Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan Dastur asosida ilk marotaba temir yo’l kollejlari uchun Davlat tilida bosmaga tayyorlandi



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə37/74
tarix02.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#137897
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   74
Bekatlar va tugunlar LOTIN (3)

5.3. Oraliq bekatlar


Oraliq bekatlarining tasniflanishi qabul-jo’natish yo’llarining, yo’lovchi va yuk inshootlarining o’zaro joylashuvi, bosh va qabul-jo’natish yo’llarining soni, yuk inshootlarining rivojlanishi va korxona boshobcha yo’llarining mavjudligi kabilar bilan belgilanadi.
Oraliq bekatlarining raz’ezd va quvib o’tish punktlaridan farqi, ularda yo’lovchi va yuk poezdlarini beto’xtov o’tkazishlar, to’xtaydigan poezdlarni qabul qilish va jo’natish, yo’lovchilarni poezdlarga chiqarish va tushurishdan tashqari quyidagi ishlar ham bajaradi: yuklarni ortish-tushirish va saqlash, hamda yuk xujjatlarini tayyorlash; bagajlarni qabul qilish, berish va saqlash; terma poezdlarga vagonlarni qo’shish va ajratish, ayrim hollarda bekatda ortiladigan vagonlardan jo’natuvchining marshrutini tuzish yoki pog’onasimon marshrut uchun vagonlar guruhlash; korxona boshobcha yo’llariga xizmat ko’rsatish, vagonlar berish va yig’ib kelish; ko’plab to’kma yuklar ortiladigan ayrim bekatlarda vagonlarning og’irligini o’lchash va boshqalar.
Yo’lning surunkali pasayuvchi qiyaligi oldidan joylashgan, poezdlar texnik ehtiyojlar uchun to’xtatiladigan bekatlarda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida tormozlar sinovi o’tkaziladi.
Agar raz’ezd va quvib o’tish punktlarida asosan poezdlarni qabul qilish, jo’natish va o’tkazib yuborish ishlari bajarilsa, oraliq bekatlarida esa ushbu texnologik jarayonlardan tashqari, yuk va tijorat ishlari ham bajariladi.
Oraliq bekatlarida bajariladigan texnologik jarayonlar quyidagilardan iborat: yo’lovchi va tranzit yuk poezdlarini qabul qilish, jo’natish va o’tkazib yuborish, terma yuk poezdlari bilan manevr ishlarini bajarish, ular bilan keladigan mahalliy yuk vagonlarini korxona boshobcha yo’llariga va yuk frontlariga uzatish va yig’ib kelish. Ayrim oraliq bekatlarida pog’onasimon va jo’natuvchi marshrutlarini tuzish, zaruriy hollarda poezdlarga tirkama lokomotiv qo’shish yoki ajratish bilan bog’liq bo’lgan ishlar bajariladi.
Yo’lovchilarga xizmat jarayonlari: yo’lovchilarni poezdlarga chiqarish va tushirish, chiptalarni sotish, yo’lovchi poezdi tezligida tashiladigan bagaj va yuklarni ortish-tushirish, qabul qilish, berish va saqlash.
Yuk va tijorat ishlari: yuklarni qabul qilish, ortish-tushurish, berish va saqlash, tashish hujjatlarini rasmiylashtirish, tashish hizmatlari hisob-kitoblarini bajarish, vagonlar og’irligini o’lchash va boshqalar.
Poezdlar harakatini aniq va xavfsiz tashkil qilish uchun va boshqa jarayonlarni bajarish uchun har bir bekatda texnikaviy boshqaruv dalolatnomasi (TRA-TBD) mavjud bo’lib, u bekatning barcha texnik qurilmalaridan foydalanish tartibini, ularni bajarish ketma-ketligini va mazmunini belgilaydi. Poezdlar harakatini boshqarish bilan bog’liq bo’lgan xodimlar faoliyati temir yo’llardan texnikaviy foydalanish qoidalari (TFQ-PTE), poezd harakati va manevr ishlari bo’yicha yo’riqnomalarda ko’rsatilgan.



Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin