaxasisliklar tayorlanadi. Bu kasblarning har biri alohida- alohida bo’limlarda o’qitilib, yetuk kichik mutaxasis rassomlar tayorlanadi.




Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin