Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan Dastur asosida ilk marotaba temir yo’l kollejlari uchun Davlat tilida bosmaga tayyorlandi



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə57/74
tarix02.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#137897
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   74
Bekatlar va tugunlar LOTIN (3)

10.5. Ikki tomonli saralash bekatlari


Ikki tomonli saralash bekatlari. 10.3 rasmda parklari ketma-ket joylashgan saralash bekatsining asosiy chizmasi keltirilgan. Chizmada V va G yo’nalishlardan qo’shimcha kelish yo’llarining ulanishi va yo’lovchi poezdlari harakati uchun bosh yo’llarning qamrovli joylashuvi ko’rsatilgan.



Rasm 10.3. Parklari ketma-ket joylashgan ikki tomonli saralash bekatsining chizmasi

Har bir saralash tizimida to’g’ri yo’nalishli vagonlar oqimi bir tomonli bekatlardagi (10.1 rasm) ustuvor yo’nalish vagonlari kabi ishlanadi. Ushbu chizmaning asosiy afzalligi unda vagonlar oqimi bilan bajariladigan jarayonlarning uzviy ketma-ketligi, ikki tizim ishining mustaqilligi, hamda juda katta o’tkazish va qayta ishlash qobiliyatidir.


Lokomotiv xo’jaligi odatda qabul va jo’natish parklari oralig’ida, bekatning biron tomoni oxirida joylashadi. Lokomotivlarni o’tkazish uchun saralash tizimlari orasida ikki o’tish yo’llari yotqiziladi. 10.3 rasmda punktir chiziqlar bilan ko’rsatilgan qo’shimcha ekipirovka-ta’minot inshootlarining qurilishi Q2 qabul parkiga keladigan poezd lokomotivlarining bosib o’tadigan yo’lini qisqartiradi. Ushbu inshootlar bekat har xil tortish kuchlarining tutashuv punktlari bo’lganida ham qulay bo’ladi.
Vagon deposi lokomotiv deposi bilan bir umumiy maydonda joylashib kooperatsiyalashishi, yoki saralash parklaridan birining tortish yo’li nohiyasida joylashishi mumkin. Saralash parkining chiqish bo’g’zi yaqinida tranzit konteynerlarni saralovchi maydoncha va saralash platformasi ham joylashishi mumkin.
Uch va undan ortiq yo’nalish yo’llari tutashadigan tugunlardagi saralash bekatlarida burchak osti yo’nalishida, vagonlar kelgan yo’nalish tomondagi ikkinchi yo’nalishga boradigan vagonlar oqimini ham qayta ishlash lozim bo’ladi. Bir tomonli bekatlarda burchak osti yo’nalishining vagonlari tarkibni tarqatish jarayonidayoq tegishli manzil yo’nalishi yo’liga tushadi. Ikki tomonli bekatlarda esa burchak osti yo’nalish vagonlari saralash parkida ular uchun ajratilgan maxsus yo’lga tushiriladi.
Ushbu yo’lda to’plangan vagonlar ma’lum miqdorga etgach uzatma (peredatochno’y) tarkib bilan boshqa tizimning qabul parkiga tortib o’tkaziladi va ikkinchi marta manzillarining yo’nalishiga mos yo’llarga tarqatiladi. Shunday qilib ikki tomonli saralash bekatlarida burchak osti yo’nalishi vagonlari ikki marta saralanib tarqatiladi va bekatning yuklanishi tegishlicha oshadi. Burchak osti yo’nalishi vagonlar oqimi ikkinchi tizimga to’g’ridan-to’g’ri saralash parkidan a va b bog’lovchi yo’llar orqali olib o’tiladi. Ayrim bekatlarda burchak osti yo’nalish vagonlarini uzatish uchun bekat oxirida maxsus tortish yo’li qurib undan boshqa tizimning qabul parkiga v bog’lovchi yo’l orqali o’tkaziladi. Burchak osti yo’nalishi vagonlari oqimi juda ko’p bo’lsa u holda ikki tizim radiusi 250 m dan kam bo’lmagan halqa yo’li orqali bog’lanishi mumkin.
Ikki tomonli bekatlarda tranzit parklar o’z yo’nalishi bo’yicha jo’natish parki yonida parallel joylashgani ma’qul. Bunda jo’natiladigan poezdlarga texnik xizmat ko’rsatish birlashtirilishi mumkin, hamda tranzit va jo’natish parki yo’llaridan o’zaro almashib foydalanish mumkin.
Agar mavjud maydon uzunligi ikki tomonli saralash bekat parklarini ketma-ket joylashtirish uchun etarli bo’lmasa, u holda aralash turdagi bekat chizmasi qo’llanadi. Bunday bekatlarda saralash parklari qabul parklariga nisbatan ketma-ket, jo’natish parki esa saralash parklariga parallel joylashtiriladi. Bunda yangidan tuzilgan poezlarning bir qismini to’g’ridan-to’g’ri saralash parki yo’llaridan jo’natish mumkin bo’ladi.
Ikki tomonli aralash turdagi saralash bekatlarida jo’natish va tranzit parklari tashqari tomondan yoki ikki saralash tizimi oralig’ida ichki tomondan, saralash tepaliklari esa bir qatorda joylashishi mumkin.
10.3 rasmda berilgan ikki tomonli saralash bekatsining chizmasi yangi bekat qurilishida ham, yoki ikki tomonli bekatni bir tomonli bekatni rivojlantirib qayta qurishda ham qo’llanishi mumkin.
Asoslanishiga qarab boshqacha chizmalar ham qo’llanishi mumkin. Bekat chizmasi variantlari texnik iqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblab taqqoslash asosida va mahalliy sharoitlarni hisobga olib tanlanadi. Mavjud bekatlarni rivojlantirishda uning inshootlarini ko’proq saqlab qolishga harakat qilinadi.



Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin