Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan Dastur asosida ilk marotaba temir yo’l kollejlari uchun Davlat tilida bosmaga tayyorlandi



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə6/74
tarix02.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#137897
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bekatlar va tugunlar LOTIN (3)

Birinchi bosqichda loyiha, ikkinchi bosqichda esa-ishchi hujjatlari tuziladi. Texnik jihatdan murakkab bo’lmagan ob’ektlarda loyihalash bir bosqichda bajariladi, ya’ni ishchi loyihasi tuziladi. Loyihada TIA asosida belgilangan yo’nalish bo’yicha liniyaning asosiy parametrlarini tanlashning tashishlarning tannarxi va samaradorlik ko’rsatkichlariga, qurilish narxi va navbatiga mosligi aniqlanadi.
Loyihaning tanlab olingan varianti asosida uning ishchi xujjatlari ishlab chiqiladi. Uning tarkibiga qurilish va montaj ishlari uchun ish chizmalari hamda smetalar, ish hajmi vedomostlari va kerakli materillar hisoblari kiritiladi.
Temir yo’l loyihasi bu -iqtisodiy va texnik qismlardan iborat bo’lgan kompleks hujjat. Iqtisodiy qismda kutilayotgan tashish hajmlari va tavsifi hisobiy yillar (odatda 2, 5 va 10-chi yillar) uchun poezdlar massasi, harakat notekisligi koeffitsientlari aniqlanadi. Bu ma’lumotlar liniyalar qurilishining iqtisodiy samaradorligini va muvofiqligini asoslash uchun kerak bo’ladi. Loyihaning texnik qismida trassalar yo’nalishi va ularning asosiy parmetrlarini asoslash uchun barcha loyiha-smeta materiallari va hisoblari, er polotnosi, sun’iy inshootlar va yo’lning ustki qismi loyihalari, ajratish punktlarining joylashuvi va bekatlar, lokomotiv va vagon xo’jaliklari qurilmalari, suv ta’minoti va kanalizatsiya, signallashtirish va aloqa, elektr ta’minoti va binolar loyihalari beriladi. Texnik qismga temir yo’l qurilishini tashkil etish loyihasi ham kiradi. Shunday qilib temir yo’l loyihasi yagona kompleksga bog’langan ayrim inshootlar loyihalaridan iborat bo’ladi. Har bir inshootga ishlab chiqilgan loyihalar qo’llanish tartibiga qarab namunaviy, qayta foydalaniladigan, individual va tajribaviy bo’lishi mumkin.
Namunaviy loyihalar ommaviy qo’llaniladigan ob’ektlar uchun ishlab chiqiladi (raz’ezdlar, quvib o’tish punktlari va oraliq bekatlar uchun yo’lovchi binolari va boshqalar). Qayta qo’llaniladigan loyihalar ilgari boshqa ob’ektlar uchun ishlab chiqilgan loyihalar bo’lib, ushbu ob’ektlar uchun qo’llash maqsadga muvofiq bo’lib, yangi loyiha o’rnida foydalaniladi. Namunaviy va qayta qo’llaniladigan loyihalar berilgan ob’ekt sharoitlarini hisobga olgan holda tahlil qilib to’ldiriladi.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin