Dars mashg‘ulot ishlanmasini tuzilishi



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə8/17
tarix09.02.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#114284
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
RChoriyev. Ahmad.
3.1 Boshlang‘ich ta’lim o‘quv dasturini o‘rganish va

rejalashtirish

Butun o‘quv yiliga mo'ljallangan tasviriy san’at dasturiga mavzuli

tasvirii jadval tuzish. 0 ‘quv yilining har bir choragiga dars mavzularini

metodik jihatdan to‘g‘ri taqsimot qilishni o‘rganish.

- Dasturni o‘rganib chiqish va rejalashtirish. Mavzularga oid

ko‘rsatmalar tayyorlash.

Metodik ko‘rsatma.

1. Mashg‘ulot mavzularini taqvimiy tasvirii rejalashtirilishi.

Namunaviy dastur asosida tasviriy san’at darslarini rejalashtirish -

eng murakkab ishlardan hisoblanib, u mavzularni tasvirii rejalashtirish

dasturi deb nomlanadi.

Ta’Iim-tarbiyaviy ishlami rejalashtirish oldidan dasturni chuqur

0‘rganib chiqish zarur. Dastur asosiy bajariladigan topshiriqlami va

mashqlami ro‘yxatini beradi, ta’Hmni o‘qitish mazmunini, yil

davomidagi tartib va ketma-ketligini har bir topshiriqlarga ajratilgan soat

hajmini va bajarish materiallarini ko‘rsatadi.

Sinfda har bir o'quvchi o‘zlashtirish lozim bo‘lgan bilim va

malakalarni, o‘quv choraklari va haftalarga taqsimlanishi kerak. Dastur

ta’limni o‘quv vazifalarining murakkablashuvini metodik ketmaketlikda

ochib bersa ham, ammo o‘qitishning birmuncha xususiy

savollariga (muammolariga) taalluqli emas. Ma’lumki, pedagogik

jarayon - ijodiy dars san’ati. Shuning uchun ham dastur ma’lum bir

yo‘nalishga umumiy harakatdir. Dasturda ta’limning asosiy yo'nalishi

berilgan xolos, uni amalga oshirilishi, birmuncha xususiy savollarning javobini yechilishi - o‘quv jarayonini tashkil qiluvchi o‘qituvchining

o‘ziga bog‘liq.

Ayrim bo‘lg‘usi o‘qituvchi so‘rashi mumkin, bajarishga imkoniyat

boMmaydigan tavsiyanomalar berilgan bo‘lsa dastumi qanday qilib

bajarish mumkin. Masalan, tasviriy san’at asarlari haqida suhbat

o‘tkazish darslarida ma’lum asarlar reproduksiyalari tavsiya qilinadi,

lekin ularni har doim ham kitob do‘konlaridan xarid qila olmaysiz. Yoki

qalamtasvir boiimida natyurmort ma’lum bir narsalardan tuzilgan

boiishi mumkin, lekin qishloq joylarda ular boimasligi mumkin.

0 ‘quv dasturlari aynan asliga muvofiq to‘g‘ridan - to‘g‘ri

bajarilishini talab qilmayapti. U faqat qanday rassomlar bilan

o'quvchilami tanishtirish va qaysi asarlari musavvirlarni ijodiy

tomonlarini yaqqolliroq koisatib berayapti. Yetarlicha tushunarli,

agarda o'qituvchi fondida ko'rsatilgan u yoki bu musavvirni asar

reproduksiyasi boimasa, unda u boshqa rassom asarlari bilan

almashtirilishi mumkin. Natyurmortga kerakli boigan buyumlar ham

yo‘q boisa, narsaiaming shaklini murakkablik darajasini hisobga olgan

holda shakli shunga o‘xshash buyumlar bilan o‘zgartirish mumkin.

Maktabda shaxsiy ish rejasini tuzishda o‘qituvchi har bir sinf

uchun yillik ish rejasini ishlab chiqishi zarur. Bunday yillik ish rejasini

yaxshisi tasvirli bajarish maqsadga muvofiqdir. Ular ishlami barcha

kompleksini yaqqol tasvirlaydi. Maktabda chorakni so‘nggi darslarini

suhbat yoki narsani o‘ziga qarab rasm ishlash bilan tugallaydi. Bunday

tuzilgan rejalashtirishni muvaffaqiyatli deb hisoblab boimaydi. Agarda

rejalashtirishda chorakni so‘nggi darsida mavzu asosida yoki bezakli

rasm ishlash belgilangan boisa, bolalarga shu ishni ta’til vaqtida bayram

bilan bogiab davom ettirish imkoniyatini yaratib bergan boiamiz.

Mavzularni - tasvirli rejalashtirish dasturi, yutuq va kamchiliklarni

yaqqol ko‘rsatib turadi. Bundan tashqari, tasvirli rejada o‘quv

qo‘yilmalarni (postanovkalarni) xarakterlarini va ularni metodik

yo‘nalishlarini aks ettirish yengil boiadi.

Eng qulay yillik ish rejasi uni jadval tarzida tuzish, chunki uning

kataklarida o‘quv materiallari chorak bo‘yicha va alohida darslar

bo‘yicha taqsimlanadi. Har bir katakda o‘quv ishlami turlari, darsning

mavzusi va mazmuni yaqqol ko‘rgazmali tasvirlanadi.

Tasvirli - mavzuli reja dasturi o‘ziga xos jadval sifatida to‘rtta

qatordan iborat (o‘quv chorakning soniga qarab) boiib, ulami har bir

chorakdagi o‘tkaziladigan darslaming soniga qarab yana bir necha qatorlarga boiinadi. Bu qatorlar esa o‘z navbatida icataklarga boiinadi

Bular mavzular asosida tasvirlar bilan toidiriladi.

Demak, birinchi qator sarlavhasida chorak belgisi, tartib raqami,

dars soni, dars turlarining nomi, darsning mavzusi, maqsadlari va

vazifalari, berilgan mavzu qanday materiallarda bajarilishi va unga

necha soat ajratilgani ko‘rsatiladi.

Ushbu jadval to'rtta qatordan iborat boiadi, lekin kataklari har bir

choraqda bir xil emas, albatta, o‘quv chorakni haftasiga bogiiqdir.

M??salan, 1-chorak 1.09 boshlanadi 4.11 tugallanadi - 8-9 hafta

2-chorak 10.11 - 30.12 - 7-8 hafta

3- chorak 12.01 - 23.03 - 10-11 hafta

4- chorak 1.04 - 25.05 - 7-8 hafta

Shunday qilib, maktabda darsning soni jihatidan eng katta va

cho‘zilgan chorak uchinchi chorakdir. Tasvirlangan kataklarJa ham

darslaming raqami va rangli belgilar orqali dars turlarini ajratib

ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir, masalan,

1. Qizil rang - mavzu asosida kompozitsiya; 2. yashil rang - bezakli

rasm ishlash; 3. Sariq rang - narsaning o‘ziga qarab rasm ishlash;

4. Havo ko‘k - haykaltaroshlik; 5. JigaiTang - suhbat (idrok).

Vazifani bajarishda o‘quv rejasini tuzish bilan bir vaqtda didaktik

va metodik materiallar y ig ib boriladi. Bunga esa metodik va maxsus

adabiyotlar, ulardan sitata shaklida ko‘chirmalar, annotatsiyalar, bezakli materiallar, har xil metodik qurollar (chizmalar, jadvallar), xalq ijodiy

namunalari kiradi.

Qanday shaklda mavzuli-tasvirli rejani bajarilishi talabalar bilan

amaliy mashg‘ulot o‘tkazuvchi kafedra va uning o‘qituvchilari hal

qiladi.

Amaliy mashg‘ulotlar vaqtida o'qituvchi bilan birgalikda bir fikrga

kelishilgandan so‘ng talabalar tomonidan bajarilgan taxminiy varianti

tasdiqlanadi va tamomila belgilagan qog‘oz formatida bajariladi.




Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin