Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan Dastur asosida ilk marotaba temir yo’l kollejlari uchun Davlat tilida bosmaga tayyorlandi



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə72/74
tarix02.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#137897
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74
Bekatlar va tugunlar LOTIN (3)

13.9. Berk turdagi tugunlar
Berk turdagi tugunlar geografik va iqtisodiy sharoitlari bo’yicha temir yo’l tugallanadigan nohiyalarda qurilib belgilangan miqdorlardagi ishlarni bajarish uchun bir yoki bir necha bekatlar qurilishini taqozo etadi. Aksariyat berk turdagi tugunlar dengiz va katta daryo qirg’oqlariga yaqin joylarda yuzaga keladi. Tugundagi bekatlarning biri yo’lovchi va mahalliy yuk ishlariga xizmat ko’rsatsa, ikkinchisi asosan port bekatsi vazifasini utaydi (rasm 13.8).



Rasm 13.8. Berk turdagi tugun chizmasi

Agar berk turdagi tugun suv xavzalari qirg’oqlarida joylashmagan bo’lsa, u holda bekatlarning biri yo’lovchi poezdlariga, qolganlari esa sanoat korxonalari nohiyalariga xizmat ko’rsatish uchun ixtisolanishi mumkin. Kelajakda temir yo’l davom etdirilishini hisobga olib bunday tugunlarda yo’lovchi bekatsini berk qilmasdan, utkazuvchi turda loyihalashga etibor qilish kerak. Umuman berk turdagi tugunlar rivojlangan temir yo’l tugunining boshlanrich davrlariga o’xshab ketadi.




13.10. Halqasimon tugunlar

Halqasimon tugunlar yirik shaharlar va sanoat markazlarida, o’zaro vagonlar almashinuvi ko’p bo’lgan bir necha temir yo’l liniyalarining qo’shilish joylarida yuzaga keladi. Umum foydalanuvli va sanoat korxonalarining shoxobcha yo’llariga xizmat ko’rsatuvchi yuk bekatlari barcha yo’nalishlarni birlashtiruvchi halqa yo’lida, hamda halqaga kelib ulanuvchi liniyalarda joylashishi mumkin (rasm 13.9).



Rasm 13.10. Halqasimon tugun chizmasi

Halqasimon tugunlarda saralash bekatlarining joylashuvi ko’p omillarga: yo’nalishlar bo’yicha vagonlar oqimining o’tishi, birikadigan liniyalar soni, qayta ishlanadigan vagonlar oqimining miqdorlari va boshqa mahalliy sharoitlarga bog’lik bo’lib maxsus texnik-iqtisodiy hisoblar asosida topiladi. Odatda saralash bekatlarining soni ikkita yoki undan ko’p bo’lishi va ularni vagonlar oqimi katta bo’lganda tugunga kelib tutashadigan yo’nalishlarning ayrimlarida, shahar tashqarisida joylashtirishga harakat qilinadi.


Bunday saralash bekatlarining har birida kamida ikki yo’nalishning vagonlar oqimi jamlanishi maqsadga muvofik. qayta ishlanuvchi vagonlar oqimi katta bo’lmasa halqa yo’lning o’zida ikki saralash bekatsining joylashishi vagonlarning tugun bo’ylab yurishini ancha qisqartiradi. ]]
Halqasimon tugunlarda qayta ishlanmaydigan to’g’ri va burchak osti yo’nalishli poezdlarni o’tkazish qulay bo’lib, bunda har bir tomondan kelgan poezddar qaysi tomonga o’tishidan qat’iy nazar o’z yo’nalishini o’zgartirmaydi. Halqasimon tugunlarning asasiy kamchiligi 1800 ga yaqin diametral qarama-qarshi yo’nalishda o’tuvchi poezdlar halqa bo’ylab ortiqcha yo’l o’tadilar va halqa yo’lining mavjudligi shao’ar taraqqiyotiga salbiy tasir ko’rsatadi.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin