Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan Dastur asosida ilk marotaba temir yo’l kollejlari uchun Davlat tilida bosmaga tayyorlandi


Uchastka bekatlarining chizmalari



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə45/74
tarix02.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#137897
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   74
Bekatlar va tugunlar LOTIN (3)

7.5. Uchastka bekatlarining chizmalari.

Tugunsiz (neuzlovo’e) uchastka bekatlari yon yo’nalishlar ko’shilmaydigan magistral temir yo’llarida joylashadi: tugunsiz uchastka bekatlarining asosiy chizmalarida saralash parki qabul-jo’natish parklariga nisbatan tashqi tomondan joylashadi. Ayrim tugun uchastka bekatlarida saralash parki qabul-jo’natish parklari orasida joylashishi mumkin. Yangi bir yo’llik temir yo’llarda odatda uchastka bekatlari ko’ndalang turda quriladi. 7.2 rasmda bir yo’llik temir yo’lda joylashgan ko’ndalang turdagi uchastka bekatsining asosiy chizmasi keltirilgan.



Rasm 7.2. Bir yo’llik liniyalarda uchastka bekatlarining chizmalari

Chizmada ikki park bo’lib, biri yuk poezdlarini ikki tomondan qabul qilish-jo’natish umumiy parki va ikkinchisi manevr ishlari uchun ikki tortish yo’li bo’lgan saralash parki. Parklar orasida yotqizilgan o’tish yo’li almashadigan poezd lokomotivlarini depo bilan bog’lash uchun xizmat qiladi. O’tish yo’li sutkalik poezdlar harakati 18 juftdan oshganda tavsiya etilib, harakat kam bo’lganda bosh yo’l yoki birorta bo’sh qabul-jo’natish yo’lidan foydalanish mumkin.


Parklarning davomida, o’ng tomonda ketma-ket lokomotiv xo’jaligi joylashadi. Uzilgan lokomotiv uchun ta’minot ko’rilmalari park bo’g’zidan keyin joylashadi. Tranzit poezdlar lokomotivlari uchun ta’minot ko’rilmalari qabul-jo’natish yo’llarida ham joylashishi mumkin.
Yangi uchastka bekatlarida chizmada punktir bilan ko’rsatilgan lokomotiv xo’jaligining ta’mirlash bazasi temir yo’l liniyasi katta uzunlikda bo’lgan hollarda poezdlarga tortish xizmati turini tanlash bilan asoslanishi mumkin.
Yuk noxiyasi (YuN) saralash parkiga (S) yaqin yoki yo’lovchi binosi tomonidan joylashishi mumkin. Saralash parki yaqinida joylashganda mahalliy vagonlarni saralash parkidan yuk nohiyasiga uzatish poezdlarning tashkiliy harakat yo’llari va o’tish yo’llari bilan kesishmaydi. Yo’lovchi binosi tomonidan joylashgan bo’lsa saralash parki vagonlarini olib o’tish poezdlarni qabul qilish va jo’natish yo’llarini kesib o’tadi. Shuning uchun ushbu joylashuv ko’rilish va foydalanish harajatlarini hisobga olgan holda, texnik-iqtisodiy asoslab tanlanadi.
Agar mahalliy sharoitlar bo’yicha yuk nohiyasini saralash parkining yonida A tomondan joylashtirishga to’g’ri kelsa, u holda yuk nohiyasi va uning yo’llarining ulanishi bekat yo’llarini kelajakda uzaytirish imkoniyatini hisobga olgan holda uzoqlashtirilishi kerak.
Bekat bo’g’izlarini loyihalashda saralash ishlarini A tomondan poezdlar qabulidan ajratilgan holda bajarilishini ta’minlash, lokomotivni berk yo’lga berish-olishni ta’minlash, lokomotiv xo’jaligi tomonidan esa poezdlarni qabul qilish yoki jo’natish bilan bir vaqtda lokomotivlarni o’tish yo’li orqali yurishini va ikkinchi tortish yo’lida manevr harakatlarini bajarish imkoniyatlarini ham berishi kerak. Saralash parkining barcha yo’llaridan yoki ayrim qismidan bosh yo’lga ikki tomondan chikish, yangi tuzilgan poezdlarni to’g’ridan-to’g’ri saralash parkidan jo’natish imkonini beradi.
Bir yo’llik temir yo’llarda bo’ylama va yarim bo’ylama turdagi uchastka bekatlarini qo’llashga asoslangan hollarda ruxsat etiladi. 7.2,a rasmda ko’ndalang turdagi chizmadan bo’ylama turdagi chizmaga o’tish imkoniyati punktir bilan ko’rsatilgan. Unda ikkinchi qabul-jo’natish parki B, A yo’nalishida tranzit yuk poezdlariga va tarmoq yo’llariga xizmat qilish uchun muljallanadi. Bekatda poezdlar harakati katta bo’lib, lokomotiv xo’jaligi hududiga TO-2 texnik xizmat ko’rsatish va ta’minot uchun o’tuvchi lokomotivlar ko’p bo’lsa, lokomotiv xo’jaligida 2 o’tish yo’li loyihalanadi, lokomotivlar harakati kam bo’lgan hollarda va bir yo’llik uchastkalarda bir o’tish yo’lini loyihalash tavsiya etiladi. Faqat bir o’tish yo’lining bo’lishi strelkali bo’g’izda yo’llarning ulanishini soddalashtirish imkonini beradi.
Bir yo’llik temir yo’llarda birlashgan va uzaytirilgan poezdlar harakatini tashkil qilish uchun, uchastka bekatlarining turli xil chizmalari qo’llanishi mumkin bo’lib, ular turli bekatlarning tortish xizmatidagi o’rni va bosh yo’llar kelish qismi profiliga qarab qo’llanishi mumkin. 7.8 rasmda lokomotivlar almashadigan uchastka bekatsining chizmasi ko’rsatilag bo’lib, uni qo’shma poezd joylashishi uchun etarli yo’l uzunligi mavjud bo’lgan hollarda qo’llash mumkin. Uzaytirilgan yo’llar bosh yo’l va qabul-jo’natish parki oralig’ida joylashadi. Qo’shma poezdni masalan B dan 3-3a yo’liga qabul qilishda bosh lokomotiv maxsus ko’rsatkich oldida to’xtash kerak va bunda ikkinchi qism lokomotivi uchinchi yo’ldagi (marshrut) yo’nalish svetofori oldida tuxtashi kerak. Ajratilgandan keyin poezdning birinchi qismi yo’lning foydali uzunligi chegarasida oldinga tortiladi, poezdning ikkinchi qismidagi lokomotiv esa 5-o’tish yo’li orqali almashtiriladi. Agar ushbu chizma faqat lokomotiv haydovchilari almashadigan bekatlarga to’g’ri kelsa, u holda lokomotiv xo’jaligiga va o’tish yo’llariga ehtiyoj yo’qoladi, B tomondan bo’g’iz soddalashadi, uzaytirilgan yo’llar urtasidagi strelkali s’ezdlarga ham ehtiyoj yo’qoladi. Bekatlarga uzaytirilgan yoki qo’shma poezdlar harakatini tashkil qilishda qabul- jo’natish yo’llarining barchasini yoki ayrimlarini 1,5 yoki 2 foydali uzunlikda ko’rish kerak bo’ladi. Uzaytirilgan yo’llar odatda tekislikda joylashishi kerak. Ayrim hollarda ularni 1,5%o qiyaliqda, qiyin sharoitda esa 2,5%o gacha bo’lgan qiyaliqda joylashtirishga ruxsat etiladi. Qabul-jo’natish yo’llarining qiyaliqda joylashishi texnik-iqtisodiy asoslanishi kerak. Bekat maydonchasining uzunligi chegaralangan bo’lsa, qo’shma poezdlar lokomotivini almashtirish asosiy maydonchada joylashgan qabul-jo’natish yo’llari orkali bajarilishi kerak. Bunda parkka kirib kelish oldidagi har bir yo’nalishda bittadan oddiy poezd uzunligidagi yo’l yotqizilishi kerak.
7.3 rasmda ikki yo’llik liniyalarda joylashgan ko’ndalang turdagi uchastka bekatsining chizmasi ko’rsatilgan. Chizmada yuk poezdlari uchun qabul-jo’natish yo’llari harakat yo’nalishi bo’yicha ixtisoslashgan. Bekat bo’g’izlarining konstruktsiyasi ikki tomon poezdlarini barobar qabul qilish va jo’natish imkonini beradi. Markaziy bo’g’iz esa poezd lokomotivlarini depoga uzatish va depodan poezd tarkiblariga o’tkazishni bir vaqtda bajarish imkonini beradi. Agar bekatda tranzit poezdlarining lokomotivlari almashtirilmasa parklar orasida bir o’tkazish yo’li bo’lishi etarli. Barcha yuk poezdarining lokomotivlari almashadigan hollarda mavjud yo’l enida 2-o’tish yo’lini qo’yishga ehtiej tugilishi mumkin.

Rasm 7.3. Ikki yo’llik liniyalarda ko’ndalang turdagi uchastka bekatsining chizmalari

Lokomotiv xo’jaligining yuk poezlar qabul-jo’natish parklari tomonidan joylashishi, ushbu parklarga lokomotivlar berishda va olishda bosh yo’llarni kesib o’tishni bartaraf etadi. Lokomotiv xo’jaligining chizmaning IV-choragida (7.3, a rasm) joylashuvini qo’yidagicha izohlash mumkin.


Lokomotivlarni depoga uzatish va olish (aylanib o’tish yo’li bo’lmaganda) yo’llari yuk poezdlarining jo’nash yo’llarini kesib o’tishi poezdlarning qabul yo’lini kesib o’tishdan ko’ra qo’layroq va bexavotirroq. Lokomotiv xo’jaligi III-chorakda joylashganda ushbu kesuv yo’llari qabul yo’llarini kesib o’tar edi;
bekatning keyingi taraqqiyotida bo’ylama eki yarim bo’ylama turiga o’tishi oson.
Amalda lokomotiv xo’jaligi uchun joy tanlashga qurilish harajatlari, er ishlari hajmi va mahalliy sharoitlar ham bog’liq bo’ladi. Ayrim hollarda lokomotiv xo’jaligini III-chorakda joylashtirish qulayroq bo’lishi mumkin.
Agar mavjud depo parklardan uzoqda joylashgan bo’lsa, qulayliq va tejamkorlik maqsadida lokomotivlar ta’minoti ko’rilmalarini depodan ajratib park bo’g’izi yaqinida joylashtirish mumkin. 7.3 rasmda ko’rsatilgan chizmada Ia yo’li ko’rilib, toq poezdlar Q.J.-II parkidan jo’natishda lokomotiv xo’jaligini aylanib o’tishi mumkin. Bunday aylanma yo’l ko’rilishiga ehtiyoj, lokomotivlarning uzaytirilgan aylanish uchastkalari oxirida joylashgan va barcha yuk poezdlari lokomotivlari almashadigan bekatlarda, hamda yuk poezdlari harakati sutkasiga 70 juftga etganda paydo bo’ladi. Agar qabul-jo’natish yo’llarida tranzit poezdlarining lokomotiv (brigadalari) haydovchilari almashsa aylanma yo’lga ehtiyoj bo’lmaydi.
7.3 rasmda ko’rsatilgan chizmalarda yuk nohiyasining joylashish variantlarida uning saralash parkiga paralel joylashishini asosiy variant deb, hisoblash kerak. Yuk nohiyasining (chizmada punktir bilan ko’rsatilgan) yo’lovchi binosi tomonidan joylashish shart-sharoitlari 7.2 rasmda ko’rsatilganga o’xshab, ikki yo’llik uchastkalardagi bekatlarda qo’shimcha vagonlarni berishda, olishda bosh yo’llar kesishuvi va yuklanganligini tekshirishni taqozo etadi.
Shahardan yuk nohiyasiga avtomobillar kelishi va ketishi, bekat markaziy bo’g’izida ko’prikli o’tkazgich yoki tonnel orqali yuk ishlari hajmi kam bo’lganda bekat oxirida bir satxda o’tish yo’llari orqali bajarilishi mumkin.
Ko’ndalang turdagi bekat bo’g’izlarini loyihalashda uning barcha parklaridan ikki bosh yo’l va tortish yo’liga chiqish imkoniyati ta’minlanishi kerak. Tortish yo’lida bajariladigan manevr ishlari poezdlar qabul-jo’natish yo’llaridan ajratilgan bo’lishi kerak. Bir tomondan yuk poezdlarni qabul qilish va shu tomonga poezd jo’natish uchun bekat bo’g’izlarida parallel s’ezd yotqiziladi. A tomonga bekat bo’g’izida bir paytda to’rtta harakat bajarilishi mumkin; poezdlarni qabul qilish va jo’natish, lokomotivni berk yo’lga uzatish va tortish yo’lida manevr ishlarini bajarish. Markaziy bo’g’izda bir vaqtda bajariladigan harakatlar soni to’rtta yoki beshta bo’lishi mumkin. Bekatda tranzit poezdlarning faqat haydovchilari almashadigan bo’lsa, u holda markaziy bo’g’iz tuzilishi bir muncha soddalashtirilishi mumkin. 7.3 b rasmda keltirilgan uchastka bekatsining chizmasi avvaligi (7.3, a) chizmadan quyidagilar bilan farqlanadi:
yo’lovchi poezdlarini qabul qilish- jo’natish uchun har bir yo’nalishda ikkitadan (bosh yo’llar bilan ) yo’llar mavjud. Bunda bekatda to’xtab o’tadigan tez yurar yo’lovchi poezdlarini ketma-ket o’tkazish, hamda yo’lovchi poezdlarni tez yurar poezdlar bilan quvib o’tishi mumkin; yo’lovchi platformalarining bosh yo’llar tashqarisida joylashishi, bosh yo’llarning to’g’riligini buzmay ular orqali tezkor yo’lovchi harakatini tashkil qilish imkonini beradi; ikki tomon uchastka-terma, terma-o’tkinchi va guruhli poezdlari bilan ishlash uchun Q-J-II parkida 2, 3 yo’lli guruh ajratilishi mumkin (qayta ishlash uchun keladigan poezdlar va yangidan tuzilib, jo’natiladigan poezdlar uchun shartli ravishda guruhlash parkini GP deb belgilaymiz); ushbu parkdagi manevr harakatlari tranzit poezdlarni qabul qilish-jo’natish yo’llaridan ajratilgan bo’ladi.
Ushbu chizmaning ayrim elementlarini 7.3,a rasmda ko’rsatilgan chizmada ham qo’llash mumkin. Jumladan, tezkor yo’lovchi poezdlari harakati ko’p bo’lganda yo’lovchi yo’llari va platformalari 7.3,b rasmdagi chizma kabi bo’lishi kerak.
Qabul-jo’natish parkida terma va guruhli poezdlar uchun alohida guruhli park ajratish ushbu poezdlar soni ko’p bo’lganda maqsadga muvofiq bo’ladi. Mavjud bekatlarda ushbu guruh qabul-jo’natish va saralash parki yo’llari hisobidan (bekat yo’llarining umumiy sonini oshirmasdan) ajratilishi mumkin.
Ko’ndalang turdagi uchastka bekatlarida barcha inshootlar ihcham joylashgan bo’lib, bekatning boshqa turlariga nisbatan kichik maydonda joylashtirish imkonini beradi. Parklarning bir joyda yonma-yon joylashishi ayrim binolar va inshootlarni birlashtirish, harakat va vagon xo’jaligi xizmatchilari sonini kamaytirish imkonini beradi. Ikki yo’llik uchastkalarda joylashgan ko’ndalang turdagi chizmalarning kamchiligi, bekatning ikki tomon bo’g’izida yo’lovchi va yuk poezdi harakat yo’llarining o’zaro kesishuvi bo’lib, markaziy bo’g’izda B yo’nalishida jo’naydigan yo’lovchi poezdlarining harakat yo’li Q-J parkiga B dan keladigan barcha yuk poezdlari bilan kesishadi, A tomon bo’g’izida esa keladigan yo’lovchi poezdlari harakat yo’lining shu tomonga jo’naydigan barcha yuk poezdlari yo’li bilan kesishadi.
Ko’ndalang turdagi bekatlarning barcha chizmalarida barcha almashadigan juft poezdlar lokomotivlari bekat bo’ylab, taxminan ikki qabul-jo’natish parki uzunligida ortiqcha harakat qiladi.
Bo’ylama turdagi uchastka bekatsining chizmasida (rasm 7.4,a) juft yo’nalishdagi tranzit yuk poezdlari uchun qabul-jo’natish parki (Q-J-2) bo’yicha harakat yo’nalishi bo’yicha siljitilgan bo’lib, bunda toq yo’nalish qabul-jo’natish (Q-J-I) va saralash parklariga to’g’ridan-to’g’ri o’tish imkoni mavjud. Q-J-I ning qabul tomon bo’g’izida (yarim tarkib uzunligida) tortish yo’li yotqizilgan bo’lib, nosoz vagonlarni bosh yo’lga chiqarmasdan poezddan ajratish imkonini beradi.

Rasm 7.4. Bo’ylama turdagi uchastka bekatsining chizmasi

Odatda saralash parki ikki tomon poezdlarini qayta ishlash uchun umumiy qurilib, odatda qayta ishlash uchun keladigan poezdlar oqimi ko’p bo’lgan tomonda qo’yiladi. Saralash parki toq yo’nalish parki yonida joylashgan bo’lsa, u holda qayta ishlash uchun keladigan juft poezdlar toq yo’nalish qabul-jo’natish parkida ajratilgan mahsus yo’llarga qabul qilinadi. Agar ushbu poezdlar juft yo’nalish parkiga qabul qilinsa, u holda tarkib saralash parkiga manevr lokomotivi yordamida olib o’tiladi. Kamdan-kam hollarda juft yo’nalish bo’yicha qayta ishlash miqdori katta bo’lganda yoki juft yo’nalish parkiga vagon aylanmasi katta bo’lgan tarmoq yo’li ulangan bo’lsa, Q-J-2 ga parallel alohida saralash parkini joylashtirishga ehtiyot tug’ilishi mumkin. Yuk nohiyasini joylashtirishda saralash parkidan vagonlar uzatish qulayligini ta’minlash kerak.


Lokomotiv xo’jaligini II-chorakda joylashtirish ma’qul bo’lib, mahalliy sharoitlar sababli buning iloji bo’lmasa. u holda faqat ta’minot qurilmalari joylashtirilib, asosiy deponi boshqa joyga (masalan III -chorakga) olib chiqish mumkin.
I-a aylanma yo’lining vazifalari va unga ehtiyoj ikki yo’llik uchastkalarda joylashgan ko’ndalang turdagi chizma kabi asoslanishi mumkin. Q-J-2 parkida tranzit poezd lokomotivlari ko’p almashadigan bo’lsa, u holda qo’shimcha IIa yo’l qurib chiqish bo’g’izi bandligini engillashtirish mumkin. Ushbu yo’l orqali Q-J-2 parkining yo’llaridan poezd jo’natish quyi qismi yo’llariga lokomotiv uzatish yoki olib ketish bilan barobar bajarilishi mumkin. Bekatda tranzit poezdlari lokomotivlari almashmaydigan bo’lsa, markaziy bo’g’iz soddalashtirilishi mumkin. Bo’ylama turdagi chizmalarning asosiy afzalligi bu B dan yuk poezdlarini qabul qilish va ushbu poezdlarni A ga jo’natishning A va B dan keladigan yo’lovchi poezdlari yo’llarini kesishmasligidadir. Bundan tashqari juft yo’nalish tranzit poezdlari lokomotivlarini almashtirishda ularning yurish yo’li qisqa bo’lishi, tarmoq yo’llarining bekatning ikki tomonidan ulanishi, hamda ortish-tushirish maydonchasining qabul-jo’natish yonida joylashishi.
Bo’ylama turdagi chizmalarning kamchiligi: bosh yo’llarning juft yo’nalish tranzit poezdlar lokomotivlari tomonidan kesib o’tilishi (depoga berish va kelishda); yo’lovchi poezdlari soni ko’p bo’lganda toq yo’nalish poezdi lokomotivlarini o’tkazaladigan bosh yo’llardagi strelkalar o’ta band bo’lib qolishi mumkin.
Bandlikni va kutish vaqtini kamaytirish maqsadida Ia aylanma yo’ldan tashqari bosh yo’llarni kesib o’tadigan joyda ikki parallel ulanishlar yotqizilib, lokomotivlarni olib ketish va olib kelishni bir yo’la tashkil qilish mumkin; bekat maydoni uzun bo’lgani uchun bo’ylama turdagi bekatning qurilish harajatlari ko’ndalang turga nisbatan qimmat; poezd lokomotivlarini bo’ylama turdagi bekatda o’tkazish harajatlari kam bo’lishiga qaramay bekatda ishchi xizmatchilarni ta’minlash (soderjanie shtata) harajatlari (odatda vagon va xarakat xo’jaligi) va ishchi-xizmatchilari soni ko’payadi.
Yarim bo’ylama turdagi uchastka bekatsining chizmasi (rasm 7.5,a) bo’ylama turdagi chizmadan juft yo’nalishdagi tranzit poezdlari qabul-jo’natish parkining yo’lovchi binosi tomon (taxminan 700m va ko’proq) siljishida bo’lib, Q-J-2 dan Q-J-1 va saralash parkiga to’g’ridan-to’g’ri o’tish imkonini bermaydi.
Bunday bekat ancha qisqa maydonda joylashib uning manevr harakatlari imkoniyatlari qiyinlashadi. Q-J-2 parkining Q-J-1 va saralash parki bilan aloqasi yo’lovchi yo’llari va A tomon tortish yo’li orqali bajariladi.
Bo’g’izlardagi kesishuvlar xarakteri va soni bo’yicha yarim bo’ylama turdagi chizmadan ko’p farq qilmaydi.

Rasm 7.5. Yarim bo’ylama turdagi uchastka bekatsining chizmalari
Yarim bo’ylama turdagi uchastka bekatsi ancha sodda chizma ko’rinishida bo’lib, (rasm 7. 5,b) unda bekat bo’g’izi yaqinida faqat ta’minot qurilmalari joylashishi mumkin. Toq yo’nalish qabul-jo’natish parkidan bosh yo’lga chiqish ta’minot qurilmalari tashqarisida aylanma yo’l orqali bajarilishi mumkin.
Yarim bo’ylama turdagi uchastka bekatlar ikki yo’llik liniyalarda bo’ylama turdagi bekat uchun etarli uzunlikda maydon bo’lmaganda qo’llanilishi mumkin. Parklarni siljitish bekat maydoni uzungligiga bog’liq bo’lib, har qanday holatda ham yo’lovchi yo’llari va platformalarini siljitilgan park bilan ketma-ket joylashtirish imkonini berishi kerak.
Yo’lovchi inshootlari va yuk poezdlar qabul-jo’natish yo’llari ketma-ket joylashgan bekat chizmasi (rasm 7.6) ushbu inshootlarning rivojlanishi yoki shahar rivojlanishi rejasiga qarab ayrim holatlarda qo’llanilishi mumkin. Masalan ko’ndalang turdagi uchastka bekatsida mavjud vokzalni rekonstruktsiya qilish o’rniga yangi vokzalni A tomonga bog’lash ma’qul bo’lishi mumkin. 7.6 rasmdagi chizma yo’lovchi poezdlari harakatlari ko’p bo’lganda, hamda bekat bo’ylab lokomotiv almashtirilmay, o’tkaziladigan tranzit yuk poezdlari soni ko’p bo’lganda qo’llanilishi mumkin. Bunda shoxobcha yo’llar bekatning ikki tomonidan ulanishi mumkin.
Uchastka bekatsining eng yaxshi chizmasini tanlash va uning alohida inshootlarini joylashtirish, kelajakda yo’lovchi va yuk poezdlar harakatining oshishi, bekatning tortish xizmatidagi o’rni va mahalliy sharoitlariga qarab, texnik – iqtisodiy hisoblar bilan asoslanishi kerak.

Rasm 7.6. Yo’lovchi inshootlari va yuk harakati parklari ketma-ket joylashgan uchastka bekatsi

Bir yo’llik liniyalar qurilishida birinchi bosqich qurilishi sifatida odatda ko’ndalang turdagi uchastka bekatsi tanlanadi va u eng kam qurilish harajatlarini talab etib, yo’lning poezd o’tkazish qobiliyatini ta’minlay oladi. Keyingi bosqich taraqqiyotida bekatni bo’ylama yoki yarim bo’ylama turda rivojlantirish uchun kerakli maydon ajratilib zaxirada tutiladi. Ayrim hollarda xar qanday darajadagi temir yo’llarda, ayniqsa yo’lovchi binosi tomonidan katta hajmda vagonlar aylanmasi bo’lgan korxona tarmoqlari qo’shiladigan yo’llarda bir yo’la (dastlabdanoq) bo’ylama yoki yarim bo’ylama turdagi bekatni loyihalash maqsadga muvofiq bo’lishi mumkin.





Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin