Fizik bilim va asboblardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi – tok kuchi, elektr kuchlanish va elektr qarshilik formulalarni biladi va masalalarni yecha oladi.
Uslub: tushuntirish, tahlil qilish.
Ko’rgazma: 8 – sinf darsligi, tarqatma material, formulalar , mavzuga iod jihozlar.
Reja:
1. Elektr qarshilik haqida tushuncha.
2. Elektr qarshilikning o’tkazgich uzunligiga bog’liqligi.
3. Elektr qarshilikning o’tkazgich ko’ndalang kesimiga bog’liqligi.
4. Solishtirma qarshilik.. 5. Masalalar yechish..
O’quvchilarga mavzuni bayon qilishdan oldin o’rganilgan mavzulardan tezkor savollar beriladi:
1. Elektr kuchlanish ded nimaga aytiladi?
2. Elektr kuchlanishni topgan olim kim va uni fizik kattaligi.
3. Elektr kuchlanishni formulasini yozing .
4. Voltmetr elektr zanjiriga qanday ulanadi ?
5. Elektr toki ded nimaga aytiladi?
6. Tok kuchi deb nimaga aytiladi ?
7. Tok kuchini topgan olim va uni fizik kattaligi ?
8. Ampermetr elektr zanjiriga qanday ulanadi ?
9. Tok kuchini formulasini yozing.
10. Akkumulyatorning vazifasi nima ?
55 – r.da ko’rsatilgan elektr zanjirini yig’aylik. Kalitni ulasak, lampochka ravshan yonadi, ampermetr nisbatan kattagina tok o’tayotganini ko’rsatadi.
Kalitni uzaylik. Uzunligi 1,5 – 2 m bo’lgan nikelindan tayyorlangan o’tkazgich simni spiral shakliga keltirib, uni lampochkaga ketma – ket qilib ulaylik. Nikelin – bu mis,nikel va marganes aralashmasidan tayyorlangan qotishma. Kalit ulanganda lampochka xiraroq yonadi va ampermetr zanjirdan o’tayotgan tokning kamayganligini ko’rsatadi. Demak, nikel sim zanjirdagi tokni kamaytiradi, ya’ni zanjirdan tok o’tishiga qarshilik qiladi.
O’tkazgichning zanjirda tok o’tishiga qarshilik qilish xossasi elektr qarshilik deb ataladi va R harfi bilan belgilanadi.
Elektr qarshilikning asosiy birligi qilib, fizikada qarshilik tushunchasini kiritgan va va elektr zanjirining asosiy qonunini kashf etgan nemis fizigi G.S. Om sharafiga
Om ( Ω ) qabul qilingan.
Dostları ilə paylaş: |