Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan Dastur asosida ilk marotaba temir yo’l kollejlari uchun Davlat tilida bosmaga tayyorlandi



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə71/74
tarix02.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#137897
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74
Bekatlar va tugunlar LOTIN (3)

13.8. Radial tugunlar
Radial turdagi tugunlar yirik shahar va sanoat markazlari bunyod etiladigan hollarda, tugunga asosiy linidlardan tashqari bir necha yangi yo’nalishlar kelib qo’shiladigan hollarda yuzaga keladi. Radial tugunlarda barcha yangi yo’llar asosiy bekatga kelib ulanadi (rasm 13.7). Bunda I asosiy bekat o’rnida juda katta miqdorda vagonlarni qayta ishlavchi saralash bekatsi va u bilan birlashtirilgan yirik yo’lovchi bekatsi kompleksi yuzaga keladi. Bunday joylashishda barcha yo’nalishlar bo’yicha yo’­lovchi poezdlariga xizmat ko’rsatish bir joyda jamlanadi va bu iulovchilar uchun katta qulayliklar yaratadi. Saralash ishlarining yagona markaziy bekatda jamlanishi ishlash uchun qulay, ammo burchak osti yunalish vagonlari uchun bir qancha ortichda yurishlarga sabab buladi.



Rasm 13.7. Radial turdagi tugun chizmasi

Tugun nohiyasida yirik sanoat korxonalari va nohiyalarining barpo etilishi yangi ixtisoslashgan bekatlar qurilishiga olib keladi. Chizmadagi II, III va IV bekatlar shunday bekatlardan bo’lib, ularda asosan mahalliy yuk ishlari bajariladi. Shaharga xizmat qiluvchi yuk hovlisi II yuk bekatsi nohiyasida joylashtirilishi mumkin.


Tushirish uchun keladigan mahalliy yuk vagonlari katta bo’lgan tugunlarda bunday vagonlar qayta ishlanuvchi poezdlar bilan I asosiy saralash bekatsiga keladi va u erda qayta ishlanib alohida tarkiblarga to’planadi. Mahalliy vagonlar tushirish joylariga berish uchun saralash bekatsidan tugun ichida uzatma poezdlar bilan tegishli nohiyadagi yuk bekatsiga yuboriladi va shu sababli ushbu vagonlar tugunda juda ko’p qo’shimcha harakatlar bajaradi.
O’z yo’nalishini o’zgartiruvchi barcha o’tuvchi burchak osti yo’nalishli tran­zit poezdlari ham markaziy bekatga qabul qilinib u erda lokomotiv almashtiriladi, tarkiblar texnik va tijorat ko’riklaridan o’tkaziladi va orqaga junatiladi. Bunday ixtisoslalish markaziy saralash bekatsining ishini yanada qiyinlashtiradi, ko’plab harakat yo’llarining kesishuvlarini keltirib chiqaradi. Buning oldini olish uchun tugun oldi aylanma yo’llari qurilib burchak osti yo’nalish poezdlarini tugunga kiritmay o’tkazish yo’lga qo’yilishi mumkin.
Odatda asosiy bekatning rivojlanishi tarixiy sharoitlar bilan bog’liq bo’lib aksariyat hollarda bekat atroflari yirik kapital inshootlar va shahar qurilishlari bilan egallangan bo’ladi va natijada saralash bekat­sining tubdan taraqqiy qilishiga imkon bermaydi. Bunday holatlarda tugunda yangi saralash bekatsini qurish masalasi tegishli texnik-iqtisodiy izlanishlar bilan asoslanishi mumkin.



Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin