Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan Dastur asosida ilk marotaba temir yo’l kollejlari uchun Davlat tilida bosmaga tayyorlandi


Loyihalarni texnik-iqtisodiy taqqoslash



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə34/74
tarix02.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#137897
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   74
Bekatlar va tugunlar LOTIN (3)

4.6. Loyihalarni texnik-iqtisodiy taqqoslash

Ajratish punktlarini rivojlantirish yoki qayta qurish bilan bog’liq bo’lgan murakkab va sermashaqqat ishlar kompleksi odatda ularning poezd o’tkazish va qayta ishlash qobiliyatini oshirish, yangi yo’llarni qurish, ikkinchi bosh yo’llarni qurish, temir yo’llarni elektrlashtirish kabi maqsadlarda bajariladi va kelajak ishlar hajmi va xarakteriga moslab olib boriladi. Shu maqsadlarda ajratish punktlarini rivojlanishi va qayta qurishning optimal chizmalarini tanlash, qurilish uchun kapital mablag’lar va foydalanish harajatlarning kamayishiga erishish talab etiladi.


Ajratish punktlarini yoki ularning ayrim qismlarini qayta qurish va rivojlantirishning har xil echimlari mavjud bo’lgan hollarda loyihalarni bir necha variantlari ishlab chiqiladi va ularning eng yaxshisi texnik-iqtisodiy asosda solishtirib tanlanadi. Variantlarning soni ob’ektning murakkabligiga bog’liq bo’ladi.
Taqqoslanuvchi variantlarni to’liq ta’riflash va optimal variantini tanlash uchun qiymat ko’rsatkichlaridan tashqari, variantlarning hususiyatlarini chuqur tahlil qilish, ularning ijobiy tomonlari va kamchiliklari, sifat va natural ko’rsatkichlari bo’yicha ham solishtirish lozim bo’ladi.
Bunday ko’rsatkichlar qatoriga: mehnat unumdorligining ishchilar soni bo’yicha bekatda bir ishchiga to’g’ri kelgan qayta ishlangan vagonlar soni yoki tonnasi bo’yicha, yo’lovchi bekatlari uchun jo’natilgan yo’lovchilar yoki poezdlarning bir ishchiga to’g’ri kelishi; harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasining ta’minlanishi; yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish qulayligi; poezdlar harakati xavfsizligini ta’minlashga yo’naltirilgan mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish imkoniyatlari, xizmatchilar xavfsizligi; poezd o’tkazish va qayta ishlash qobiliyatida zaxiralar mavjudligi, bekatda harakat yo’nalishlarining kesishuvi va kesishuv nuqtalarining yuklanganligi; bekat inshootlarining qulay joylashishi; shahardan yuk hovlisiga kelish qulayligi; shahar qurilish talablarini qondirish; yong’inga qarshi va sanitar-texnik talablarni bajarish darajasi; kelajak rivojlanish imkoniyatlari va boshqalar.
Murakkab ob’ektlarda texnik-iqtisodiy hisoblarni juda ko’plab variantlarda hisoblash uchun taqqoslash zamonaviy hisoblash texnikalarini qo’llab bajariladi.
Kapital mablag’lar asosiy va qo’shimcha fondlardan tashkil topadi. Asosiy fondlarga ajratish punktini qurish yoki qayta qurish harajatlarini o’zlashtirish lozim bo’lgan tashish hajmini bajarish uchun harakat tarkibi qiymati va yondosh ob’ektlarning rivojlanish harajatlari (elektrlashtirish, strelkali o’tkazishlarni elektrli markazlashtirish, ko’prikli yo’l o’tkazgichlari, binolar va inshootlar qurish) kiradi.
Yilik foydalanish harajatlari quyidagilardan tashkil topadi: harakat miqdoriga proportsional harajatlar (poezdlar va uzatma tarkiblar, yakka lokomotivlar, manevr harakatlardan yurishlar); doimiy inshootlarnig holatini saqlash bo’yicha harajatlar; amortizatsiya ajratmalari.
Texnik-iqtisodiy hisoblarda harajatlar variantlar bo’yicha qiymati o’zgaruvchan ko’rsatkichlar bo’yicha hisobga olinadi.
Odatda kapital mablag’lar va foydalanish harajatlarini topish bo’yicha hisoblar jadval shaklida bajariladi. Barcha hisoblar tugallangandan keyin bekat qurilishi yoki rivojlanishining ma’qul variantini qabul-qilish bo’yicha tegishli hulosalar beriladi.



Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin