Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan Dastur asosida ilk marotaba temir yo’l kollejlari uchun Davlat tilida bosmaga tayyorlandi


Bekat yo’llarini bo’ylama profilda joylashtirish



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə30/74
tarix02.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#137897
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   74
Bekatlar va tugunlar LOTIN (3)

4.2 Bekat yo’llarini bo’ylama profilda joylashtirish.

Bekatlar, raz’ezdlar va quvib o’tish punktlarini gorizontal tekislikda joylashtirish kerak. Gorizontal tekislikda joylashtirish poezdlarni ikki tomonga ham qo’zg’alish imkoniyatini engillashtiradi, vagonlarni manevr harakatlardagi turtkilardan yoki shamol ta’siridan harakatlanib ketib qolish xavfini kamaytiradi. Er ishlari hajmini kamaytirish maqsadida ayrim holatlarda ajratish punktlarini 1,5‰ qiyalikda, juda qiyin sharoitlarda esa 2,5‰ bo’lgan qiyalikda joylashtirishga ruxsat etiladi.


Bo’ylama va yarim bo’ylama turdagi raz’ezdlar va quvib o’tish punktlari, ayrim hollarda boshqarma ruxsati bilan shu turdagi oraliq bekatlarini ham bekat maydoni chegarasida 10‰ bo’lgan qiyalikda joylashtirishga ruxsat etiladi. Bunday qiyaliklarda lokomotivlarni yoki vagonlarni poezd tarkibidan ajratish, hamda manevr ishlarini bajarish nazarda to’tilmaydi. O’ta qiyin topografik sharoitlarda ushbu qiyalikni 10‰ dan oshirishga ruxsat etiladi.
Ajratish punktlari 2,5‰ dan ortiq qiyaliklarda joylashgan holatlarda poezdning joydan qo’zg’alish shartlari, hamda poezdni lokomotivlarning qo’shimcha tormozlari bilan to’tib turish shartlarini nazarda to’tish lozim bo’ladi. Poezdning joyidan qo’zg’alishiga imkon beradigan qiyalik quyidagicha tekshiriladi:
,
Bu erda
Fk kuz – lokomotivning joyidan qo’zg’alishdagi tortish kuchi, ts;
Q – uchastka poezdlarining hisobiy og’irligi, ts;
P – lokomotivning hisobiy og’irligi, ts;
b- burilishlarning qo’shimcha qarshiligi, kGsG’ts;
kuz– joyidan qo’zg’alish vaqtidagi (asosiy va qo’shimcha) qarshiliklar yig’indisi, kgsG’ts.
Manevr ishlari bajariladigan yoki lokomotivlar (vagon) tarkibdan ajratiladigan ajratish punktlarida yo’l bo’ylama profili foydali uzunlik chegarasida rolik podshipnikli harakat tarkibining o’z-o’zidan harakatlanib ketib qolish xavfini bartaraf etishi kerak. Shu maqsadda qabul-jo’natish yo’llarining bo’ylama profilini yo’lning foydali uzunligi chegarasida uch elementli, chekka tomonlari bir hil ko’tarilgan qilib loyihalash tavsiya etiladi (4.1 rasm).

Rasm 4.1. Ajratish punktlarining profilda joylashuvi

Yo’lning har tomonidan qarshi qiyalik, m,





Bu erda:


K - yo’lning pasayish diapazonini belgilovchi koeffetsient (0,45-0,55‰ );
Lkj – qabul-jo’natish yo’lining foydali uzunligi, m;
i - qarshi qiyalik qiymati (1,5-2,5‰).
Bekat maydoni deb profilning bekat, raz’ezd yoki quvib o’tish punkti joylashadigan uchastkasiga aytiladi. Bekat maydonining profilda joylashishining uch ko’rinishini farqlash mumkin (rasm 4.1 ) Bekat maydonining do’nglikda joylashishi (4.1, a rasm), ajratish punktlariga kelayotgan poezdlarning sekinlashishi uchun, hamda to’xtagan poezdlarning qo’zg’alishiga qulay sharoitlar tug’diradi. Bir yo’llik uchastkalarda ikki tomondan barobar kelayotgan poezdlarning harakat xavfsizligini yaxshi ta’minlaydi, maydonchadagi suvlar tez tarqaladi, ammo kirish signali oldida to’xtagan poezdning qo’zg’alishi qiyinlashadi.
Bekat maydonchasining chuqurlikda joylashishi to’xtagan poezdlarning qo’zg’alishi va poezdlarni bir yo’llik uchastkalarda barobar qabul qilishni qiyinlashtiradi, ammo rolik podshipnikli vagonlarning ketib qolish xavfi yo’qoladi. (4.1, b rasm)
Bekat maydonining pog’onasimon joylashishi avvalgi holatlardagi afzalliklar va kamichliklarni qisman qaytaradi.
Ajratish punkti pog’onasimon joylashgan holatlarda profilning alohida elementlari, uchastkadagi bosh yo’llar kabi kelajakka mo’ljallangan qabul-jo’natish yo’li foydali uznligining yarimisidan kam bo’lmasligi kerak.
IV va V darajali yo’llarda profil elementi uzunligi yarmisidan kam bo’lmasligi, umuman 100 m dan kam bo’lmasligi va poezd uzunligi chegarasida bittadan ortiq profil sinishi bo’lmasligi kerak. Mavjud ajratish punktlarini qayta qurishda, faoliyatdagi yo’llarda ajratish punktlarini qurishda va tugunlarga kelish yo’llarining echimlarini loyihalashda profil elementlari uzunligini 200 m gacha kamaytirishga ruxsat etiladi.
Ajratish punktlarini qayta qurishda er ishlari va harajatlarni kamaytirish maqsadida bo’ylama profilga bir muncha engillashtirilgan talablar qo’llanilishi mumkin, ya’ni strelkali bo’g’izlarni belgilangan qiyalikda qurishga ruxsat etilishi mumkin. Manevr harakatlari ko’zda to’tilmaydigan qayta qurilayotgan raz’ezd va quvib o’tish punktlarida qabul-jo’natish yo’llarining uzaytiriladigan qismini etakchi qiyalikgacha bo’lgan profilda joylashtirishga ruxsat etiladi. Bekatlar, raz’ezd va quvib o’tish punktlarining qurilmaydigan qismlarida mavjud qiyaliklar va profil elementlari uzunligini saqlab qoldirishga ruxsat etiladi.
Har qanday holatda ham vagonlarning o’zicha harakatlanib boshqaruvini yo’qotishi va yo’llarning foydali uzunlik chegarasidan chiqib ketishiga qarshi chora-tadbirlar ko’rilgan bo’lishi kerak. Yo’lning foydali uzunligi chegarasidagi o’rtacha qiyalik poezdning joyidan engil qo’zg’alishini, hamda poezdlarni lokomotivlarning yordamchi tormozlari bilan ushlab turish imkonini berishi kerak.
Bekatlarda, raz’ezd va quvib o’tish punktlarida yo’l uchastkasidagi kabi bosh yo’llar bo’ylama profilining to’g’ri chiziqli alohida elementlari o’zaro vertikal tekislikda quyidagi radiusli egri chiziq bo’ylab birlashtirilishi kerak:
15000 m - I darajali yo’llarda
10000 m – II va III darajali yo’llarda
5000 m – IV darajali yo’llarda
3000m - IV va V darajali korxonalar boshobcha yo’llarida.
Yangi yo’llarni va bekatlarni rekonstruktsiya qilishda va ikkinchi bosh yo’llarni, boshobcha yo’llarni loythalashda qiyin sharoitlarda vertikal egrilik radiusini belgilangan tartibda kamaytirishga ruxsat etiladi.
Vertikal egriliklar o’tish egriligi va ko’priklar, ko’prikli yo’l uzatgichlari, prolyot qurilmasidan tashqarida joylashishi kerak. Bunday holatlarda sinish nuqtasidan o’tish egriligi oxirigacha yoki prolyot qurilmasi oxirigacha eng qisqa masofa vertikal burilish T orqali quyidagicha topiladi:

Tq .


Bu erda:
Rvvertikal egrilik radiusi, m;


i - qiyaliklarning algebraik farqi.
Qiyin sharoitlarda joylashgan III va IV darajali yangi temir yo’llarni va korxona shoxobcha yo’llarini loyihalashda, hamda ikkinchi bosh yo’llarni loyihalashda, mavjud temir yo’llarni rekonstruktsiya qilish va burilish joylar qiyaliklarini engillashtirishda bo’ylama profil sinishini o’tish egriligi joylashishidan qat’iy nazar loyihalashga ruxsat etiladi.
Bekat yo’llarining (bosh yo’llardan tashqari) bo’ylama profil yondosh elementlari I - III darajali yo’llarda vertikal tekislikda 5000m dan kam bo’lmagan radisda birlashadi, qiyin sharoitlarda esa radius 3000m dan kam bo’lmasligi kerak. Yangi qurilayotgan IV darajali yo’llarda, hamda bekatlar, raz’ezdlar qurishda ushbu radiuslar tegishli ravishda 3000 va 5000 m gacha kamaytirilishi mumkin.
Bosh yo’llar va qabul – jo’natish yo’llaridagi strelkali o’tkazgichlar vertikal egrilikdan tashqarida joylashishi kerak. qiyin sharoitlarda poezdlar tezligi 120kmG’s gacha bo’lgan uchastkalarda ularni radiusi 10000 m dan kam bo’lmagan vertikal egriliklarda joylashtirishga ruxsat etiladi. Muntazam poezdlar harakati nazarda to’tilmagan boshqa yo’llarda mavjud ajratish punktlarini qayta qurishda va mavjud yo’llarda yangi punktlar qurilishida poezdlar tezligi 120kmG’s gacha bo’lgan holatlarda strelkali o’tkazgichlarni radiusi 5000m dan kam bo’lmagan vertikal egriliklarda joylashtirishga ruxsat etiladi.
Strelkali bo’g’izdan tashqarida joylashgan dispetcherlik s’ezdlari va ayrim strelkali o’tkazgichlarni etakchi qiyalikgacha bo’lgan qiyaliklarda joylashtirishga ruxsat etiladi.
Oraliq bekatlarda tortish yo’lining strelkali bo’g’izidan tashqaridagi qismi bekat tomonga qarab 2,0 ‰ qiyalikda yoki gorizontal tekislikda joylashishi mumkin. Qiyin sharoitlarda tortish yo’lining qiyaligi uning yonidagi bosh yo’l qiyaligiga moslab loyihalanishi mumkin.
Saralash yo’llarining tortish yo’li tomonidan strelkali zona doirasidagi qismini saralash yo’nalishi bo’yicha qiyalikda joylashtirish ma’qul.
Temir yo’l tugunlarida kelish va birlashtiruvchi yo’llarning bir tomonga yo’nalgan poezdlar harakati uchun mo’ljallangan echimlarni qiyin sharoitlarda etakchi qiyaliklardan kattaroq, ya’ni I va II darajali yo’llar uchun 1,5‰. dan oshmagan, III darajali yo’llar uchun 2,0‰. gacha, IV daraja va boshobcha yo’llar uchun 3,0‰ gacha pasayish qiyaligida joylashtirishga ruxsat etiladi.
Yo’lovchi poezdlarining to’xtash punktlari yo’lovchi poezdining qo’zg’alishiga imkon beruvchi qiyalikda joylashishi mumkin. Ortish-tushirish platformalari va maydonchalari, vagonlar yoki vagonlar tarkibining lokomotivsiz turish yo’llari, lokomotivlar ekipirovkasi va turish yo’llari gorizontal tekislikda yoki 1,5‰ qiyalikda joylashishi mumkin, qiyin sharoitlarda esa qiyalik 2,5‰ gacha ruxsat etiladi.
Faqat elektrovozlar, motorvagon sektsiyalari va teplovozlar harakati uchun mo’ljallangan yo’llarni 4,0‰ gacha bo’lgan qiyalikda joylashtirishga ruxsat etiladi. O’tish va biriktiruvchi yo’llar, hamda tortish nimbekatlariga olib boruvchi boshobcha yo’llarning bo’ylama profildagi alohida elementlarining uzunligi 50 m dan kam bo’lmasligi kerak.
Binolarga, ortish-tushirish frontlari, estakadalarga kelish oldi yo’llari joylashganda yuk inshootlari darvozasidan vertikal egrilikgacha profildagi masofa shu yo’lga beriladigan eng uzun vagon (yoki lokomotiv sektsiyasi) uzunligidan kam bo’lmasligi kerak. qiyin sharoitlarda ushbu masofa kamida 2 m gacha ruxsat etilishi mumkin.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin