Ballast qatlamining o’lchamlari
* surati – yog’och shpalalar uchun,
maxraji – temirbeton shpalalar uchun
Tezyurar poezdlar harakati bo’lgan yo’llarda faqat shchebenli ballast yotqiziladi, yillik yuklanganlik 50 mln. tkmG’km dan ortiq bo’lganda ballast prizmasining kengligi qo’shimcha 20 sm ga, kalinligi 5 smga oshiriladi. Bekatlarning qabul - jo’natish yo’llarida ballast qavatining qalinligi shpal ostida 30 sm, qolgan yo’llarda esa 25 sm qabul qilingan.
Shpalalar
Shpalalar rels ostiga asos bo’lib, relsdan kuchlanish qabul qilib, ballast qatlamiga o’tkazishga xizmat qiladi. Bundan tashqari shpalalar ularga relslarni o’rnatish uchun va yo’lning muntazam kengligini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Shpalalar mustahkam, elastik, arzon va elektr toklariga etarlicha qarshilikka ega bo’lishi kerak. Shpala materiali sifatida yog’och, temir - beton va metall ishlatiladi.
(5.16 rasm) 1 turdagi shpalalar magistral yo’llarning bosh yo’llariga, II turdagilar bekat va korxonalarning shoxobcha yo’llariga va III turdagilari sanoat korxonalariga mo’ljallangan. Yog’och shpalalarning standart uzunligi 2750 mm bo’lib, o’ta yuklangan yo’llar uchun 2800 mm uzunlikda ham tayyorlanishi mumkin.
Rasm 2.15. Yog’och shpalalarning ko’ndalang kesimi
Ko’ndalang kesim shakli bo’yicha yog’och shpalalar ikki turda tayyorlanadi: qirqma A turdagi 4 tomonidan arralangan shpalalar va B turdagi brusli faqat ustki va ostki tomoni arralangan shpalalar. Bu ikki turdagi shpalalarning har biri o’lchamlari bo’yicha 3 xil bo’ladi (rasm 2.16).
Rasm 2.16. Temir - beton shpala
Temir - beton shpalalarning qo’llanilishi halq xo’jaligi uchun katta ahamiyatli bo’lgan yog’och ishlatishni tejaydi. O’zbekistonda mahalliy qurilish materiallarining ko’pligi temir - beton shpalalarni juda keng qo’llash imkoniyatini beradi.
Rels ostida shpalalarning bo’ylama joylanish tartibi uning «epyurasi» deyiladi. Temir yo’llarda shpalalar 4 epyurada qo’llanilib, 1 km yo’l uzunligida 1440-1600, 1840 va 2000 dona shpala qo’yilishi mumkin. Hozirda temir yo’llarda rels ostiga temir-beton blokli, yaxlit plitali va ramali beton konstruktsiyalar qo’llanila boshladi.
Rasm 2.17. Temir - beton shpalalar uchun KB rusumidagi ajratma maxkamlagich: 1 – klemmali prujinali bolt; 2 – klemma; 3 – ajratib turuvchi vtulka; 4 – belgilovchi (zakladnoy) bolt; 5 – anker shayba; 6 – taglik; 7 – rezina taglik; 8 –metall taglik; 9 – yassi shayba; 10 – ikki vintli prujinali shayba.
Relslar
Rels harakat tarkibi g’ildiraklarini yo’naltirish, undan yuklanishni olib va shpalalarga berish uchun mo’ljallangan. Bundan tashqari avtoblokirovkali uchastkalarda relslar signal toklarini, elektr tortishda esa qaytish toklarini o’tkazuvchi sifatida ishlatiladi.
Barqaror ishlash uchun relslar pishiq, mustahkam, ko’pga chidaydigan, qattiq bo’lishi, ammo mo’rt bo’lmasliklari kerak. Chunki ularga zarbli dinamik yuklanishlar tushadi. Rels o’ta chidamli po’latdan tayyorlanadi. Relslar og’irligi va ko’ndalang profiliga bog’liq holda R50, R65 va R75 turlarga bo’linadi. R harfi «rels»ni bildiradi, raqam esa 1 m uzunlikdagi relsning yaxlitlangan massasini kilogrammlarda ifodalaydi.
U yoki bu rels turini tanlash liniyaning yuklanganligiga va poezdlarning harakat tezliklariga bog’liq. Yo’lovchi poezdlari yuqori tezlik bilan yuradigan liniyalarda R65 turdagi relslar yotqiziladi.
Relslarning xizmat muddatini oshirish o’zaro bog’liq tadbirlar kompleksini o’tkazish bilan amalga oshiriladi: rels massasini oshirish; rels po’lati sifatini ko’tarish; uloqsiz yo’l hisobiga relslarning ish sharoitini yaxshilash; rels kallagi yuzasini silliqlash, uning yon tomonini moylash va h.k.. Nosoz relslarni almashtirish uchun yo’lning har kilometrida maxsus dastgohlarda saqlanadigan relslar zahirasidan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |