Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan Dastur asosida ilk marotaba temir yo’l kollejlari uchun Davlat tilida bosmaga tayyorlandi



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə64/74
tarix02.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#137897
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   74
Bekatlar va tugunlar LOTIN (3)

Ochiq turdagi yo’lovchi bekatlar barcha xildagi yo’lovchi poezdlarga (tranzit va oxir manzilli) xizmat qiladi. Ularda o’tkazib yuboruvchi qabul-jo’natish yo’llari loyihalanib poezdlar yo’nalishini o’zgartirmay o’tkaziladi. Bunday bekatlar temir yo’llarda eng ko’p tarqalgan (rasm 12.5).

Rasm 12.5. Ochiq (o’tuvchi) turdagi yo’lovchi bekatsining chizmasi va texnik bekatsining joylashuvi: 1-texnik bekat; 2-pochta tashish bo’limi; 3-bagaj bo’limi; 4-perron parki.

Yo’lovchi bekatlarda tranzit yo’lovchi poezdlariga, uzoqqa va maahalliy yo’nalishlarda qatnovchi oxir manzilli, hamda shaharatrof motorvagonli poezdlarga xizmat ko’rsatiladi. Tranzit poezdlar bilan quyidagi ishlar bajariladi: yo’lovchilarni tushirish va chiqarish, pochta va bagaj ortish va tushirish, tarkibni texnik ko’rikdan o’tkazish, lokomotivlarni va brigadalarni almashtirish, vagonlari suv va yoqilg’i bilan ta’minlash. Oxirgi manziliga etkib kelgan poezdlardan yo’lovchilar tushiriladi, lokomotiv va pochta bagaj vagonlari ajratiladi, tarkib ko’rikdan o’tkazilib manevr lokomotivi yordamida texnik bekat yo’llariga o’tkaziladi. Ushbu poezdlarni jo’natishda tarkib jo’natish yo’llariga beriladi, yo’lovchilar o’tkaziladi, pochta va bagaj vagonlari ulanadi, tezkor bagaj va pochta yuklanadi, poezd brigada tomonidan qabul qilinadi, lokomotiv berilib tormoz tizimlari sinovdan o’tkaziladi. Shaharatrof motorvagon poezdlar qabul qilinadi, yo’lovchilar o’tkaziladi va tushiriladi, poezdlar jo’natiladi.


Qabul jo’natish yo’llari va vokzalning o’zaro joylashuviga qarab ochiq turdagi yo’lovchi bekatlarining uch xil chizma ko’rinishi farqlanadi: vokzal yon tomonidan, orolsifat va qabul jo’natish yo’llari tepasida joylashgan chizmalari.
Ochiq turdagi yo’lovchi bekatlarida: qarama - qarshi yo’nalish bo’yicha harakatlanuvchi poezdlarning o’zaro va manevr harakatlari bilan kesishuvlari juda kam (bekat bo’ylab poezdlarni o’tkazish uzluksiz ketma – ket bajarilib qaytarma harakatlari yo’q), manevr harakatlari uchun juda qulay va bo’g’iz yo’llaridan almashib foydalanish va kam yuklanish ta’minlanadi, poezd o’tkazish qobiliyati katta, shaharatrof poezdlarining o’tkazma (tebranma) harakatini tashkil qilish qulay.
Ochiq turdagi yo’lovchi bekatlarining asosiy kamchiligi yo’lovchi binosining oraliq platformalar bilan bog’lanishining qiyinligi (buning uchun piyodalar ko’prigi va tonnellar qurish kerak bo’ladi) va bagajlarni tashib borish kerakligi. Bunday bekatlarda uzoqqa qatnovchi va shaharatrof poezdlar harakati odatda ajratilmaydi. Aksariyat bekatlarda yo’llar etishmasligi sababli ular o’zgaruvchan ixtisoslanadi va gavjum harakat vaqtlarida poezdlar kelishiga qarab o’zgarib turadi. Faqat o’ta yirik bekatlarda yo’llarni alohida poezd turlari bo’yicha biriktirib qo’yishga harakat qilinadi.
Ochiq turdagi yo’lovchi bekatlari bir juft bosh yo’llarga ega bo’ladi va ular orqali uzoqqa qatnovchi, shaharatrof va yuk poezdlari o’tkaziladi. Ularda yuk poezdlarini o’tkazuvchi bosh yo’llar ikki ko’rinishda joylashishi mumkin: yo’lovchi bekatsining qabul jo’natish yo’llarining tashqi tomonidan o’tadigan (harakat miqdorlari katta bo’lgan yirik bekatlarda) va qabul jo’natish yo’llari orasidan o’tadigan (o’rta va kichikroq bekatlarda) ko’rinishlar.
Bosh yo’llarni joylashtirishda bekatda yuk poezdlari yo’llarining yo’lovchi poezdlari harakat yo’llari bilan kesishuvlarini imkon qadar kamaytirishga harakat qilinadi. Bosh yo’llarning ixtisoslanishi ko’p jihatdan yo’lovchi texnik bekatsining joylashuviga ham bog’liq bo’ladi (bosh yo’llar yonida yoki oralig’ida joylashishiga qarab).

Rasm 12.6 yo’lovchi texnik bekatsining bosh yo’llarga nisbatan joylashishi: a) bosh yo’llar oralig’ida; b) bosh yo’llarning yon tomonida; 1 – yo’lovchi texnik bekat; 2– yo’lovchi bekatsi; 3 – yuk poezdlarining harakat yo’llari.


Birlashgan yo’lovchi bekatlari (rasm 12.7) faqat ochiq turda qurilib o’zida yo’lovchi inshootlarining to’liq kompleksiga ega bo’ladi va yuk poezdlari harakati uchun bir maydonda joylashadi.



Rasm 12.7. Yuk harakati parklari bilan bir maydonchada joylashgan yo’lovchi bekatsining chizmasi: 1–yo’lovchilar uchun tonnel; 2–yo’lovchilar ko’prigi; 3–bagaj omborxonasi.



Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin