Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan Dastur asosida ilk marotaba temir yo’l kollejlari uchun Davlat tilida bosmaga tayyorlandi



Yüklə 3,62 Mb.
səhifə73/74
tarix02.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#137897
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74
Bekatlar va tugunlar LOTIN (3)

13.11. Radial-yarimhalqa tugunlar
Radial-yarimhalqa ko’rinishli tugunlar halqasimon tugunlarning etuk shaklini ifodalab o’zida berk kirish liniyalarini va diametral bog’lovchi yo’llarni birlashtiradi. Bunday tugunlar odatda shaharning bir tomonidan halqa yo’lini barpo etish uchun tabiiy tusiq bo’lganda (yirik ko’l, katta dare kabilar) yuzaga keladi.
Bunday turdagi tugunlarda (rasm 13.10) odatda keluvchi yo’nalishlardan shahar ichiga (markazga yaqin) kirib boruvchi yo’lovchi yoki yuk bekatsi bilan tugallanuvchi berk yo’llar mavjud bo’lib, shahar tashqarisida keluvchi yo’nalishlar o’zaro yarim halqa yo’li bilan birlashtiriladi.



Rasm 13.10. Radial-yarimhalqa tugun chizmasi

Saralash bekatlari odatda yarim halqaga kelish oldidan, bir necha yo’nalishlarni birlashtiruvchi qilib quriladi. Yo’lovchi bekatlarining radial yo’l bo’ylab shahar ichkarisiga kirib borishi yo’lovchilar oqimi katta bo’lganda ularning shahar transportiga o’tishini, shaharga tarqab ketishini va yo’lovchilarning shahar ichidan o’tish yo’llarini sezilarli qisqartiradi.


13.12. Kombinirlashgan (aralash) turdagi tugunlar
Aralash turdagi tugunlar yirik shaharlar va sanoat markazlarida, bir necha oddiy turdagi alohida temir yo’l tugunlarining qo’shilishi natijasida yuzaga keladi. Ko’pincha aralash tugunlar ikki yoki uch oddiy turdagi tugunlardan tashkil topadi va bunda parallel yoki ketma-ket turdagi tugunlar asosiy tur hisoblanadi. 13.11 rasmda aralash turdagi yirik temir yo’l tugunining chizmasi keltirilgan bo’lib tugunga 7 yo’nalish bo’ylab temir yo’llar ulanadi. Tugun tarkibida chorahasimon, parallel va bekatlari ketma-ket joylashgan, hamda yirik bir bekatli tugunlarni ajratish mumkin.

Rasm 13.12. Kombinirlashgan (aralash) turdagi tugun chizmasi

Aralash turdagi tugunlar u yoki bu darajada oddiy tugunlarga xos barcha ijobiy tomonlar va kamchiliklarni aks etdiradi. Aralash turdagi tugunlarga misol tariqasida Toshkent temir yo’l tugunini kyoltirish mumkin.





Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin