Dars mavzusi: Yuza o’lchov birliklari. To’g’ri to’rtburchak va kvadratning yuzi formulalari



Yüklə 22,92 Kb.
tarix23.05.2023
ölçüsü22,92 Kb.
#127478
Dars mavzusi Yuza o’lchov birliklari. To’g’ri to’rtburchak va k


Fan: Matematika
Dars mavzusi: Yuza o’lchov birliklari. To’g’ri to’rtburchak va kvadratning yuzi formulalari.
Dars maqsadi:

  1. Ta’limiy: O’quvchilarga mavzu haqida tushuncha berish.

  2. Tarbiyaviy: O’quvchilarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.

  3. Rivojlan tiruvchi: O’quvchilar bilim, ko’nikmalarini oshirish.

Darsning turi: Yangi bilimlar berish.
uslubi: Mustaqil ishlash.
jihozi: Ko’rgazmalar, tarqatma matreallar.
Darsning borishi:

    1. Tashkiliy qism:

  • O’quvchilar davomatini, darsga tayyorgarligini nazorat qilish

  • Psixologik iqlim yaratish

  1. O’tilgan mavzuni takrorlash

  • Formula nima?

  • Yo’l, tezlik va vaqtni hisoblash formulasini ayting.

  • To’g’ri to’rtburchak va kvadratning perimatrini hisoblash formulasini ayting.

  1. Yangi mavzu bayoni

Tomoni uzunlik o’lchov birligiga teng bo’lgan kvadrat birlik kvadrat deyiladi.
Yuz o’lchov birligi qilib birlik kvadratning yuzi qabul qilinadi.
Yuz, odatda, S harfi bilan belgilanadi.
Tomoni 1 mm bo’lgan kvadratning yuzi 1 kvadrat millimeter (1 mm2, yoki 1 kv. mm) ga teng:
S = 1 mm  1 mm = 1 mm2.
Tomoni 1 sm bo’lgan kvadratning yuzi 1 kvadrat santimetr (1 sm2, yoki 1 kv. sm) ga teng:
S = 1 sm  1 sm = 1 sm2.
Tomoni 1 dm bo’lgan kvadratning yuzi 1 kvadrat detsimetr (1 dm2, yoki 1 kv. dm) ga teng:
S = 1 dm  1 dm = 1 dm2.
Tomoni 1 m bo’lgan kvadratning yuzi 1 kvadrat metr (1 m2, yoki 1 kv. m) ga teng:
S = 1 m  1 m = 1 m2.
T

S = 1 km  1 km = 1 km2.
omoni 1 km bo’lgan kvadratning yuzi 1 kvadrat kilometr (1 km
2, yoki 1 kv. km) ga teng:
Tomoni 10 m bo’lgan kvadratning yuzi 1 ar deyiladi.
Tomoni 100 m bo’lgan kvadratning yuzi 1 gektar (1 ga) deyiladi.
1 ar = 1 sotix = 100 m2
1 ga = 100 ar = 100 sotix
To’g’ri to’rtburchak yuzini hisoblash uchun uning eni va bo’yini ko’paytirish kerak
Agar to’g’ri to’rtburchak yuzini S, bo’yini –a, enini –b harflari bilan belgilasak.
a
S=a*b
b b

Kvadrat tomonlarini a deb belgilasak, kvadratningyuzi
a
S=a2
a

Shaklning yuzi uni tashkil qilgan qismlari yuzi yig’indisiga teng.

  1. Mustahkamlash

Uzunlik va yuz o’lchov birliklarini ortib borish tartibida yozing.
x ning o’rniga qanday son qo’yilganda tenglik to’g’ri bo’ladi:
1) 4 dm2 = x sm2; 3) 4 m2 = x dm2; 5) 6 m2 = x mm2;
2) 10 m2 = x sm2; 4) 8 dm2 = x mm2; 6) 15 sm2 = x mm2 ?
Ar da ifodalang:
1) 500 m2; 2) 1100 m2; 3) 3000 m2; 4) 15000 m2.
Sariqamish ko’lining sathi 3600 km2. Toshkent suv omborining sathi Sariqamish ko’lidan 180 marta kam, ammo Kosonsoy suv omboridan 12 km2 ko’p. Kosonsoy suv omborining sathi qancha?



  • O’quvchilar bilan mavzuga oid misol va masalalar bajarish

  1. Baholash.

  2. Uyga vazifa: Darsga doir misollar yechish.

Yüklə 22,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin