Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan Dastur asosida ilk marotaba temir yo’l kollejlari uchun Davlat tilida bosmaga tayyorlandi



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə19/74
tarix02.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#137897
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   74
Bekatlar va tugunlar LOTIN (3)

Oddiy strelkali o’tkazgich (rasm 2.23) ikki yo’lni o’zaro ulash uchun xizmat qiladi. U o’ng yoki chap tomonli bo’lib yon yo’lni to’g’ri yo’ldan u yoki bu tomonga og’dirishda qo’llanadi. Ushbu turdagi o’tkazgichlar temir yo’llarda eng ko’p qo’llanadi. Strelkali o’tkazgich tarkibiga strelka, krestovina va kontrrelslar, ularni o’zaro bog’lovchi qismlar, hamda o’tkazgich shpalalari to’plami kiradi.

Rasm 2.23. Oddiy strelkali o’tkazgich chizmasi: 1-o’tkazuvchi mexanizm; 2, 4-rama relslari; 3-ayri yo’naltirgich (ostryak); 5,8-kontrrels; 6-usovik; 7-krestovina; 9-o’tkazgich bruslari (shpalalar).


Strelka ikki rama relslari, ikki ayrilar va o’tkazish mexanizmidan iborat bo’lib, harakat tarkibi g’ildiraklarini to’g’ri yoki yon yo’lga yo’naltirishga imkon beradi. Ayrilar o’zaro ko’ndalang strelka tortgichi bilan birlashtirilib, uning yordamida bir ayri rama relsiga zichlab taqalsa, ikkinchisi rama relsidan g’ildirak gardishi o’rkachining erkin o’tishi uchun etarli masofaga qochiriladi.
Ayrilar bir holatdan boshqasiga maxsus strelka uzatmasining (privod) tortgichi orqali o’tkaziladi. Ayrilari uzun bo’lgan yotiq strelkali o’tkazgichlarda ayrilar ikki tortgich orqali o’tkaziladi. Uzatma ayrilarni u yoki bu holatda qulflaydigan va ularning rama relslariga zich taqalishini nazorat qiladigan uskunalar bilan jihozlanadi. Ayrining o’tkir tomoni uning tig’i (ostriyo), oxirgi tomoni esa – o’zagi deb ataladi. O’zak mahkamlagichlari ayrining gorizontal tekislik bo’ylab burilib yondosh rama relsiga taqalishiga imkon beradi.
Krestovina (rasm 2.24) o’zak (serdechnik) va ikki usoviklardan iborat bo’lib, g’ildirak o’rkachining (greben) rels kallaklarini kesib o’tishini ta’minlaydi, kontrrelslar esa g’ildirak juftlarining krestovina orqali o’tishida g’ildirak o’rkachini tegishli novlar orqali o’tishini ta’minlaydi. Krestovina o’zagi ishchi qirralari davomining o’zaro kesishgan nuqtasi uning matematik markazi deyiladi. Usoviklar orasidagi eng tor joy krestovina bo’g’izi deyiladi. Krestovina o’zagi ishchi qirralarining kesishuv chiziqlari orasidagi burchak krestovina burchagi deb ataladi.

Rasm 2.24. Krestovina chizmasi: 1-usoviklar; 2-novlar; 3-o’zak; 4-krestovina oxiri.

O’tkazgichning strelka va krestovina orasidagi birlashtiruvchi qismi to’g’ri uchastka va o’tkazuvchi egriliklardan iborat bo’ladi. Ushbu egrilik radiusi krestovina burchagiga bog’liq bo’lib, burchak qiymati kamaygan sari radius kattalashib boradi. Krestovina burchagi kichik bo’lgan o’tkazgichlar katta tezlikdagi poezdlar harakatiga imkon beradi. Strelkali o’tkazgichlar maxsus boshmoqlar, tagliklar, burama mix va kostil-mixlar yordamida o’tkazuvchi bruslarga yoki temir–beton plitalarga maxkamlanib, ballast prizmasiga qo’yiladi.



Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin