11.4. Yuk bekatlarini qayta qurish
Yuk bekatlari o’zining asosiy funktsional vazifasiga ko’ra katta hajmda yuk ishlarini bajarish uchun mo’ljallangan bo’lib, bu ishlarni bajarish uchun zarur qurilmalar tizimiga ega bo’lishi lozim. Bu bekatlar tugundagi boshqa bekatlar bilan yaqindan o’zaro hamkorlikda ishlaydi.
Tugunning chizmasiga, bekatning texnik ta’minlanishiga, joylashgan o’rniga, aholi punktining rejalashtirilishiga va boshqa sharoitlarga bog’liq holda quyidagi masalalar ko’rib chiqilishi mumkin: yangi yuk bekatsini qurish, mavjud bekatlarni maxsuslashtirish va tegishlicha rivojlantarish, yuklar orasida ish hajmini qaytadan taqsimlash, mavjud yuk bekatlarini qisman yoki to’liq qurish.
Yangi yuk bekatlarining joylashish o’rni uning boshqa bekatlarga ta’siri va o’zaro hamkorligini hisobga olib bajarilgan texnik-iqtisodiy hisob-kitob natijalariga ko’ra aniqlanadi. Mahalliy va boshqa shart-sharoitlarni hisobga olgan holda bu bekatlarni namunaviy chizma bo’yicha qurish lozim.
Yangi yuk bekatsini qurish yoki mavjud bekatni qayta qurish paytida har qanday holatda ham optimal kapital mablag’ sarflanishi ta’minlanishi lozim.
Yangi yuk bekatsining qurilishi tugunning tubdan qayta qurilishi bilan bog’lik bo’lib halq xo’jaligining yanada ko’proq korxonalariga xizmat ko’rsatadi.
Mavjud yuk bekatsini to’liq yoki qisman qayta qurishda yangi bosh yo’llar paydo bo’ladi, yuk nohiyasi ombor xo’jaligi kengayadi, yuk bekatsining chizmasi takomillashadi.
12 bob. Yo’lovchi va texnik yo’lovchi bekatlari
12.1. Yo’lovchi bekatlarining vazifasi va ishlash texnologiyasi
Yirik shaharlar, sanoat markazlari va kurort nohiyalarida aholiga xizmat ko’rsatish maqsadlarida yo’lovchi bekatlari quriladi. Ularda yo’lovchi poezdlari va vagonlari bilan barcha turdagi jarayonlar, tranzit yo’lovchi poezdlarni o’tkazish, texnik xizmat (texnik nazorat va mayda nosozliklarni bartaraf etish, yo’lovchi vagonlarini suv va ko’mir bilan ta’minlash) va poezd tarkiblarini yo’lga (texnik yo’lovchi bekatda yoki parkda) tayyorlash ishlari bajariladi.
Yo’lovchi bekatlarida yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish ishlari bajariladi, yo’l chiptalari (biletlar) sotiladi, bagaj qabul qilinadi, topshiriladi va sh.k. Yo’lovchi bekatlari poezdlar harakati grafigi, yo’lovchi va texnik yo’lovchi bekatlarining ichki jarayonlari bilan birgalikda texnologiya asosida ishlaydi. Bekatning texnilogik jarayonini ishlab chiqishda mehnatni tashkil qilishning progressiv meyorlari va ilg’or usullari, ishlab-chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, avtomatika va zamonaviy hisoblash texnikasi qo’llanadi. Safarni va yo’lovchilarga xizmat ko’rsatishni barcha qulayliklar bilan tashkil qilishga alohida e’tibor qaratiladi.
Dostları ilə paylaş: |