Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan Dastur asosida ilk marotaba temir yo’l kollejlari uchun Davlat tilida bosmaga tayyorlandi



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə3/74
tarix02.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#137897
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bekatlar va tugunlar LOTIN (3)

Temir yo’l liniyasining trassasi – er polotnosi qosh chizig’i sathidagi yo’l bo’ylama o’q chizig’ining fazoviy holatini belgilaydi. Trassaning gorizontal tekislikka proektsiyasi uning rejasi deyiladi. Trassa chizig’ining vertikal tekislikka yoymasi liniyaning bo’ylama profili deyiladi.
Trassa yoqalab temir yo’lni, uning boshqa inshoot va qurilmalarini, temir yo’l posyolkalarini va shaharchalarini joylashtirish va o’rmonzorlar barpo etish uchun ajratiladigan er yo’lga ajratma maydon (polosa otvoda) deb nomlanadi. Ajratma maydon chegaralari yo’llarning rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda maxsus ko’rsatkichlar bilan (mejevoy znak – chegara belgisi) belgilanadi.

Rasm 1.1. Yo’lga ajratma maydon belgisi


1.2.Temir yo’lning trassasi, plani va bo’ylama profili

Loyihalash davrida yo’lning trassasini belgilash liniyani trassalash deyiladi. Trassaning eng ijobiy yaxshi echimi liniyaning rejada to’g’ri chiziq va yukli harakat yo’nalishida bir maromdagi nishablik bo’ylab joylashishi bo’lar edi. Ammo bunday echim imkoniyati har doim ham bo’lavermaydi, chunki temir yo’l aholi punktlari orqali o’tishi, tabiiy to’siqlarni (tog’lar, ko’llar, botqoqliklar va sh.k.) aylanib o’tishi, er ustki tuzilishining notekisliklaridan o’tishi va nihoyat qurilish harajatlarini arzonlashtirish maqsadlarida trassa holatini rejada va profilda o’zgartirishga olib keladi. Shuning uchun ham temir yo’l liniyasi rejada to’g’ri chiziqli uchastkalar va egriliklardan, (rasm 1.2) profilda esa maydoncha deb nomlanuvchi gorizontal uchastkalar va qiyalik deb nomlanuvchi nishabliklardan tashkil topadi.



Rasm 1.2. Temir yo’l liniyasining rejasi



Rasm 1.3. Bo’ylama profil ko’rinishi
To’g’ri yo’l uchastkalari ularning uzunligi bilan tavsiflanadi. Egriliklarni esa: burilish burchagi φ, burilish radiusi R, egrilik uzunligi K va tangensi T kabi ko’rsatkichlar ifodalaydi (rasm 1.4).



Rasm 1.4. Aylanma egrilikning to’zilishi: EB-egrilik boshlanishi; EO-egrilik oxiri; BU-burilish cho’qqisi; R-egrilik radiusi;  - burilish burchagi.

Egriliklarning ushbu parametrlari o’zaro geometrik bog’langan. Belgilangan egrilik radiusi R va burilish burchagi φ asosida tangens va egrilik uzunligini osongina topish mumkin:




; .
Yangi temir yo’l liniyalarini loyihalashda yo’lning darajasini va mahalliy sharoitlarni hisobga olib egrilik radiuslarining qabul qilinishi quyidagi 1.2 jadvalda keltirilgan.
Jadval 1.2

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin