Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan Dastur asosida ilk marotaba temir yo’l kollejlari uchun Davlat tilida bosmaga tayyorlandi


Bekatlari parallel joylashgan tugunlar



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə70/74
tarix02.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#137897
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74
Bekatlar va tugunlar LOTIN (3)

13.6. Bekatlari parallel joylashgan tugunlar

Bunday tugunlarning rivojlanishi asosan tugunning rivojlanishidagi tarixiy ketma-ketlikka bog’lik bo’lib, avvalida yo’lovchi va yuk ishlari uchun bir bekat xizmat qilgan bo’ladi. Shahap kattalashib harakat miqdori ko’payishi, sanoat nohiyalarining barpo etilishi, yangi liniyalarning kelib qo’shilishi natijasida tugunda yo’lovchi poezdlari va vagonlarni qayta ishlash bilan bog’lik, ishlar sezilarli o’sadi. Masalani hal etish uchun mavjud bekat asosan yo’lovchi poezdlari harakatiga xizmat qilish uchun moslanib tranzit yuk poezdlariga va qayta ishlanuvchi vagonlar oqimiga xizmat ko’satish uchun unga parallel ravishda saralash bekatsi quriladi. Bunda yo’lovchi va saralash bekatlarining har biri bosh yo’llarning mustaqil keluvchi yo’llariga ega bo’ladi.


13.5 rasmda bekatlari parallel joylashgan temir yo’l tugunining chizmasi keltirilgan bo’lib, uning har bir tomonidan ikki temir yo’l liniyalari tutashadi. Bosh yo’llarning kelishi ko’prikli kesishuvlar orqali bajarilgan. Bir tomonli saralash bekatsining qabul parkiga barcha yo’nalishlardan qayta ishlash uchun keladigan yuk poezdlari qabul qilinadi va ularga komp­leks ketma-ketlikda xizmat ko’rsatiladi. Tuzib tayyorlangan poezdlar bekatning junatish parkidan tegishli yo’nalishlarda jo’natiladi.



Rasm 13.5. Bekatlari parallel joylashgan tugun chizmasi
O’tuvchi tranzit poezdlariga jo’no’atish parkining ikki domonidan joylashgan tranzit parklarida xizmat ko’rsatiladi. Burchak osti yo’nalishli tran­zit poezdlarning ortiqcha yo’l o’tmasligi uchun A-V va B-G liniyalari orasida borlg’ovchi yo’llar qurilgan bo’lishi ham mumkin.

13.7. Bekatlari ketma-ket joylashgan tugunlar


Bekatlari ketma-ket joylashgan tugunlar ular xizmat ko’rsatadigan shahar va sanoat nohiyalarida ish hajmi va xarakteriga qarab birnecha ixtisoslashtirilgan bekatlar o’zaro ketma-ket joylashishi natijasida yuzaga keladi. Bunday joylashishga joyning topografik sharoitlari (masalan, katta daryo yoqalab cho’zilgan shahar), shaharsozlik, sanoat korxonalarining temir yo’l yoqalab uzoq masofalarda barpo etilishi va sh.k.
Bekatlari ketma-ket joylashgan tugunlarda asosan to’g’ri o’tuvchi yuk va yo’lovchi harakatlariga xizmat ko’rsatiladi va katta mikdorlarda mahalliy yuk ishlari ham bajariladi. Bunday tugunlarda bosh yo’llarning kelishi asosan tugunning boshlanish qismlarida jamlanadi va burchak osti yunalishli vagonlar oqimining miqdori juda kam bo’ladi. Odatda saralash va yo’lovchi bekatlari ketma-ket joylashgan tugunlar ko’proq uchraydi. Yuk bekatsi yo’lovchi bekatsiga ketma-ket alohida joylashishi yoki saralash bekatsidan tarmoq shoxobcha yo’lida joylashishi mumkin (rasm 13.6). Bunda yuk bekat­si ko’prikli kesishuvlar yordamida shahar yoki sanoat nohiyasi hududlariga yaqinlashtirilishi mumkin. Bekatlarning ketma-ket joylatirilishi bir vaqtda juda katta miqdorlarda yuk vagonlari jamlanadigan saralash bekatsini shahardan bir muncha uzoqashtirishga imkon yaratadi. Shu bilan birga saralash bekatsi hududida barpo etilgan temir yo’l va ishchilar shaharcha-sining katta shahar bilan qulay bog’lanishiga ham imkon yaratadi.



Rasm 13.6. Bekatlari ketma-ket joylashgan tugun chizmasi

Rasmda ko’rsatilgandek yo’lovchi bekatsiga olib boruvchi bosh yo’llar­ning saralash bekatsining bir tomonidan joylashishi yo’lovchi poezdlari harakatini qisqa yo’l bilan, ortiqcha burilishlarsiz, osoyishta bajarilishiga yo’l ochadi.


Saralash bekatsidan yo’lovchi bekat tomoniga jo’natiladigan yoki aksincha, qabul qilinadigan yuk poezdlari yo’lovchi bekatsi orqali o’tkazilishi mumkin. Ammo bunday harakat yo’lovchi poezdlar harakati katta bo’lgan bekatlarda noqulayliklar va yo’lovchilarning bekat yo’llaridan o’tishlariga tahdid soladi. Uning oldini olish uchun saralash bekatsidan yo’lovchi bekatsi tomoniga chiqishni aylanma yo’l orqali o’tkazib yo’nalish yo’llari kesishuvini B-G tomonga, yo’lovchi bekatsidan tashqariga o’tkazish mumkin. Bunday bog’lanish tugun hududida ortiqcha bosh yo’llar qurilishi va kesishuv yo’llarida strelkali ulanishlarni boshqarishni asosiy bekatlardan uzoqlashtirishga olib keladi.
Ketma-ket tugunlarda mahalliy yuk vagonlarining yurish masofalari uzayadi. Uni kamaytirish maqsadida tugun bekatlariga keladigan mahalliy vagonlarni tugun oldi bekatlarida guruhli poezdlar tarkibida jo’natish texnologiyasi qo’llanishi mumkin.



Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin