Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan Dastur asosida ilk marotaba temir yo’l kollejlari uchun Davlat tilida bosmaga tayyorlandi


Uchastka bekatlarining tasniflanishi



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə44/74
tarix02.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#137897
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   74
Bekatlar va tugunlar LOTIN (3)

7.4. Uchastka bekatlarining tasniflanishi.

Poezdlarga tortish xizmatini tashkil qilishdagi o’rni bo’yicha uchastka bekatlari qo’yidagicha farqlanadi: lokomotivlarni ta’mirlovchi asosiy deposi bo’lgan bekatlar; tortish uchastkasining oxirida joylashgan, aylanish deposi yoki lokomotivlar aylanish punkti bo’lgan bekatlar; lokomotivlar brigadalari (haydovchilari) almashadigan bekatlar (bu erda zaruratga qarab tranzit poezdlari lokomotivlarining ta’minoti bajarilishi mumkin).


Temir yo’l transportining taraqqiyoti davrida o’zaro ishlash xarakteri, inshootlarning quvvati va asosiy elementlarining o’zaro joylashuvi bo’yicha farqlanadigan uchastka bekatlarining turlari yuzaga keladi. Ko’pgina bekatlarda inshootlarning o’zaro joylashuviga mahalliy sharoitlar, topografik-jug’rofiy sharoitlar, bekat maydonlaridagi ko’rilishlar va boshqalar ta’sir ko’rsatadi.
Uchastka bekatsining turi va konstruktsiyasini belgilovchi omillar qatoriga tortish turi va bekatning uchastkalarda tortish xizmatini ko’rsatishdagi o’rni asosiy, yo’nalishlardagi bosh yo’llar soni va boshqa yo’llarning ulanishi, asosiy parklarning o’zaro joylashuvi, asosiy parklarga nisbatan lokomotivlar xo’jaligining joylashuvi, tranzit harakati va mahalliy ishlar hajmi xarakteri, bekat maydonining uzunligi va boshqa mahalliy sharoitlar.
Uchastka bekatlarida loyihalanadigan inshootlar va ko’rilmalar bekatning ishlash xarakteriga qarab qo’yidagi asosiy jarayonlarni bajarish uchun xizmat qilishi kerak: yo’lovchilarni chiqarish va tushirish, bagaj-pochta va yo’lovchi tezligidagi yuklarni qabul qilish, saklash va berish; yo’lovchi va yuk poezdlari bilan texnik jarayonlarni o’tkazish; yuk hovlisi va boshqa ortish-tushirish punktlariga vagonlarni o’zatish va yig’ish, yuklarni qabul qilish, saqlash va topshirish; yuklarni ortish-tushirish, yuklarni (vagonlarni) tortish va ortish joylarda gabaritliligini tekshirish, zarur hollarda yuklarni saralash va qayta ortish, nosoz vagonlarni ta’mirlash joylariga o’zatish, ta’mirlash, ayrim vagonlarni yuvish, zararsizlantirish (dezenfektsiyalash) va boshqa ishlarni bajarish; ayrim tarkib va vagonlarni qabul-jo’natish va saralash parklaridan maxsus ko’rilmalarga (yuvish-bug’lash punktlariga, sanoat bekatlariga, jonzotlarni ortuvchi va boshqalarga) uzatish.
Topshirik bo’lishiga qarab uchastka bekatlarida maxsus vazifali yo’llar va ko’rilmalar loyihalanishi kerak: razryadli yuklar, siqilgan va suyultirilgan gazli, yong’in va tiklovchi poezdlar turishi uchun va hokazo.
Barcha turdagi uchastka bekatlari uchun poezd tarkiblariga texnik xizmat ko’rsatish va tijorat nazorati, terma, uchastka va boshqa poezdlarni tuzish, yuk ishlarini ta’minlash, shaharatrof va mahalliy yo’lovchi harakatiga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan faoliyat saqlanadi.
Kelish oldi yo’llari soniga qarab uchastka bekatlarining bir yo’llik, ikki yo’llik va ko’p yo’llik turlari farqlanadi. Keladigan yo’nalishlar soniga qarab uchastka bekatlari bir yoki ikki yo’lli uchastkalarda joylashgan, hamda uchta va undan ortiq yo’nalishlar keladigan tugun uchastka bekatlarga bo’linadi.
Asosiy parklarining o’zaro joylashuviga qarab: ko’ndalang, bo’ylama va yarim bo’ylama turdagi, hamda yo’lovchi inshootlari va yuk poezdlari harakati parklari o’zaro ketma-ket joylashgan uchastka bekatlari turlari farqlanadi.
Yo’nalishlarda poezdlarga tortish xizmati tizimiga qarab uchastka bekatlarida lokomotiv almashishi yoki lokomotiv brigadalari (haydovchilari) almashishi, hamda lokomotivlar ta’minoti bajarilishi mumkin.
Asosiy depoli bekatlarda odatda joriy ta’mirlash yoki TO-3 xizmatini ko’rsatish lozim bo’lgan lokomotivlar almashadi, brigadalar almashishi va qabul-jo’natish yo’llarida lokomotiv ta’minoti bajarilishi mumkin. Bunday bekatlar rivojlanish bazasi, rivojlangan lokomotiv xo’jaligi, ta’mirlash bazasi, texnik ko’rik va ekipirovka deposi va zaruriy yo’l tarmoqlariga ega bo’ladi.
Aylanish deposi bor bo’lgan bekatlarda barcha poezd lokomotivlari almashtiriladi, TO-2 texnik xizmat va ta’minot bajariladi. Lokomotivlarni almashtirish uchun ushbu bekatlar yugurik va berk yo’llarga ega bo’lishi, qabul-jo’natish parklarining ta’minot va lokomotivlar turish yo’li bilan qo’lay bog’lanishiga ega bo’lish kerak.
Lokomotiv brigadalari (haydovchilari) almashadigan bekatlarda TO-1 texnik xizmati tranzit park yo’llarida bajarilib ko’shimcha inshootlar ko’rilmaydi. Ishlash sharoitlari buyicha lokomotivlar ta’minoti bajariladigan bo’lsa, u holda ta’minot ko’rilmalari qabul-jo’natish yo’llarida yoki park strelka bug’izining maxsus yo’llarida joylashishi mumkin.



Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin