Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan Dastur asosida ilk marotaba temir yo’l kollejlari uchun Davlat tilida bosmaga tayyorlandi



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə7/74
tarix02.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#137897
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   74
Bekatlar va tugunlar LOTIN (3)

Individual loyihalar noyob inshootlar (masalan, katta shaharlardagi vokzallar) yoki o’ziga xos mahalliy sharoitlar bo’lganda ishlab chiqiladi.
Tajribaviy loyihalar ilk bora qurilish amaliyotida qo’llaniladigan texnikaviy yoki texnologik echimlarning qurilish va foydalanish davridagi samaradorligini tekshirib o’rganish uchun ishlab chiqiladi.
Temir yo’llar loyihalariga qo’yilgan talablarni bajarish uchun qurilish va rekonstruktsiya sharoitlarini, hamda temir yo’llardan kelajakda foydalanish xususiyatlarini chuqur o’rganish talab etiladi. Shuning uchun loyiha ishlarini bajarish oldidan chuqur iqtisodiy va texnikaviy muhandislik izlanishlarini olib borish kerak bo’ladi.
Temir yo’l trassasini loyihalashning uslublari joyning topografik sharoitlariga, hamda etakchi qiyalik va joy qiyaliklarining o’zaro nisbatiga bog’liq bo’ladi.


1.4.Loyiha variantlarini texnik va iqtisodiy taqqoslab tanlash asoslari
Temir yo’llarni loyihalashda eng yaxshi, maqbul echim birnecha raqobatbardor variantlarni ishlab chiqib ulardan eng yaxshisini texnik-iqtisodiy taqqoslash asosida tanlab olinadi. Bunda barcha taqqoslanuvchi variantlar ular uchun bir xil bo’lgan umumiy ma’lumotlar – harakat miqdori, yagona texnik shartlar va meyorlar, bir xil foydalanish talablari va h.k. asosida ishlab chiqiladi.
Variantlarni taqqoslashda kapital va foydalanish sarf-harajatlaridan iborat qiymat (narx) ko’rsatkichlari asosiy ahamiyatga ega. Shu bilan bir qatorda pul bilan o’lchash qiyin bo’lgan (safar qulayliklari, shaharsozlik talablarini qondirish va boshqalar) sifat ko’rsatkichlarini, hamda foydalanishga jalb etiladigan tabiiy boyliklar, qurilish va foydalanishda mehnat sarfi, yuklarni tashish tezligi va sh.k. natural ko’rsatkichlarni ham hisobga olish lozim bo’ladi.
Kapital harajatlar temir yo’lni, signalizatsiya va aloqa, elektr ta’minoti inshootlarini, bekatlar va boshqa ajratish punktlarini qurish xarajatlari, hamda harakat tarkibi va yuklarning qiymatini o’z ichiga oladi.
Foydalanish harajatlari tarkibiga ishchi va xizmatchilar ta’minoti, yoqilg’i, elektr energiyasi va materiallar sarfi, bino va qurilmalarni joriy ta’mirlash, kapital ta’mirlash va tiklash xarajatlariga ajratmalar, lokomotiv va vagonlarning yurish xarajatlari kiradi. Variantlarni taqqoslashda qiymat xarajatlari ko’rsatkichlarini baholash uchun ularning faqat farqlanuvchi ko’rsatkichlari bo’yicha qiymatlarini topish etarlidir. Taqqoslanayotgan variantlardan eng yaxshisi boshqalariga nisbatan kam kapital mablag’ va foydalanish xarajatlarini talab etadigani hisoblanadi. Odatda katta miqdorda kapital mablag’ talab etuvchi variantning foydalanish xarajatlari kam bo’ladi va u qulayroq bo’ladi.
Agar taqqoslanadigan variantlar bo’yicha kapital mablag’lar bir bosqichli bo’lsa, va foydalanish xarajatlari yillar davomida o’zgarmaydigan, yoki ularning o’sishi to’g’ri chiziqli qonunga yaqin bo’lsa, u holda yillik keltirilgan xarajatlari kam bo’lgan variant eng yaxshi echim deb qabul qilinadi. Yillik keltirilgan xarajatlar quyidagicha hisoblanadi:
EkqKEmQS q min,
bu erda K – variantlar bo’yicha kapital mablag’lar;
S-hisobiy yil uchun topiladigan yillik foydalanish xarajatlari, trq 1G’Em;
Em–meyoriy samaradorlik koeffitsienti (temir yo’l transporti inshootlari uchun Emq0,12 ÷ 0,10).
Oddiy holatlarda bir bosqich kapital mablag’li ikki variant sarflarni qoplash muddati bo’yicha quyidagicha hisoblab tanlanadi:

bu erda K1, K2 – birinchi va ikkinchi variant bo’yicha kapital mablag’lar sarfi (K2 > K1);
S1, S2 – variantlar bo’yicha yillik foydalanish xarajatlari (S1>S2).
Agar Toq meyoriydan (Tm) kam bo’lsa (Tmq1G’Em), kapital mablag’lar sarfi ko’p bo’lgan variant qulay hisoblanadi.
Kapital mablag’lar ko’p bosqichli bo’lsa, yoki foydalanish sarflari to’g’ri chiziqli bo’lmasa, u holda variantlar birmuncha murakkab bo’lgan, joriy yilga keltirilgan sarflar bo’yicha taqqoslanadi.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin