Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan Dastur asosida ilk marotaba temir yo’l kollejlari uchun Davlat tilida bosmaga tayyorlandi


Oraliq bekatlarining texnik qurilmalari



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə38/74
tarix02.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#137897
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74
Bekatlar va tugunlar LOTIN (3)

5.4. Oraliq bekatlarining texnik qurilmalari.


Oraliq bekatlarda texnik, yo’lovchi, yuk va tijorat ishlari bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarni bajarish uchun tegishli qurilma va inshootlar bo’lishi kerak. Texnik jaryonlarni bajarish uchun quyidagilar mavjud: bosh, qabul-jo’natish, tortish yo’llari, zaruratga qarab korxona boshobcha yo’llarining ulanishi, ehtiyot va to’tib qoluvchi berk yo’llar, bekat navbatchisining, strelkachilarining xonasi, kirish va chiqish signallari, qo’shni bekatlar va poezd dispetcheri bilan aloqa vositalari.
Yo’lovilarga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan ishlarni bajarish uchun bekatlarda yo’lovchi binosi, platformalari va ularni o’zaro bog’lovchi ko’prik yoki tonnel kabi o’tish yo’laklari, bagaj omborxonalari, suv ta’minoti inshootlari va shu kabilar loyihalanadi.
Yuk ishlarini bajarish uchun bekatda umum foydalanishli yopiq omborxonalar, usti yopiq va ochiq platformalar, konteyner va to’kma yuk maydonchalari, ortish-tushirish yo’llari, yuk mexnazimlari va inshootlari loyihalanadi. Bularning barchasi odatda avtomobil yo’llari bilan qulay bog’lanadi.
Sanab o’tilganlardan tashqari oraliq bekatlarida tegishli yoritish tarmoqlari, ma’muriy texnik binolar, savdo xonalari va vokzal oldi maydonchalarini loyihalash ham nazarda to’tiladi.
Oraliq bekatlar orasidagi masofa 40-60 km tashkil etib, mahalliy sharoitlarga qarab ko’proq yoki kamroq bo’lishi mumkin. O’zbekistonning ko’pgina mavjud bekatlari orasidagi masofa 15-20 kmdan oshmaydi. Yuk inshootlarini rekonstruktsiya qilishda umum foydalanuvli yuk hovlilarining ishini kam sonli bekatlarda bajarish maqsadga muvofiq.
Oraliq bekatlari temir yo’l tarmoqlaridagi bekatlarning eng katta qismini tashkil etadi. Har bir oraliq bekatsiga u xizmat ko’rsatadigan ma’lum iqtisodiy nohiya yondoshadi. Oraliq bekatlarda terma poezdlardan vagonlar uziladi, jo’natiladiganlari tirkaladi, yuklar ortiladi va tushiriladi. Har bir ortilgan vagon uchun bekatda tashish xujjatlari (nakladnaya, dorojnaya vedomost, vagonno’y list), ayrim yuklar uchun esa tegishli sertifikat rasmiylashtiriladi. Yuk ishlarini bajarish uchun ish hajmi va xarakteriga mos bo’lgan yuk qurilmalari mavjud bo’ladi.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin