Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan Dastur asosida ilk marotaba temir yo’l kollejlari uchun Davlat tilida bosmaga tayyorlandi



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə69/74
tarix02.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#137897
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74
Bekatlar va tugunlar LOTIN (3)

13.5. Uchburchaksimon tugunlar
Uchburchaksimon tugunlar o’zaro sezilarli vagonlar almashuvi bo’lgan uch temir yo’l liniyali joylarda yuzaga keladi (rasm 13.4). Bunday tugunlardagi bekatlarning vazifasi har xil bo’lib asosan shaharning tugunga nisbatan joylashuviga, saralash, yuk va yo’lovchi inshootlarining joylashuviga bog’lik. Agar yo’lovchi poezdlari harakati har bir yo’nalishdan qolgan ikki yo’nalishga o’tadigan bo’lsa, u holda yo’lovchi inshootlari shaharga yaqin ikki bekatda barpo etilishi kerak (rasm 13.4,a). Shahar A - B yulining yuqori qismida joylashgan bo’lsa yo’lovchi poezdlari haakatiga I va Sh bekatlar xizmat qilishi kerak.
Tugunda saralash ishlarini bir bekatda tashkil etish ma’qul. Bunday saralash bekatsida yuk inshootlari va lokomotivlarga xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar ham joylashadi. Saralash bekatsini qayta ishlanuvchi poezdlar harakati ko’p bo’lgan asosiy A-B liniyasining biror bekatsida joylashtirish kerak. Uning o’nini tanlashda qayta ishlanuvchi vagonlar oqimining asosiy yo’nalishi, shahar nohiyasida shamolning yo’nalishi, mahalliy sharoitlar va boshqalarni hisobga olish kerak.

Rasm 13.4. Uchburchaksimon tugun chizmasi

Tugunda yuk hovlisi I yoki P bekatda, katta shaharlarda esa ikkala bekatda ham joylashishi mumkin. qayta ishlanmaydigan o’tuvchi tranzit poezdlar asosan qiska yo’llar bilan o’tkazilishi kerak. Birinchi bekat saralash bekatsi bo’lsa, B-V yo’nalishidagi tranzit poezdlar P va Sh bekatlar orqali o’tkazilishi kerak. Buning uchun ushbu bekatlarning birida ekipirovka qurilmalari qabul-jo’natish parkining o’zida joylashtirilishi mumkin.


Xarakat mikdori juda katta bo’lsa tugunda 13.4 b, v rasmda ko’rsatilgandek qo’shimcha bosh yo’llar qurilishi mumkin. qo’shimcha yo’llar va ko’prikli kesishuvlarning qurilishi tegishli hisoblar bilan asoslanadi. Saralash ishlarining faqat bir bekatda jamlanishi boshqa yo’nalishlar bo’yicha qayta ishlanadigan vagonlarning tugun bo’ylab ortiqcha yo’l o’tishlariga va ko’shimcha yuklanishga olib keladi. Shu qatorda uch bekatning foydalanuvini ta’minlash ortiqcha sarf-harajatlarni keltirib chiqaradi.



Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin