O’tkazgich elektr qarshiligi uning uzunligiga to’g’ri proporsionaldir.
58-rasmda tasvirlangan zanjirni yig’aylik. Bunda 1,3,5 qisqichlar o’tkazgich mis sim orqali tutashtirilgan bo’lib, ular ampermetr orqali manbaning musbat qutbiga ulangan.
1 va 2 qisqichlarni, 3 va 4 qisqichlarni, 5 va 6 qisqichlarni bir-biri bilan 60 sm uzunlikdagi 3 ta bir xil nixrom sim bilan tutashtiraylik.
Endi 2 va 4 qisqichlarni tutashtiraylik. Bu bilan nixrom simni ikki qavat qildik va uning ko’ndalang kesimi yuzini 2 marta oshirdik. Manbani 4 qisqichga mahkamlab kalitni ulasak, ampermetr zanjirda 1 A o’tayotganini ko’rsatadi.
Agar 4 va 6 qisqichlarni ham tutashtirib tajribani qaytarsak, ampermetr birinchi galdagiga nisbatan 3 marta oshirdik.
Tajribadan xulosa chiqarish mumkinki, o’tkazgichning ko’ndalang kesim yuzi necha marta ortsa , uning elektr qarshiligi shuncha marta kamayar ekan.
Dostları ilə paylaş: |