Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan Dastur asosida ilk marotaba temir yo’l kollejlari uchun Davlat tilida bosmaga tayyorlandi



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə1/74
tarix02.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#137897
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bekatlar va tugunlar LOTIN (3)


Muqaddima

Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan Dastur asosida ilk marotaba temir yo’l kollejlari uchun Davlat tilida bosmaga tayyorlandi.


Darslikni birinchi nashrga tayyorlashda Rossiyada temir yo’l bekatlari va tugunlarini loyihalash bo’yicha to’plangan boy tajribalardan, «Toshkent Davlat transportni loyihalash» va «O’zbekiston temir yo’l loyiha» institutlarining O’zbekistonda va O’rta Osiyoda temir yo’llar, bekatlar va tugunlarni loyihalash va rivojlantirish sohasidagi tajribalaridan foydalanildi.
Temir yo’llar belgilangan tezliklarda va miqdorlarda poezdlarni o’tkazish uchun mo’ljallangan muxandislik inshootlarining majmuasi bo’lib poezdlar harakatining muntazamligi va xavfsizligi temir yo’llarning holatiga va mavjud texnik jihozlaridan foydalanishga bog’liq. Bekatlardagi yo’llar temir yo’llarning umumiy uzunligining katta qismini tashkil etadi.
Darslikda bekatlar va tugunlarning tuzilishi, ularning ahamiyati, temir yo’llarning faoliyatida tutgan o’rni va temir yo’l tarmoqlarida joylashuvi haqidagi ma’lumotlar bayon etilgan. Darslikni tayorlashda bekat va tugunlarning tarkibiy qismlari, ularning chizmalari va konstruktsiyalariga bo’lgan talablar temir yo’llarning yoppasiga teplovozli va elektrli tortish turlariga o’tkazilishi, avtomatika va telemexanika, asosiy jarayonlarni kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish tizimlarini keng qo’llanilishi keng yoritilgan. Shu qatorda bekatlar va tugunlarning rivojlanish sharoitlari, ulardan foydalanishda ilg’or uslublarni qo’llash asosida bayon qilingan.
Darslik birinchi marotaba o’zbek tilida tayyorlanganligi uchun mualliflar uchrashi mumkin bo’lgan kamchiliklar va qo’llanilgan ayrim o’zbekcha atamalarning aniqligi uchun avvaldan uzr so’rab hurmatli kitobxonlarning taklif va mulohazalariga umid qiladilar.
Kitobni yozib tayyorlovchilar: t.f.k., dots. Shorustamov-kirish, 1 - 6 boblar, i.f.n., dots. R. Ya. Abdullaev -7 - 13 boblar, adabiyotlar ro’yxati. Darslikni bosmaga tayyorlashda kompyuter ishlari S.V.Lujenko tomonidan bajarildi. Darslikda: rasmlar – 11, jadvallar – 10, foydalanilgan adabiyotlar – 13.
Kirish

Temir yo’llarning mamlakatimizda yuk va yo’lovchilarni tashishdagi ulushi katta bo’lib tashish hajmlarining muntazam o’sishi temir yo’llarning texnik jihozlanishi va texnologiyalarining takomillashib borishini taqozo etadi.


Temir yo’l transportining tarkibiy tuzilishida temir yo’llar, bekatlar va tugunlarning taraqqiyoti alohida ahamiyatlidir. Temir yo’llar bo’ylab tashishlarning muvaffaqiyati va harakat xavfsizligi ko’p jihatdan yo’lning holatiga bog’liq. Bekatlar va tugunlar esa rivojlangan yo’l tarmoqlariga, yo’lovchi va yuk inshootlariga, lokomotiv va vagon xo’jaligi, energetika va suv ta’minoti inshootlariga, omborxonalar, mamuriy-texnik binolar va boshqa qurilmalarga ega bo’lib, aholining, yuk jo’natuvchilar va oluvchilarning temir yo’l transporti bo’ylab barcha aloqalari bekatlar orqali olib boriladi.
Bekatlar va tugunlarda poezdlar qabul qilinadi, jo’natiladi va o’tkazib yuboriladi, ularda yuklar va yo’lovchilarni tashish bilan bog’liq bo’lgan barcha jarayonlar: poezdlarni tarqatib qayta tuzish, harakat tarkiblarini ta’mirlash, lokomotivlarni, yo’lovchi va ayrim maxsus vazifali vagonlarni moddiy ta’minlash; korxonalarning shoxobcha yo’llariga xizmat ko’rsatish kabi ishlar bajariladi. Bekatlar boshqa davlatlar temir yo’llari bilan vagonlar ayirboshlashda tutashish, qayta ortish punkti vazifasini o’taydi.
O’zbekiston temir yo’llaridagi bekatlar yo’llarining umumiy uzunligi magistral temir yo’l tarmoqlarining foydalanuvli uzunligining uchdan bir qismini tashkil qiladi. Temir yo’llarning joriy holatini yuqori darajada ta’minlash, ularni o’z vaqtida ta’mirlab texnik jihozlash, yo’l ishlarini bajarishda zamonaviy texnikalarni va texnologiyalarni qo’llash, temir yo’llarda belgilangan tezliklarda harakat xavfsizligini ta’minlash o’ta mas’uliyat kasb etadi. Bunga sabab bekat yo’llari bir yoki ikki bosh yo’lli uchastka yo’llaridan farqlanishi bo’lib bekat yo’llarining asosi bo’lgan er polotnosi katta uzunlikda keng maydonlarni egallaydi. Bekat yo’llarining joriy holatini talab darajasida tutish er (grunt) to’kmasining yoyilmasiga, uning puxtaligiga, nishabliklarining loyihaviy darajada ta’minlanishiga katta talablar qo’yadi. Shuning uchun ham bekatlar va tugunlar yo’nalishida bilim o’rganuvchi har bir talaba temir yo’llarning tuzilishi, bekat yo’llariningg xususiyatlari va ularga qo’yiladigan talablar haqida bir butun tasavvurga ega bo’lishlari kerak. Bekatlar va tugunlarning rivojlanishida mukammallik, ularning zamonaviy talablar darajasida texnik jihozlanishi, hamda bekatlar ishining aniq va puxta tashkil etilishi yuk va yo’lovchilar tashishni muvaffaqiyatli bajarishga, vagonlar aylanishini tezlatishga va yuklarning saqlanishiga ijobiy ta’sir etib tashish tannarxini kamaytirishga yo’l ochadi.
Darslikni yozib tayyorlashda Rossiya temir yo’l oliy o’quv yurtlarida amalda bo’lgan, G.V.Shubko va N.V Pravdinlar tahrirligida chop etilgan «Jeleznodorojno’e stantsii i uzlo’», T.G Yakovleva tahrirligida chop etilgan «Jeleznodorojno’y put» va boshqa adabiyotlar asos qilib olindi va ushbu soha bo’yicha ustoz olimlar maslahatlaridan foydalanildi, Mualliflar darslikni yozib tayyorlashda o’z maslahatlarini ayamagan ustozlarga o’z minnatdorchiliklarini bildiradilar.



Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin