Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan Dastur asosida ilk marotaba temir yo’l kollejlari uchun Davlat tilida bosmaga tayyorlandi


bob. Raz’ezdlar va quvib o’tish punktlari



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə35/74
tarix02.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#137897
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   74
Bekatlar va tugunlar LOTIN (3)

5 bob. Raz’ezdlar va quvib o’tish punktlari


5.1. Raz’ezdlar

Raz’ezdlar bir yo’llik uchastkalarda yo’lning poezd o’tkazish qobiliyatini ta’minlash uchun quriladi. Ishining xarakteriga qarab raz’ezdlar ro’baro’ harakat poezdlarini o’zaro o’tkazib yuborish uchun mo’ljallanib, ular orqali yakka va birlashtirilgan poezdlar to’xtatib (birini yoki ikkisini ham) yoki ro’baro’ poezdlar beto’xtov o’tkaziladi. Raz’ezdlarda qabul-jo’natish yo’llari bosh yo’lga nisbatan bir tomondan yoki ikki tomonidan joylashishi mumkin. Poezdlarni ro’baro’ o’tkazish va quvib o’tishdan tashqari raz’ezdlarda ayrim poezdlarga yo’lovchilarni o’tkazish va tushirish, kam miqdorda to’kma yuklarni ortish-tushirish ishlari ham bajariladi. Raz’ezdlarda ortilgan yoki tushirilgan vagonlarning tashish hujjatlari odatda shu yaqinda, yuk ishlarini bajaradigan bekatda rasmiylashtiriladi.


Poezdlarni o’tkazish uchun to’xtatiladigan poezd (odatda bekatga birinchi bo’lib kelayotgan poezd) yon tomon qabul-jo’natish yo’liga olib to’xtatiladi. Ro’baro’ kelayotgan ikkinchi poezd esa bosh yo’l bo’ylab beto’xtov o’tkazib yuboriladi. Harakat ushbu tartibda tashkil etilganda poezdlarning vaqt yo’qotishlari kam bo’ladi va yo’llarning poezd o’tkazish qobiliyatidan unumli foydalaniladi. Poezdlarning o’zaro quvib o’tishi uchun oldindan kelayotgan poezd yon tomon qabul-jo’natish yo’lida to’xtatiladi, uning ketidan kelayotgan tezyurar poezd esa bosh yo’l bo’ylab beto’xtov o’tkaziladi. Tezyurar poezd etarlicha uzoqlashgandan keyin yo’l hozirlanib to’xtatilgan poezd jo’natiladi.
Poezdlarni to’xtatib o’tkazish uchun mo’ljallangan (bosh yo’ldan tashqari) ikki qabul-jo’natish yo’llari bor bo’lgan raz’ezdlar (rasm 5.1), qabul-jo’natish yo’llarining o’zaro joylashishi bo’yicha ikki turga bo’linadi. 2 va 3 qabul-jo’natish yo’llari o’zaro bo’ylama (sxema Ia, Ib), yarim bo’ylama (sxema II) va ko’ndalang (sxema III) turda joylashgan raz’ezdlar. Bo’ylama turdagi Ia chizmada 2 va 3 yo’l bosh yo’lning bir tomonida ketma-ket joylashgan.

Rasm 5.1. Bo’ylama va yarim bo’ylama turdagi raz’ezdlar

Raz’ezdlarda qabul-jo’natish yo’llaridan tashqari qo’shimcha berk yo’l (4) qurilgan bo’lib, bu yo’l har xil maqsadlarda ishlatilishi mumkin (xizmat vagonlari, to’kma va ayrim yuklarni ortish-tushirish uchun). O’rta Osiyo sharoitida qishloq xo’jaligi rivojlangan bo’lib, O’zbekistondagi ko’pgina raz’ezdlarda mavsumiy hosil yig’imi vaqtida poliz mahsulotlarini ortish-jo’natish ishlari raz’ezdlarda bajariladi.


