Darsning maqsadi: Ta`limiy maqsad:o`quvchilarga vaqt o`lchov birliklari orasidagi munosabatlarni tushuntirish; Tarbiyaviy maqsad:o`quvchilarni atrof-muhitni asrab-avaylash ruhida tarbiyalash Rivojlantiruvchi maqsad: o`quvchilarni og`zaki va yozma hisoblash malakalarini o`stirish
- “Ilm-ma`rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e`lon qilindi.
-Bugungi darsimizni shu yil bilan bog`lab olib boramiz. Bugungi darsda sizlar bilan Internet do`konidan narsa xarid qilishimiz kerak, buning uchun darsda faol qatnashsangiz, savollarga to`g`ri javob bersangiz xaridni amalga oshirishingiz mumkin bo`ladi. Internet do`konida turli xil o`quv-qurollari bor.
1 sutka necha soat?
1 d (sutka) = 24 h (soat) Minutlarda ifodalang: 1 soat 25 minut = 85 minut
1 soat 40 minut = 100 minut
2 soat 10 minut = 130 minut
Soat va minutlarda ifodalang: 160 minut = 2 soat 40 minut
220 minut = 3 soat 40 minut
90 minut = 1 soat 30 minut
Yangi mavzu bayoni: Siz qachon tug`ilgansiz?
Tug`ilgan kuniz qachon?
Hozir necha yoshdasiz?
Men 2010-yil tug`ilganman.
23-may
10 yoshdaman
Qoida
Yil – Yerning Quyosh atrofida bir marta aylanib chiqishiga ketgan vaqt.