Raz’ezddan to’xtamay o’tadigan barcha yo’lovchi va yuk poezdlarini asosan bosh yo’l bo’ylab o’tkazish nazarda to’tiladi, bunda harakat tez bo’lishiga erishiladi va harakat xavfszligiga tahdid soluvchi qo’shimcha qarshiliklar kamayadi.
Har xil turdagi raz’ezd chizmalarini tahlil etish va taqqoslash bo’ylama turdagi chizmalarning quyidagi afzalliklarini ko’rsatadi: ikki tomondan barobar qabul qilishda harakat xavfsizligi yuqori darajada ta’minlanadi; bekatlar orasidagi yo’l uchastkasining poezd o’tkazish qobiliyati oshadi; uzaytirilgan yoki birlashgan poezdlarni o’zaro o’tkazish mumkin; to’xtagan poezdlarni qo’zg’alishi va tezlashishi uchun sharoit qulaylashadi.
Poezdlarni o’zaro beto’xtov o’tkazishni tashkil qilish yo’lning poezd o’tkazish qobiliyatini 1 – 1,5 marta oshirishga imkon beradi. Beto’xtov o’tkazishda shu qatorda poezdlarning uchastka tezligi ham oshadi (40-60% gacha). Natijada talabiy lokomotivlar, vagonlar soni, lokomotiv brigadalar soni kamayadi, to’xtashlar kamaygani uchun yoqilg’i va elektro energiya sarfi kamayadi.
Shuning uchun I darajali yo’llarda qurilayotgan raz’ezdlar va oraliq bekatlari beto’xtov o’tkazishni hisobga olgan holda loyihalanishi kerak.
Beto’xtov o’tish uchun mo’ljallangan raz’ezd yoki oraliq bekatsidagi uzaytirilgan ikki yo’lli qo’ymalar poezdlarni faqat bir vaqtda kelishida emas, balki kesishuv o’qiga har hil vaqt oralig’i bilan etib kelish hollarida ham poedlarni to’xtamay o’tishini ta’minlashi kerak.
Beto’xtov o’tkazishni ta’minlash uzaytirilgan yoki birlashtirilgan poezdlarni o’tkazish uchun 5.1. rasmdagi namunaviy chizmalar kerakli uzaytirish 5.2 rasmdagi kabi uzaytirish va qo’shimcha rivojlantirish bilan birga qo’llanadi.
Bunda o’tkazuvchi yo’lning biri chiqish signallarigacha kamida Lh.t. va Lh.j. qiymatiga uzaytiriladi.

Rasm 5.2. Poezdlarni beto’xtov o’tkazuvchi raz’ezdlar chizmasi

Beto’xtov kesishuvda poezdning yon yo’lga o’tish yo’lidagi strelkali o’tkazgichlar yotiqroq (1G’18 yoki 1G’22 markada) bo’lishi kerak. Yon yo’lga, raz’ezdlarga kirish tezligi kichikroq bo’lgan poezdni olish maqsadga muvofiq. Chizmalardagi ehtiyot berk yo’llari texnik foydalanish qoidalari (TFQ) talablari bo’yicha qo’yiladi.


Amalda raz’ezdlar yoki oraliq bekatlarini beto’xtov kesishuv uchun rivojlantirishda yo’llarni ikki tomonga uzaytirish mumkin va bekat maydoni o’qi beto’xtov kesishuv o’qi bilan ham birga tushishi mumkin.
Raz’ezdlar uchun 1:2000 masshtabda ishlangan namunaviy loyihalar mavjud. Shuning uchun yangi yo’llarda raz’ezdlarni loyihalashda tegishli namunaviy loyiha olinib bosh yo’lning profili va planiga bog’lanadi.
Avtomobil yo’li bilan temir yo’lning kesib o’tish joyi (pereezd) raz’ezd yaqinida mahalliy sharoit bo’yicha qulay joyda tanlanadi.
Lokomotiv brigadalarining poezdni boshqarishda to’g’ri mo’ljal olishlarini engillashtirish maqsadida yo’nalishing barcha uchastkalaridagi raz’ezdlarni bir turda qurish tavsiya etiladi.
Poezdlarni o’zaro o’tkazish yoki quvi o’tish, yo’lovchilarni chiqarish yoki tushirish, yuklarni ortish-tushirish ishlarini bajarish uchun raz’ezdlarda tegishli texnik qurilmalar loyihalanadi.
Yuklarni ortish-tushirish uchun katta bo’lmagan berk yo’l quriladi. Yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish uchun yo’lovchi binosi va platformalar quriladi.
Strelkalar va signallar markzlashtrilgan holda yoki qo’lda boshqarilishi mumkin. Qo’lda boshqarilgan hollarda raz’ezd bo’g’izlarida strelkachilar xonasi quriladi. Poezd dispetcheri bilan va ajratish punktlarini o’zaro bog’lash uchun ular aloqa vositalari bilan ta’minlanadi, yoritish va elektrlashtirilgan yo’llarda kontakt sim tizimlari loyihalanadi.



Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin